• Mumtoz liberal demokratiya modeli XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshida Garbiy Yevropa va AQSHda amal qilgan. U quyidagi belgilarga ega: 1.
  • Demokratiyaning bir nechta mumtoz modeli mavjud




    Download 86 Kb.
    bet7/8
    Sana25.01.2024
    Hajmi86 Kb.
    #145872
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    JAMIYATNING SIYOSIY HAYOTIDA DAVLATNING O\'RNI VA RO\'LI

    Demokratiyaning bir nechta mumtoz modeli mavjud:
    Antik yoki to'g'ridan-to'g'ri ishtirokka asoslangan demokratiya. Yuqorida aytilganidek, bu davrning o'zida demokratiya rivojida ikki yo'nalish belgilandi. Birinchisi, o'z - o'zini boshqaruvchi, ya'ni fuqarolarning to'g'ridan- to'g'ri ishtirokini nazarda tutuvchi tartib va ikkinchisi, umumxalq demokratiyasi, ya'ni xalqni hokimiyatning manbai sifatida qarab, uning nomidan hokimiyati amalga oshiruvchi tartib.
    Mumtoz liberalizm demokratiyasi modeli. Liberalizm ijtimoiy fikr tarixida birinchi bor individni jamiyat va davlatdan, ikki muxtor sohani- davlat va fuqarolik jamiyatini bir - biridan ajratdi, davlatning fuqarolik jamiyati va shaxs bilan munosabatlarini qonun va vazifalar jihatidan chekladi, ozchilikning ko'pchilikka nisbatan muxtoriyati va huquqlarini himoya qildi, barcha fuqarolarning siyosiy teng huquqliligini bayon etdi, shaxsni siyosiy tizimning bosh elementi sifatida fundamental, begonalashmaydigan huquqlar bilan ta'minladi.
    Mumtoz liberal demokratiya modeli XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshida G'arbiy Yevropa va AQSHda amal qilgan. U quyidagi belgilarga ega:
    1. Hokimiyat manbai bo'lgan xalq qatoriga mulkdor erkaklargina kiritilib, quyi qatlamlar, avvalo yollanma ishchilar, ayollarni saylov huquqiga ega fuqarolar safiga qo'shilmasligi. G'arb demokratiyalarining ko'pchiligida XXasr boshi va o'rtalarigacha mulkiy v.b. senzlar (chegaralar) mavjud bo'lgan bo'lib, ularsiz inson ovoz berish huquqiga ega emas edi. (AQSHning ba'zi shtatlarida o'ziga xos mulkiy senz - saylov solig'i - 1961 yildagina bekor qilindi, umumiy .saylov huquqi 1848 - yilda - hammadan avval kiritilgan. Shveysariyada ayollarga 1971 - yilgacha bu huquq kafolatlanmagan edi).
    2. Individualistik ekanligi, shaxsni hokimiyatning birlamchi va bosh, manbai, deb bilishi, individ huquqlarining davlat qonunlaridan ustunligini tan olishi. Himoyalanish maqsadida inson huquqlari Konstitutsiyada belgilanadi, ularning toliq bajarilishini esa, mustaqil sud nazorat etadi. Shu bilan birga, liberal demokratiyaning ijtimoiy- siyosiy cheklanganligi, fuqarolarni ijtimoiy himoya qila olmasligi, tengsizlikning zo'rayishi, shaxs siyosiy ishtirokining cheklanganligi, davlat "tungi qorovul" roli bilangina cheklab qo'yilishi uning muhim kamchiliklari hisoblanadi.
    Demokratiyaning yakka bir modeli - identitar demokratiya. U jamiyat va shaxs (millat, sinf) manfaatlarining umumiyligi, xalq - hokimiyatning yagona manbai ekanligi, vakolatli hokimiyat - to'laligicha xalq manfaatini ifodalashidan kelib chiqadi.
    Identitar demokratiya nazariy modelini J.J.Russo ishlab chiqqan. U sotsialistik demokratiya tarzida XX asr davomida amal qildi. Hozir ham, masalan, XXR o'z islohotlarida kollektivistik demokratiya modeliga asoslanyapti.
    Ko'pgina farqlariga qaramay turli kollektivistik demokratiya nazariyalari bir qator umumiy belgilariga ega. Ularga kuyidagilar kiradi: 1) xalqni kollektiv talqin etish, xalqni yagona, bir turdagi, ob'ektiv mavjud bo'lgan umumiy manfaat va irodaga ega butunlik sifatida tan olish; 2) xalq ichida qarama - qarshilik yo'qligi, siyosiy muholifotni dushman yoki yot narsa sifatida qarash va uni kuch vositasida yo'q qilish; 3) erkinlikni kollektivistik, (antik davrdagiga yaqin) ya'ni fuqaroning o'z davlati va jamiyati ishida faol, teng huquqli ishtiroki sifatida tushunish; 4) amalda hokimiyatning o'zini xalq (sinf, millat)bilan bir narsa sifatida ko'rsatuvchi totalitar, hamma sohaga kirib boruvchi mutloq tabiatga ega ekanligi, kamchilik, shu jumladan, alohida shaxslarning himoyasizligi; 5) davlat - bir butunlik sifatida - o'z tarkibiy kismlarining tinchligidan manfaatdor bulganligi sababli - inson huquqlari masalasining umuman yo'q qilinishi; 6) umumiy siyosiy mobilizatsiya, 7) ijtimoiy demokratiyani targ'ib etish, asosiy di-qqatni siyosiy huquqlarni yuridik jixatdan e'tirof etishdan fuqarolarning boshqaruvda ishtirok etishlari uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratishga ko'chirish.
    Kollektivistik demokratiya nazariyasi o'zining noqobilligini amalda ko'rsatdi. Uni ko'llashga intilish totalitarizmga olib kelgan. Shu bilan birga bu ulkan nazariy va amaliy tajriba siyosiy fikr rivojlanishi va demokratik boshqaruv shakllari taraqqiyotiga katta hissa qo'shdi.
    Plyuralistik demokratiya modeli – liberal siyosiy tizimdan - o'sib chiqqan va uning asosiy tashkiliy tamoyillarini meros qilib olgan.
    Bu tamoyillarga konstitutsionalizm, hokimiyatlar bo'linishi, shuningdek, shaxsiy erkinliklar, inson huquqlari, ozchilik muxtoriyati kabi kadriyatlar kiradi. Plyuralistik demokratiya-ijtimoiy manfaatlar va ularni bayon etish shaklarining xolma - xilligiga asoslanadi.
    Plyuralistik demokratiya nazariyasi dunyoning ko'p mamlakatlarida e'tirof etildi va amalda qo'llana boshlandi. Ammo uning g'oyalari shubhasiz emas va tanqid qilib kelinadi. Bu nazariyaning boshlang'ich kamchiliklardan biri – voqelikni ideallashtirish, axolini rypuhlapra mansubligi hissini, fuqarolarning manfaat guruhlarida ishtirokini oshirib yuborish. Real xayotda, /arb mamlakatlarida, aholining uchdan bir kismidan ko'p bo'lmagan miqdori manfaat guruhlarida birlashgan. Shuning uchun ham plyuralistik model asosidagi demokratiya ko'pchilik hokimiyati bo'lolmaydi.
    Plyuralistik demokratiya modeli ham kamchiliklar va zaif tomonlardan holi emas. Ammo bugungi kunda xalq hokimiyatchiligi ideali va real hayotga bundan yaqinroq modellar mavjud emas. Shuning uchun ham plyuralistik demokratiya modeli siyosiy fikr va amaliyotga keng ta'sir ko'rsatadi. Asosiy diqqatni xalqning siyosat sub'ekti sifatida murakkab guruhiy tarkibiga qaratgani holda bu nazariya, albatta, zamonaviy demokratiyalarning barcha jihatlarini aks ettira olmaydi va bir qator boshqa kontseptsiyalar bilan to'ldiriladi.
    Reprezentativ demokratiya – xalq oldida mas'ul, malakali vakolatli boshqaruv g'oyasiga asoslangan. U xalq nomidan, jamiyatni malakali va mas'uliyatli shaxslar boshqarishi zarur, degan tamoyildan kelib chiqadi.
    Reprezentativ demokratiyaning ancha aniq ta'rifini nemis olimi Ralf Darendorf beradi: "o'zining tom ma'nosiga qarama - qarshi o'laroq, - deb yozadi u,-demokratiya "xalq hokimiyati" emas; bunaqasi umuman bo'lmaydi. Demokratiya - bu xalq tomonidan saylanadigan, kerak bo'lsa uning o'zi chaqirib oladigan hukumat; bundan tashqari bu - o'z yunalishiga ega bo'lgan hukumat" 1.
    Partitsipatorlik (ishtirok) demokratiyasi-xalq hokimiyati sifatidagi me'yoriy idealga toliq mos kelishiga va uning zamonaviy davlat va jamiyat tuzilishiga moslashishiga da'vogarlik qiladi.
    Unga ko'ra boshqaruvda ko'p odamlarning ishtirok etishi qarorlar qabul qilish uchun intellektual potentsialni kengaytiradi, ularning eng ma'qullarini tanlash ehtimolini oshiradi va, demak, siyosiy tizim barqarorligi va boshqaruv samaradorligi ortadi. Bundan tashqari, fuqarolarning siyosiy jarayonda faol ishtiroki mansabdor shaxslar ustidan samarali nazoratni ta'minlaydi, hokimiyatni suiste'mol qilishning, deputatlarning xalqdan uzilib qolishini, amaldorlarning byurokratlashuvining oldini oladi, deb hisoblaydi.
    Bugungi kunda g'arb madaniyatiga mansub bo'lmagan mamlakatlarda ham demokratiyaning qaror topish hollari mavjud. (Turkiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Braziliya v,h.). Bu esa jahonda demokratiyaning yangi modellari vujudga kelishi jarayoni davom etishini anglatadi.
    Jamiyatdagi siyosiy munosabatlarning asoslarini demokratik tamoyillar va demokratik tadbirlar tashkil etadi. Demokratik tamoyillarga: hokimiyat asosiy organlarining saylanishi; hokimiyatlarning bo'linishi; siyosiy plyuralizm, erkinlik va mas'uliyatning birligi; qonun ustuvorligi; jamoatchilik fikrining hisobga olinishi; ijtimoiy kamchilikning o'z nuqtai nazari va oshkoralikka ega bo'lishi huquqi. Demokratik tadbirlarga saylovlar, hisobotlar, vakillarni chaqirib olish, qonun loyihalari v.b. xujjatlarni umumxalq muhokamasi, referendumlar, orqali qabul qilish so'rovlar, mitinglar, majlislar, s'ezdlar, namoyishlar, chet el tashriflari v.h.larni kiritish mumkin. Ammo bularning mavjudligi xali jamiyatda demokratlashtirish yalpi tus olganligini bildirmaydi. Demokratlashtirishning yana bir muhim tomoni - demokratik madaniyatning shakllanishidir.
    Har bir xalq mentaliteti va jamiyat zaminida muayyan sharoitlarda bozor munosabatlari va siyosiy demokratiya qadriyatlarini o'zlashtirishga tayyor elementlar mavjud.
    Markaziy Osiyoda mamlakatni idora etishda qadimdan jamoatchilikning erkin fikriga alohida etibor berilib kelingan. Xalqning fikrini bilish, turli ijtimoiy guruhlar va tabaqalar bilan bamaslahat ish yuritish ko'plab hukmdorlar, beklar, hokimlar uchun qonun-qoida hisoblangan.
    Davlat ishlari jamoatchilik bilan birgalikda, murosayu - madora, muruvvat, bag'rikenglik va sabr- toqat bilan yurgizib kelingan.
    O'zbekistonda ham demokratiyaga o'tishda o'ziga xos yo'ldan borilmoqda. Unda milliy an'analar, urf - odatlarni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'unlashtirish, milliy davlatchilik an'analarini asrab - avaylab saqlash va rivojlantirish yo'lidan shoshilmasdan, izchil, bosqichma- bosqich borilmoqda.
    Yuqorida aytilgan fikrlardan xulosa shuki, demokratiya barcha muammolarni hal qilib beruvchi sirli kalit yoki "orzudagi jamiyat" emas. Uning totalitarizm va avtoritarizmdan muhim farqi yolg'iz shundaki, u jamiyatni tashkil etuvchi ozod va erkin fuqarolarning irodasi, manfaatlari, ehtiyojlarining ko'pligi va bir-biriga o'xshamasligini e'tirof etgani va bu xilma - xillikni qadrlagani holda, fuqarolarga kelishuv, yon bosish, muhokama, munozaralar uchun rasmiy, qonuniy yo'llarni ochib berish va ko'pchilikka ma'qul qarorlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Demokratik jamiyatda inson yakka hokim yoki guruh irodasiga ko'ra emas, o'z irodasi va imkoniyatlariga ko'ra o'z hayotini quradi va farzandlari hamda o'zining baxti uchun, eng avvalo, o'zi zamin yaratadi.
    Siyosiy tizimlar nazariyasi ijtimoiy tizimlarni "ilg'or - qoloq", "yaxshi - yomon" nuqtai nazaridan, emas, mavjudlik-samaradorlik nuqtai nazaridan tahlil qilish imkonini beradi. Bugungi kunda "avtoritarizm - yomon", "demokratiya - yaxshi" singari umumiy qaydlar yetarli emas. Yuqori iqtisodiy ko'rsatkichlarga ega va o'z xalqining farovonligini ta'minlagan avtoritar davlatlarning mavjudligi bunday yondashuvlarning yuzaki ekanligini tasdiqlab turibdi. Jamiyat negizida uzoq tarixiy taraqqiyot davomida har bir siyosiy tizim "genlari" mavjud, ular yonma - yon yashaydi, u yoki bu sohada namoyon - bo'lib boradi. (Masalan, zamonaviy g'arb politologlarini chuqur o'ylatadigan masala - demokratik siyosiy tizim sharoitida iqtisodda boshqaruvning avtoritarligi masalasi) "Sof" demokratik yoki "sof" avtoritar, hatto "sof" totalitar jamiyatlar faqat nazariyalardagina mavjud, real hayot esa, tarixning ulkan tajriba maydonchasi ekanligini doimo yodda tutishimiz kerak.

    Download 86 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Demokratiyaning bir nechta mumtoz modeli mavjud

    Download 86 Kb.