Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlari jamiyatning qobiliyatidir ishlab chiqarish




Download 41,83 Kb.
bet6/9
Sana24.05.2024
Hajmi41,83 Kb.
#251729
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
chernovik

Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilarni o’zlarining iste’moli uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.
Kishilar o’zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat moddalarining shakllarini o’zgartiradilar va iste’moli uchun zarur bo’lgan mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar bilan tabiat o’rtasida moddalar almashinuvi bilan birga insonning o’zi ham har tomonlama kamol topib boradi, ya’ni kishilar o’zining mehnatga bo’lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda qo’llashni kengaytirib boradi.
Boshqacha qilib aytganimizda, ishlab chiqarish jarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni kishi iste’moli uchun o’zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat o’rtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir, kishi hayotining abadiy tabiiy sharoitidir.
Ishlab chiqarish jarayoni insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlariga, hamma mamlakatlarga, el-yurtlarga va xalqlarga xos bo’lib, umuminsoniy kategoriyadir (tushunchadir). Shuning uchun bu jarayon uzoq tarixga ega bo’lib, oddiy tosh va yog’och qurollardan foydalanib, eng sodda ovchilik va dehqonchilik qilishdan tortib to hozirgi zamon murakkab texnologiyasiga asoslangan robotsozlik, samolyotsozlik, kompyuter texnikalarini, zamonaviy radio va televideniye vositalarini ishlab chiqarishgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Hozirgi davrda mamlakatimiz hududida bir necha yuzlab tarmoqlar va sohalarda xalqimizning iste’moli va ishlab chiqarishning o’zi uchun zarur bo’lgan iste’mol buyumlari va asbob uskunalar ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqarishning eng yirik sohalari sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va aloqa, qurilish, savdo, tayyorlov tashkilotlari, kommunal va uy – joy xo’jaliklari, turli xil texnik va boshqa xizmat ko’rsatish sohalaridan iborat. Har bir mamlakat o’z taraqqiyotining shu davrdagi bosqichi uchun zarur va qulay bo’lgan tarmoqlar tarkibini vujudga keltirishga harakat qiladi. Bunda resurslar cheklanganligi hisobga olinib ishlab chiqarishni o’stirish va xalqning talabini qondirish uchun o’ta zarur bo’lgan, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga, chet ellar bilan bo’ladigan hamkorlikni yuksaltirishga imkon beradigan tarmoqlarga alohida e’tibor beriladi.
Ehtiyojlar turi qancha ko’p bo’lsa shunga binoan ishlab chiqarishning tarmoq va sohalari ham kengayib boradi. Ularni o’rganish oson bo’lishi uchun ishlab chiqarish ikki katta sohaga: moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalariga bo’linadi.


  1. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari

Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda ko‘p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo‘lgan yalpi ijtimoiy mahsulot vujudga keladi. Shu yaratilgan jami tovarlar va xizmatlar, ya’ni milliy mahsulotning yil davomidagi yig‘indisi mamlakat bo‘yicha ishlab chiqarishning umumiy natijasi bo‘lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish uchun, birinchidan, iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarini faqat qiymat holidagina emas, balki uni moddiy buyum shaklida ham qayta tiklash zarur. Buning uchun albatta yaratilgan mahsulot tarkibida ma’lum miqdorda ishlab chiqarish vositalari natural shaklda mavjud bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, ishchi kuchining qayta tiklanishi uchun mulk egalari va tadbirkorlarning shaxsiy iste’moli uchun yaratilgan mahsulot tarkibida zarur iste’mol buyumlari mavjud bo‘lishi shart. Shuning uchun ham moddiy mahsulotlar ikki xil tovar mahsulot sifatida mavjud bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida, ikki yirik bo‘linmalar o‘rtasida tovar ayirboshlash imkonini beradi. Undan tashqari juda ko‘p korxona va tashkilotlar aholiga turli tuman xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadiki, ular mehnatining natijasi xizmatlarda namoyon bo‘ladi. Bu esa milliy mahsulotning muhim qismi turli xil xizmatlardan iborat ekanligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, yil davomida mamlakatda yaratilgan milliy mahsulot natural jihatidan uch qismdan: ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari va turli xil xizmatlardan iborat buladi.
Yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni, ya’ni milliy mahsulotni bunday uchta ko‘rinishga bo‘lib o‘rganish va bilish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Chunki ularning har bir turi bo‘yicha talab va takliflar o‘rganilib, talabga yarasha ishlab chiqarish imkonini beradi. Yaratilgan mahsulot faqatgina natural jihatdan emas, balki qiymat jihatdan ham hisobga olinadi va uning qiymat tarkibi tahlil qilinadi.
Yaratilgan mahsulot qiymat jihatdan ham uch qismdan iborat bo‘ladi, ya’ni:
1) ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalar qiymatining mahsulotga o‘tgan qismi (s);
2) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning bir qismi, ya’ni, ishchilarga tegishli qismi – zaruriy mahsulot qiymati (v);
3) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbirkorlar va jamiyat uchun ishlab chiqarilgan qo‘shimcha mahsulot qiymati (m)dan iboratdir.
Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, yalpi ijtimoiy mahsulot tarkibida oraliq mahsulot hamda takroriy hisob mavjud bo‘lganligi sababli u ishlab chiqarish natijasiga to‘g‘ri baho bera olmaydi. Shunga ko‘ra, jamiyat a’zolarini ko‘proq ishlab chiqarishning pirovard natijalari qiziqtiradi.


Ishlab chiqarishning pirovard natijasi bo‘lib ishlab chiqarish sohasidagi o‘z harakatini tugatgan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini yo bevosita (iste’mol fondi orqali), yoki bilvosita, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish (jamg‘arish fondi) orqali qondirishga tayyor mahsulot hisoblanadi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi
Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud cheklangan iqtisodiy resurslardan qanday qilib foydalanilganda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish mumkin, degan muammo ustida bosh qotiradi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli xil muqobil variantlari mavjud bo‘lishi ko‘zda tutilib, ulardan eng samaralisi, ya’ni jamiyat ehtiyojlarini ancha to‘laroq qondiradigan miqdorda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkonini beradigan turini tanlab olishga harakat qilinadi.
Ikkinchidan, iqtisodiy resurslar nisbatan cheklanganligi sababli jamiyat a’zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo‘lmaydi. Shuning uchun jamiyatga qaysi mahsulotlarni ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz kechish lozimligini hal qilish, ya’ni tanlashni amalga oshirish zarur bo‘ladi. Shunday tanlash orqali, resurslarning mavjud darajasida mahsulot olishning aniqlangan eng yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rsatadi. Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatidan to‘liq foydalanish uchun, iqtisodiy resurslarning to‘liq bandligiga erishish va ishlab chiqarishning to‘liq hajmini ta’minlash zarur. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi to‘g‘risida yaxshiroq ta’savvurga ega bo‘lish uchun:
birinchidan, iqtisodiyot faqat ikki xil mahsulot - non va tegirmon ishlab chiqaradi (bunda non iste’mol tovarlarini, tegirmon ishlab chiqarish vositalarini bildiradi);
ikkinchidan, iqtisodiy resurslar miqdor va sifat jihatdan o‘zgarmaydi;
uchinchidan, mehnat unumdorligi va texnologiya doimiy bo‘lib qoladi, deb faraz qilamiz.
Mavjud resurslar cheklanganligi sababli iqtisodiyotning tegirmon va non ishlab chiqarishni birdaniga ko‘paytirib borish imkoniyati cheklangan. Resurlarning cheklanganligi mahsulot ishlab chiqarishning cheklanganligini bildiradi. Bunday sharoitda tegirmon ishlab chiqarishni har qanday ko‘paytirishga, resurslarning bir qismini – non ishlab chiqarishni kamaytirish orqali erishadi. Aksincha, agar non ishlab chiqarishni ko‘paytirish afzal ko‘rinsa, buning uchun zarur resurslar faqat tegirmon ishlab chiqarishni qisqartirish hisobiga olinishi mumkin.


  1. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning modellari


Download 41,83 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 41,83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlari jamiyatning qobiliyatidir ishlab chiqarish

Download 41,83 Kb.