|
Avtoritarizmning quyidagi asosiy xususiyatlari ko'rsatiladi
|
bet | 5/8 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 86 Kb. | | #145872 |
Bog'liq JAMIYATNING SIYOSIY HAYOTIDA DAVLATNING O\'RNI VA RO\'LIAvtoritarizmning quyidagi asosiy xususiyatlari ko'rsatiladi:
1. Hokimiyatning bir shaxs yoki kichik bir guruh qo'lida to'planganligi;
2. Hokimiyatning cheklanmaganligi, fuqarolar tomonidan nazorat qilina olmasligi (hokimiyat qonunlar asosida ish ko'rishi mumkin, ammo bu qonunlar hokimiyat ehtiyojlariga ko'ra qabul qilinadi);
3. Kuchga suyanish. Avtoritar tuzum xalq tomonidan quvvatlanishi, repressiyalar, zo'rlik ishlatilmasligi mumkin. Ammo, u yetarli kuchga ega bo'lib, istalgan vaqtda itoat va tartib o'rnata olish layoqatiga ega;
4. Hokimiyat va siyosat sohasida yakka hukmronlikning o'rnatilishi, amalda muxolifat va raqobatga yo'l qo'ymaslik. Avtoritarizm sharoitida bir qancha partiyalar, kasaba uyushmalari va h.lar mavjud bo'lishi mumkin, lekin ular hokimiyat nazoratida bo'ladilar. Ba'zan muxolifatning yo'qligi jamiyatning shunga tayyor emasligi, ehtiyojini yo'qligi bilan ham izohlangan.
5. Jamiyatning siyosatdan boshqa sohalariga kam aralashishi. Hokimiyat birinchi navbatda o'z xavfsizligini ta'minlash, jamoat tartibini o'rnatish, mudofaa, tashqi siyosat bilan shug'ullanadi. Ammo, iqtisodiy rivojlanish strategiyasiga ta'sir etishi, faol ijtimoiy siyosat olib borishi ham mumkin.
6. Siyosiy elitani raqobatli saylovlar jarayonida emas, yuqoridan tayinlash yo'li bilan shakllantiradi. Avtoritar tartibotlarda hokimiyat biror yetakchi mafkura yoki siyosiy partiyalarga emas, armiya, din, an'anaviy qadriyatlar v.h.larga suyanadi, jamiyatga yangi qadriyatlar tizimini kiritishga “yangi insonni”shakllantirishga harakat qilmaydi.
Avtoritar tartib keng va turg'un ijtimoiy negizi muhtoj, shuning uchun, u fuqarolik jamiyatini yo'q qilishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ymaydi, jamiyatning shakillangan, an'anaviy tartibini saqlab qolishga avtoritar hokimiyat o'zini cheklovchi mexanizmlarga ega. Masalan, iqtisodda-mulkchilikning ko'p shakllarga egaligi, ijtimoiy sohada-ijtimoiy bir xillikning yo'qligi, sinf, qatlamlarning muxolif sifatida yo'q qilinmasligi, mafkura sohasida-turli qarashlar va nuqtai nazarlarning cheklangan va yashirin (latent)holda mavjud bo'lishi. An'analar-avtoritar hokimiyatning asosiy cheklovchilaridir.
|
| |