Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlari jamiyatning qobiliyatidir ishlab chiqarish




Download 41,83 Kb.
bet4/9
Sana24.05.2024
Hajmi41,83 Kb.
#251729
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
chernovik

Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va taʼminlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi oʻsishini taʼminlash demakdir. Ishchi kuchini takror yaratish xodimlarni ishlab chiqarishga jalb etishni, tarmoqlar, korxonalar, mintaqalar oʻrtasida ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlashni, ularning xodimlarga boʻlgan ehtiyojlari qondirilishini va ayni paytda mavjud ishchi kuchining ish bilan toʻla va samarali band boʻlishini taʼminlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini yaratishni ham oʻz ichiga oladi. Ishchi kuchini takror hosil qilish nisbatan mustaqil iqtisodiy va ijtimoiy muammo boʻlib, bu muammoning ayrim tomonlari aholining tabiiy harakatlari shaklida namoyon boʻladi. Shu sababli ishchi kuchini takror hosil qilishning asosi aholining tabiiy koʻpayishi hisoblanadi.



  1. Cheklangan resurslar va cheksiz ehtiyojlar hamda ularning turlari haqida ma’lumot bering

Ehtiyojlarning uzluksiz o`zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir, ya'ni ehtiyojlar cheksizdir. Ehtiyojlarning cheksizligi ularning to`xtovsiz yangilanib borishidan iboratdir.. Ehtiyojning yuksalish qonuni borki, u umumiqtisodiy qonunlar jumlasiga kiradi va jamiyatning ichki tuzilishidan qat'i nazar insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida amal qiladi. Bu qonunga ko`ra jamiyat a'zolarining, butun aholining ehtiyojlari uzluksiz yuksalib boradi, ehtiyoj miqdoran o`sib, tarkiban yangilanib turadi, eski ehtiyojlar o`rniga yangisi keladi, ehtiyojlarning rivojlanishi murakkab tarzda yuz beradi.


Jаmiyatning butun iqtisоdiy tizimi аsоsаn ikkitа fundаmеntаl muаmmо ustigа qurilgаn bo`lib, uni iqtisоdchilаr iqtisоdiyotning bоsh muаmmоsi dеb аtаydilаr.
1. Jаmiyat vа uning а`zоlаri bo`lmish indivudiаl shахslаr, kоrхоnаlаr vа tаshkilоtlаrning mоddiy ehtiyojlаri chеksiz.
2. Mоddiy ehtiyojlаrni qоndirish vоsitаlаri, ya′ni tоvаrlаr vа хizmаtlаrni ishlаb chiqаrish uchun zаrur bo`lаdigаn iqtisоdiy rеsurslаr chеklаngаn yoki tаqchil (nоyob).

Kundаlik hаyotimizdа hаr birimiz chеklаngаn vаqtimizdаn sаmаrаli fоydаlаnish, dаrоmаdimizni оziq-оvqаt, kiyim-kеchаk yoki mаishiy tехnikаlаr sоtib оlishgа to`g`ri tаqsimlаsh kаbi o`nlаb mаsаlаlаr хususidа qаrоr qаbul qilishimizgа to`g`ri kеlаdi. Хuddi shuningdеk, firmаlаr hаm sаrmоyani qаysi sоhаgа tikish, хоmаshyo vа аsbоb-uskunаlаrni qаnchа miqdоrdа vа qаеrdаn хаrid etish, qаndаy tехnikа vа tехnоlоgiyalаrdаn fоydаlаnish, rеsurslаrni sаrfini qаndаy tеjаsh, mаhsulоtni хаridоrbоp qilib tаyyorlаsh, to`g`ri nаrх siyosаtini yuritish kаbi ko`plаb mаsаlаlаr yuzаsidаn оptimаl qаrоrlаr qаbul qilishgа hаrаkаt qilаdilаr. Bu muаmmоlаrni yеchish uchun bеshtа fundаmеntаl iqtisоdiy sаvоlgа jаvоb bеrishi lоzim.


1. Nimаni, ya′ni istе′mоlchilаr tаlаbidаn kеlib chiqib qаndаy tоvаr vа хizmаtlаrni ishlаb chiqаrish kеrаk?
2. Bu tоvаr vа хizmаtlаr qаnchа miqdоrdа ishlаb chiqаrilishi kеrаk?
3. Qаndаy qilib, ya′ni tоvаr vа хizmаtlаrni qаysi usuldа vа qаndаy tехnоlоgiyalаrdаn fоydаlаnib ishlаb chiqаrish maqsadga muvofiq?
4. Kim uchun ishlаb chiqаrish kеrаk, ishlаb chiqаrilаdigаn tоvаr vа хizmаtlаrning istе′mоlchilаri kimlаr bo`lаdi?
5. Iqtisоdiy tizim yuz bеrаyotgаn o`zgаrishlаrgа mоslаshа оlаdimi?

Yuqоridаgi sаvоllаrdаn ikkitаsi, ya′ni nimа ishlаb chiqаrish kеrаk vа qаndаy ishlаb chiqаrish kеrаk dеgаn sаvоllаr-rеsurslаrdаn mаhsulоt ishlаb chiqаrishdа fоydаlаnilаdigаn vа ishlаb chiqаrilаdigаn mаhsulоt tаrkibining judа ko`p аltеrnаtiv


vаriаntlаri mаvjudligini tаqоzо qilаdi.

Ehtiyojlar yuksalishining to`rt jihati bor.


1.Ehtiyoj kengayib miqdoran o`sib boradi, ya'ni muayyan ehtiyoj saqlangan holda uning ortib borishi. Masalan: gazlamaga ehtiyoj boshqa ehtiyoj bilan o`rin almashmaydi, ammo uning miqdori oshadi.
2. Mutlaqo yangi ehtiyojlar paydo bo`lib, eskilarini surib qo`yadi, ehtiyojlarning ichki tartib strukturasi o`zgaradi. Masalan: televidenie va videoapparatura paydo
bo`lishi bilan uyda xohlagan tomoshani ko`rish ehtiyoji paydo bo`lib, teatr yoki kinoga borish ehtiyoji qisqaradi.
3.Muayyan ehtiyojlar guruhi doirasida turli ehtiyojlar nisbati o`zgaradi. Bunda ehtiyoj umumiy tarzda saqlanadi, lekin uning aniq ko`rinishlari va shakllari o`zgaradi. Masalan: umumiy transport ehtiyoji saqlangan holda, transport aniq turlariga ehtiyoj o`zgaradi.
4.Bir ehtiyojning ikkinchisi bilan almashtirilishi. Bunday almashuv o`rinbosar ehtiyojlarning paydo bo`lishi bilan yuzaga keladi va bunday ehtiyojlar yuksak rivojlangan iqtisodiyotga xosdir. Masalan: shakar, qand, konfet, tort, navvot shirinlikka ehtiyojni qondiradi, ammo bir-birining o`rnini bosishi ularning foydaliligi darajasidan kelib chiqadi.
Ko`rinib turibdiki ehtiyojlarning yuksalishi muqarrar ekan, lekin asosiy muammo ehtiyojlarni qondirishdir. Buning birdan-bir vositasi ishlab chiqarishdir. Ehtiyoj yuksalar ekan uni qondirish vositalari ham rivojlanadi. Gap shundaki, ehtiyojlar cheksiz o`zgargani holda uni ta'minlash uchun kerak bo`lgan ishlab chiqarish resurslar cheklangan bo`ladi.Bu resurslar tabiiy resuslar, mehnat resurslari, pul resurslari, texnika va texnologiya resurslaridir. Buni g`arbda iqtisodchilar resurslarning kamyobligi deb atashadi. Ehtiyoj va resurslarning nomutanosibligi, birining cheksizligi va ikkinchisining kamyobligi ishlab chiqarish imkoniyatlaridan to`la va samarali foydalanishni talab qiladi.



  1. Iqtisodiyotga oid bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi

O‘rta Osiyoda dastlabki uygonish davrida olamga mashxur donishmandlar yetishib chikdi, ularning faoliyatida iqtisodiyot masalalari asosan to‘g‘ri talqin etildi. Isrofgarchilik, soliq, xisob-kitob muammolari ko‘tarildi. Markazlashgan davlat asoschisi Amir Temur va uning avlodlari davrida muxim iqtisodiy g‘oyalar vujudga keldi. Bu yerda boshqa mamalakatlardan ancha ilgari ishlab 10 chiqarish bilan birga savodga ham e’tibor berildi, foydaning katta qismi shu sohaga (ya’ni muamola sohasi) bilan bog‘liq ekanligi aytildi va "Buyuk Ipak Yo‘li" ni avj oldirishga ahamiyat berildi. Dastlabki iqtisodiy g‘oyalar insoniyatning paydo bo‘lishi bilan shakllangan, ammo bizgacha yetib kelganlari e.a. 2-ming yillikka to‘g‘ri keladi, ko‘proq qadimiy Osiyo xalqlarining xo‘jalik faoliyatini aks ettiradi. Antik dunyoga ma’lum darajada birinchi iqtisodiyot mushoxadalar, ayrim iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar shakllana boshlagan. Qullikka asoslangan natural xo‘jalik, ayniqsa qishloq xo‘jaligi qo‘llabquvvatlangan, boylikning asosiy manbai mexnat deb xisoblangan Xindistonda "Buyumning qiymati" ni "ish kunlari" bilan belgilash, maxsulotning bozor baxosi bilan uning tabiiy o‘iymati o‘rtasidagi farq aytilgan, foyda masalasi ko‘tarilib, uning miqdori cheklangan. Davlatning iqtisodiga aralashuvi qo‘llab - quvvatlangan. Feodal munosabatlar Sharqda nisbatan erta tarkib topdi va uzoqroq davom etdi. Arab mamlakatlarining iqtisodiyotiga islom akidalari ijobiy ta’sir etdi. Kur’oni Karim va xadislarda keltirilgan iqtisodiyotga aloqador qonun - qoidalar "Xidoya" va shu kabi boshqa fikr keng o‘rganildi, amalga oshirdi, natijada muxim iqtisodiy g‘oyalar ilgari surildi. Mexnat, ayniqsa qishloq xo‘jaligi xunarmandchilik va savdo qo‘llab - quvvatlandi. Isrovgarchilik, mexnatsiz daromat, ayniqsa sudxo‘rlik xarom deb e’lon qilindi. Bu davr uchun Ibn Xoldunning iqtisodiy g‘oyalari nixoyatda muximdir, u o‘z asarlarida ijtimoiy ishlab chiqarish, mexnat unumdorligi, oddiy va murakkab mexnat, zaruriy va qo‘shimcha maxsulot, tovarning iste’mol qiymati va umuman qiymatning farqini ta’riflab beradi, ayirboshlash tamoyirini (sarflangan mexnatning yarimi) to‘g‘ri talqin etdi, sarflangan mexnat bilan birga shu tovarning odamlarsha zarurligi ham muximligini ta’kidladi. Uning asarlarida mexnat taksimoti, tovar pul munosabatlari, soliq tizimining xalq farovonligi ta’siri asosan to‘g‘ri taxlil etib berilgan. G‘arbiy Yevropadagi feodal munosabatlar nisbatan kech tarkib topgan bo‘lsa ham, uning rivoji tezroq bo‘ldi. Dexqonchilik umuman qishloq xo‘jaligi ustun bo‘lishiga qaramay, xunarmandchilikda sex tizimi, keyinroq manufaktura vujudga keldi, mexnat taksimoti tamoyillari tarkib topdi. Platon (Aflotun) "Davlat" va "Qonunlar" asarlarida ideal davlat qanday bo‘lishi kerakligini ochib bermoqchi bo‘ldi. U axolini uch toifaga ajratgan: 1.Faylasuvlar-davlatni boshqaruvchilar. 2. Xarbiylar - davlatning boshqarish apparatining bir qismi bo‘lib ular biror mulk egasi xuquqiga ega emas, iste’mol qilish esa ijtimoiy xarakterga ega bo‘lishi kerak . 3. "Qora" toifa - dexqon, xunarmand va savdogarlardan bo‘lib, ular mulk egasi bo‘lishi kerak. Bu olimning mexnat taksimoti tovar, pul va savdogarlarning ajralib chikishi, o‘rtasidagi aloqadorlik to‘g‘risidagi fikrni usha davr uchun buyuk kashfiyot - deb baxolash mumkin. Ammo aflotun qulchilikka asoslangan natural xo‘jalikni ximoya qildi, pul funksiyasini maomala doirasidagina deb bilishga xarakat qildi. Pulni jamiyatdagi dushmanchilikning bosh sababchisi deb bildi.

Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar: Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv bo’lib, bu ularning kishilar ongi va erkiga bog’liq emasligini anglatadi. Iqtisodiy fan tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar ob’ektiv mavjud bo’lgan iqtisodiy qonunlarning nazariy ifodasini namoyon etadi. Demak, ular o’rtasidagi farq qonunlarning ob’ektiv reallikni ilmiy ong prizmasi orqali sub’ektiv ifoda etilishida namoyon bo’ladi.


Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan shunisi bilan farq qiladiki, ularning amal qilishi faqat jamiyatga taalluqli bo’lib, ularning aksariyat qismi vaqtinchalik, o’tish tavsifiga ega bo’ladi.
K.Makkonnell ham «qonunlar», «prinstiplar», «nazariyalar» va «modellar» singari tushunchalar sinonim sifatida qo’llanilishi, chunki ular individ va institutlarning iqtisodiy xulq-atvoridagi qonuniyatlarni umumlashtirilishi va qayd qilinishini aks ettiradilar. Ekonomiks kamyoblik qonuni, samaraning pasayib borishi qonuni, talab qonuni, daromadning pasayib borishi qonuni, so’nggi qo’shilgan naflilikning pasayib borishi qonuni va shu kabi qonunlar bilan ishlaydiki, bularning barchasi tendenstiya sifatida namoyon bo’ladi. Iqtisodiyotning chuqur jarayonlari bilan yuzaki jarayonlari tahlilining uyg’unlashuvi iqtisodiyot nazariyasini faqat boyitadi. Iqtisodiy fan iqtisodiy qonunlarni quyidagi ko’rinishlari bo’yicha tizimga ajratadi:
1. Umumiy qonunlar – kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning yuksalib borishi qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar tavsifi va rivojlanish darajasiga muvofiq kelishi qonuni va h.k.
2. Xususiy qonunlar – jamiyat taraqqiyotining bir necha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, qiymat qonuni.
3. Maxsus qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, qo’shimcha qiymat qonuni.
4. Jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiluvchi qonunlar. Masalan, erkin raqobat qonunlari monopolistik raqobat qonunlaridan farq qiladi.
Bu qonunlar ichida tizimni tashkil etuvchi sifatida muayyan ishlab chiqarish munosabatlaridagi asosiy prinstipni aks ettiruvchi asosiy iqtisodiy qonun maydonga tushadi.
Iqtisodiy fan iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy kategoriyalarni, ya’ni iqtisodiy hodisalarning alohida tomonlarini tavsiflovchi ilmiy tushunchalarni ishlab chiqadi. Masalan, qiymat qonunining amal qilishi qiymat, pul, tovar, kredit, moliya va h.k. singari bir qator iqtisodiy kategoriyalar orqali namoyon bo’ladi.
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar o’rtasidagi to’g’ri va teskari aloqalar qonunlarning amal qilish mexanizmi yoki iqtisodiy mexanizmni tashkil etadi. Iqtisodiy mexanizm iqtisodiy tizim tomonidan yaratilganligi sababli ob’ektiv hisoblanadi. Uning asosida ijtimoiy ishlab chiqarish ishtirokchilarining empirik yoki ongli ravishdagi harakatining natijasi sifatida jamiyatning xo’jalik mexanizmi tarkib topadi.
Iqtisodiy kategoriya sifatidagi xo’jalik mexanizmining asosiy mazmunini tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi. Biroq, bu kategoriya ishlab chiqarish munosabatlari doirasidan tashqariga chiqib, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining o’zaro ta’sirida hosil bo’luvchi munosabatlarni (kooperastiya, mehnatning ixtisoslashuvi va taqsimoti va h.k.), shuningdek, iqtisodiy ustqurma (iqtisodiy ong; iqtisodiy vazifalarni bajaruvchi muassasalar; xo’jalik huquqi; iqtisodiy siyosat)ni ham o’z ichiga oladi. Jamiyat uchun samarali amal qiluvchi xo’jalik mexanizmi zarur. Buning mezoni sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar resurslaridan tejamli foydalanish maydonga tushadi. Iqtisodiyot nazariyasi rastional xo’jalik munosabatlarini tarkib toptirishga ko’maklashishga qaratilgan. Buni u individlar va jamoat tashkilotlari iqtisodiy xulq-atvori prinstiplarini ishlab chiqish yordamida amalga oshiradi.



  1. Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi


Download 41,83 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 41,83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlari jamiyatning qobiliyatidir ishlab chiqarish

Download 41,83 Kb.