• Davlat tasarrufidan chiqarish
  • Natural va tovar xo’jaligining bir-biridan farqlanishi.
  • Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlari jamiyatning qobiliyatidir ishlab chiqarish




    Download 41,83 Kb.
    bet8/9
    Sana24.05.2024
    Hajmi41,83 Kb.
    #251729
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    chernovik

    Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan mulk obhektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi:
    1) xususiy mol-mulkning milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o’tkazilishi;
    2) davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish.


    1. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo`llari va usullari

    Davlat tasarrufidan chiqarish — davlat korxonalarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk boʻlmagan boshqa korxonalarga aylantirish. Mulkni D.t.ch. (yoki xususiylashtirish) davlat korxonasi asosida xususiy va aralash mulk shakllarini vujudga keltirishda namoyon boʻladi.
    Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo'lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul bulib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo’lib berish hamda sotishni uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish.
    O'zbekistonda iqtisodiy isloxotlarning xususiylashtirish dastlabki pallasidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitusion tarzda eʼtirof etildi va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko'p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo'yildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy meʼyorlar va amal qilish mexanizmlari yaratildi. O'zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati - uni maxsus dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat.
    Respublikada xususiylashtirishning yo'naltirilganligi uning navbatdagi manzilli xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonlar aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning manzilli yo'naltirilganligi uy - joylarning o'z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko’proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab - quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o'z yordamchi xo'jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi.
    SSSR parchalanganidan keyin Sharqiy Yevropa va MDH davlatlarida bozor iqtisodiyotiga oʻtishda D.t.ch. iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda bosh yoʻnalish sifatida tanlandi. Oʻzbekistonda mulkni D.t.ch. iqtisodiy islohotlar borasidagi dastlabki qadamlardan biri boʻldi. Samarali, ijtimoiy yoʻnalishga ega boʻlgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish maqsadida davlat mulkini D.t.ch.ning tashkiliy-huquqiy asoslari belgilab berildi va ular OʻzRning "Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida" (1991-yil 19 noyabr.), "Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida"gi (1991-yil 15 fevral) qonunlarida va ular asosida chiqarilgan boshqa qonun hujjatlarida oʻz aksini topdi. Mamlakatdagi mavjud davlat mulki obʼyektlari toʻliq yoki qisman davlat tasarrufidan chiqarilishi (yoki xususiylashtirilishi) mumkin. Oʻzbekistonda yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy resurslar, madaniyat boyliklari, tarixiy yodgorliklar davlat tasarrufidan chiqarilmaydi. Davlat oʻz tasarrufidan chiqargan xoʻjalik subʼyektlari faoliyatiga aralashmaydi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar ularga xoʻjalik faoliyati olib borish uchun teng ququqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib beradi (qarang Davlat mulkini xususiylashtirish). Korxonalar oʻz faoliyatini va istiqbol rejalarini mustaqil rejalashtiradi, davlat ehtiyojlari uchun shartnoma asosida mahsulot yetkazib beradi.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'grisida» 2019 - yil 14 - yanvardagi PF-5630-son Farmoni. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to'grisida»gi 2019 - yil 14 - yanvardagi PQ-4112-sonli qarori qabul qilindi.
    Davlat aktivlarini boshqarish agentligining faoliyati xususiylashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ochiklik, shaffoflik, davlat va jamoatchilik nazorati. Fuqarolar ishtirokining teng huquqliligi, ularning ijtimoiy himoyasini taʼminlash va "Raqobat to'g'risida"gi Qonun talablariga rioya etishga qaratilgan.
    Mamlakatimizda xususiylashtirish jarayoni elektron tarzda amalga oshirilmoqda. Bunda aksiyalar bo'yicha ochiq birja savdolari va birjadan tashkari savdolar (uzse. uz), qolgan barcha davlat aktivlari bo'yicha esa elektron onlayn auksion savdolar (e-auksion.uz), shuningdek, davlat obʼektlarini investisiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan xolda "nol" xarid qiymatida sotish, davlat xususiy sheriklik asosida sotish (aksiyalarni ishonchli boshqaruvga berish)dan foydalanilmoqda.


    1. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o`tish va uning rivojlanishi

    Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo’jalikni tashkil etishning ikkita umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo’jalikning bu shaklida yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish uchun, xo’jalik ichki ehtiyojlari uchun mo’ljallangan. Iste’mol hajmi va tarkibi ko’’incha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ularning bir-biri bilan bog’lanishi bir xo’jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kechgan. Bunday munosabatlar eng avvalo hamma zarur narsani o’zi uchun tayyorlagan ibtidoiy jamoada hukm surgan. ‘atriarxal dehqon xo’jaligi va feodal ‘omestyalari asosan natural xo’jalik bo’lgan. Natural ishlab chiqarish sharti ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanmaganligi oqibati sifatida vujudga kelgan, u vaqtda ijtimoiy mehnatdan uning u yoki bu turi endigina ajrala boshlagan edi. Bunday sharoitda biqiq yoki o’z ehtiyojlarini o’zi qondiradigan ishlab chiqarish organizmlari ‘aydo bo’lgan. Mehnat ularning tor doirasidagina ijtimoiy xususiyatga ega bo’lgan. Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo’jalik doirasida qat’iy cheklab qo’yadi, tashqi aloqalar uchun yul ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan xo’jalikka juda qattiq biriktirib qo’yiladi va ko’chib yurish imkonidan muhrum bo’ladi. Natural xo’jalik shakllarining xuddi shu ko’rsatkichlari qishloq xo’jalik jamoalari ming yillar davomida barqaror yashovchi bo’lib qolganligining «siri»ni ochib beradi. Natural xo’jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nixoyat cheklab qo’yadi, ishlab chiqarish hajm jihatidan juda oz va turi jihatidan kam xil bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga bo’ysungan. Shuning uchun ham jamiyat asta-sekinlik bilan tovar ishlab chiqarishga o’tadi.
    Tovar ishlab chiqarish natural xo’jalikning rivojlanishi, mahsulotlar turi va miqdorining o’sishi natijasida ‘aydo bo’ldi. Natural va tovar xo’jaligining bir-biridan farqlanishi.
    Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasidagi munosabatlarning, mehnatni o’lchash va uni jamiyatning jami mehnati tarkibiga kiritishning o’ziga xos usulidir. Natural xo’jalikni siqib chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida individual xo’jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o’tish yo’li bilan boradi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ularni turli xil ishlab chiqaruvchilar o’rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo’yadi. Ixtisoslashuv esa mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, demak tovar ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali bo’lib boradi. Vaqtni va moddiy resurslarni tejash tovar xo’jaligini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo’lib chiqadi. Ayirboshlash jarayoniga tortiladigan ishlab chiqaruvchilar bir-biriga tobora ko’’roq bog’liq bo’lib qola boshlaydi.
    Dastlabki davrlarda tovar xo’jaliklari jamoalar, quldor latifundiyalari, feodal va dehqon xo’jaliklari o’rtasida aloqalar o’rnatilishiga yordam berib, ishlab chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar ochgan. Tovar ishlab chiqarish natural ishlab chiqarishga nisbatan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga, ishlab chiqarish samaradorligining o’sishiga ko’’roq darajada imkon yaratadi, chunki:
    - tovar ishlab chiqarish ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslanib, mehnat samaradorligining oshishiga xizmat qiladi;
    - tovar ishlab chiqaruvchi katta daromadga ega bo’lishi uchun mehnat unumdorligini o’stiruvchi hamda tovar ishlab chiqarish sarflarini qisqartiruvchi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini tatbiq etishi lozim;
    - tovar ishlab chiqaruvchilar natural xo’jalik yurituvchilarga nisbatan ishlab chiqarish natijalaridan ko’’roq manfaatdordirlar, agar ular daromad olmasalar xonavayron bo’ladilar;
    - tovar ishlab chiqaruvchilar xonavayron bo’lmasligi va daromad olishlari uchun o’z faoliyatlarini xaridorlarga zarur bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishga yo’naltira olishlari lozim, ular o’zlarining raqiblari ustidan g’alaba qozonishi uchun tadbirkorlik qobiliyatiga ega bo’lishlari kerak. Natural xo’jalik yurituvchilar oldida bunday vazifa mavjud emas;
    - tovar ishlab chiqaruvchi uchun iste’molchini o’ziga jalb qilish, o’z tovarini sotib daromad olish imkoniga erishish vositasi bo’lib yangi, nisbatan sifatli va jozibador tovarlarni ishlab chiqarish hisoblanadi.


    1. Tovar va uning xususiyatlariga tavsif.

    Tovar-Pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta’rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondoshuvlar mavjud. Jumladan, E.F.Borisov ta’rifiga ko’ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mo’ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir».19 Bundan ko’rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.
    V.I.Vidya’in va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne’mat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne’matning maxsus shakli bo’lib hisoblanishi ko’rsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat».20 Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo’lgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli. Yoki, boshqacha aytgandatovar biron-bir naflilikka (iste’mol qiymatga) va almashuv qiymatiga ega bo’lgan, bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir.
    Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u o’zida ijtimoiy mehnat sarflarini mujassamlashtiradi. Tovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bo’lib, u iste’mol qiymatga va almashuv qiymatlariga ega.
    Buyumning iste’mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron–bir ehtiyojini qondiradi.
    Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondoshuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi ‘sixologik yondoshuv bilan, ya’ni hech kim bilan aloqasi bo’lmagan o’rmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir o’zi qolib ketgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qo’llaydilar. Xolbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a’zolari o’rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o’rtasida sodir bo’ladi. Ular naflilikning negizida ob’ektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, to’g’rirog’i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o’zgartirilishi natijasida vujudga kelishini o’ylab ham o’tirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bo’lgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega bo’lavermaydi. Masalan, jamiyatga 100 dona soat zarur bo’lgani holda, 120 dona soatning ishlab chiqarilishi uning 20 donasining nafsiz bo’lishiga olib keladi. Ya’ni, jamiyat uchun zarur bo’lgan 100 dona soatgina naflilikka ega bo’ladi.
    Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ishlatiladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.


    1. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari

    Pul uzoq zamonlardan beri odamlarga ma’lum. Pulning kelib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog‘liq holda tushuntiriladi.
    Pulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy konsepsiyalari mavjud bo‘lib, ular orasida ratsionalistik va evolyutsion konsepsiyalar muhim o‘rin tutadi.

    Download 41,83 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 41,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlari jamiyatning qobiliyatidir ishlab chiqarish

    Download 41,83 Kb.