Monopoliyalarning iqtisodiy asosi, ularning turlari va ijtimoiy oqibatlari




Download 41,83 Kb.
bet2/9
Sana24.05.2024
Hajmi41,83 Kb.
#251729
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
chernovik

Monopoliyalarning iqtisodiy asosi, ularning turlari va ijtimoiy oqibatlari. 
Monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo‗lishi sababli, u mavjud mahsulot 
(xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukumronlik shakllantiradi. Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning sababi oddiy. U mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, 
taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi. Monopoliyaning mavjud bo‗lish tarmoqqa kirish uchun to‗siqlarning mavjud 
bo‗lishiga sabab bo‗ladi. Iqtisodiy, texnik, huquqiy yoki boshqa to‗siqlar yangi 
raqobatshchilarning tarmoqqa kirishiga yo‗l qo‗ymaydi. Tarmoqqa kirish uchun to‗siqlar har 
xil ko‗rinishlarni oladi. Bularning asosiylari quyidagilar: 
a) Ishlab chiqarish miqyosi keltirib chiqaradigan to‗siqlar, shu jumladan, moliyaviy 
to‗siqlar ko‗p holatlarda shunchalik katta bo‗ladiki bu tarmoqqa kirishni taqiqlash bilan 
bahobar. Masalan, yirik ishlab chiqaruvchi hisoblangan avtomobil sanoatiga kirish, yangi 
texnologiyaga asoslangan zarur uskunalarni sotib olishga juda katta pul-kapitali talab qiladi. 
b) Tabiiy monopoliyalar vujudga keltiradigan to‗siqlar. Buning mazmuni shundan 
iboratki, bir qancha tarmoqlarda raqobat mavjud bo‗lmaydi, uni amalga oshirish mumkin 
emas. Ijtimoiy foydalanishdagi bunday tarmoq korxonalari tabiiy monopoliyalar deyiladi. 
Tabiiy monopoliyalarga elektr, gaz, suv ta‘minoti va aloqa korxonalari misol bo‗la oladi. 
Davlat bunday monopoliyalar faoliyatini tartibga solishda o‗z huquqini saqlab qoladi. Agar tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslangan bo‗lsa, bunday ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar tartibga solinadigan yoki davlat tomonidan tuzilgan monopoliyalar deyiladi. Monopoliyaning 6 turi mavjud bo'lib ular: 1.Tabiy monopoliya 2.Legal monopoliya 3.Sun'iy monopoliya 4.Aligopoliya 5.Monopsoniya 6.Sof monopoliya Monopoliya turlari Sof monopoliyalarning 4 turi mavjud ◼ Tabiiy ◼ Geografik ◼ Texnologik ◼ Hukumat


  • Download 41,83 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 41,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Monopoliyalarning iqtisodiy asosi, ularning turlari va ijtimoiy oqibatlari

    Download 41,83 Kb.