• Sog’lomlashtirish-profilaktika gimnastikasi
  • Ishdan keyingi tiklanishga yo’naltirilgan jismoniy tarbiya




    Download 132,5 Kb.
    bet7/10
    Sana15.05.2024
    Hajmi132,5 Kb.
    #235091
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Z. M. Bobur nomli

    Ishdan keyingi tiklanishga yo’naltirilgan jismoniy tarbiya
    Mehnatkashlarning jismoniy madaniyatida, albatta, jismoniy mashqlarga o’rin ajratilishi kerak. Bunday mashqlarning asosiy vazifasi ish kuni tugagandan keyin kuchni tiklashdan, mehnatning noqulay va bir tomonlama omillariga qarshi yo’naltirilgan profilaktikani amalga oshirishdan va buning asosida yuqori kasbiy tayyorgarlikni saqlab turishdan iborat.
    O’tkazilgan tadqiqotlar natijalari ishdan keyin jismoniy mashqlarni va boshqa tiklanish muolajalarini tatbiq etish organlarning tezlikda tiklanishiga va kasb kasalliklarining oldini olishga xizmat qilishini ko’rsatdi.
    Tiklovchi jismoniy tarbiya tadbirlari bevosita ish joylarida, korxonada maxsus jihozlangan tiklanish markazlarida, korxona hududida yoki unga yaqin joylashgan sport inshootlarida, profilaktoriylarda o’tkaziladi.
    Jismoniy tarbiya-profilaktika tadbirlarini ishlab chiqishda mashg’ulotlarni tanlash va ularni o’tkazish uslubiyati ishlab chiqarishni tashkil etishning texnologik xususiyatlariga va mehnatning shart-sharoitlariga, shuningdek, kasbiy faoliyat xususiyatiga bog’liq bo’ladi. Jismoniy mashqlar ishning sabab- oqibatlarini: konveyerda ishlashdagi bir maromlilikni, yuqori asab kuchlanishini (masalan, operatorlarda, dispetcherlarda) va boshqalarni bartaraf etishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
    Unda quyidagi mashg’ulot shakllaridan foydalaniladi:
    a) tashkiliy: ular tiklanish-profilaktika markazlarida, kasbga moslashtirilgan sog’lomlashtirish guruhlarida, sport turlari bo’yicha sport seksiyalarida o’tkaziladi;
    b) mustaqil: sog’lomlashtirish zonalarida shug’ullanish, profilaktik gimnastika, profilaktik yo’nalishdagi jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining turli shakllari.
    Amaliyotda optimal harakatlanish tartibiga ega bo’lgan xizmatchilarda mehnatning eng yuqori ko’rsatkichlari kuzatiladi.
    Sog’lomlashtirish-profilaktika gimnastikasi
    Noqulay mehnat shart-sharoitlari: havoning ifloslanganligi, yuqori harorat, shovqin, tebranish va shu singarilar, ayniqsa, neft va kimyo, gaz, issiqlik, metallurgiya, tog’-kon, to’qimachilik, ko’mir qazib olish sanoati va boshqa ayrim korxonalarda kuzatiladi. Bular organizmdagi fiziologik tizimlarning normal ishlashida jiddiy o’zgarishlarga olib keladi. Agar ularga qarshi muntazam profilaktik tadbirlar o’tkazib borilmasa, u holda yillar o’tishi bilan turli kasalliklar rivojlanishi mumkin. Xuddi shunday natija majburiy ishchi vaziyatida uzoq yillar bir xil mehnat qilish jarayonida ham namoyon bo’lishi mumkin.
    Bunday kasalliklarning oldini olish uchun sog’lomlashtirish- profilaktika gimnastika mashqlari majmuasidan foydalanish zarur va u quyidagi asosiy masalalarni yechishga xizmat qiladi:
    a) organizmni umumiy mustahkamlash hisobiga noqulay mehnat sharoitlariga moslanuvchanlik darajasini oshirish, organizmning nomaxsus himoyasi - immunologik xossalari va funksional imkoniyatlarini oshirish;
    b) kasb kasalliklari va funksional buzilishlarni profilaktika qilish;
    v) o’zgarishga uchragan funksional tizimlarning tiklanish vaqtini qisqartirish.
    Cho’zilish mashqlari mehnat jarayonida statik kuchlanish sababli mushaklar, bog’lamlar, paylarning qisqarishi natijasida buzilgan bo’g’inlarda harakatchanlikni tiklash uchun qo’llaniladi. Bo’shashish mashqlari organizmda qon va limfa aylanishini yaxshilab, karbonat angidrid gazining chiqarilish jarayonini, charchoqning bartaraf etilishini yanada tezlashtiradi. Izometrik mashqlar mushaklar atrofiyasining oldini olib, lokal ta’sir ko’rsatishga imkon beradi.
    Kuch va tezlik-kuch mashqlari umumiy mustahkamlash ta'siridan tashqari yana kichik sohada ham ta'sir ko’rsatadi. Ulardan qon aylanishini yaxshilash, modda almashinuvini kuchaytirish, sarflangan kuchni va mushaklar qisqarishi tezligini tiklashda foydalaniladi. Shu bilan birga, ular nafas olish tizimiga
    ahamiyatli ta’sir o’tkazadi.
    Korreksiyalovchi mashqlardan umurtqa pog’onasi, ko’krak qafasi, tovondagi turli deformatsiyalarni to’g’rilashda foydalaniladi. Lokal ta'sir ko’rsatuvchi va ma'lum dastlabki holatda bajariluvchi bunday harakatlarda kuchlanish bilan cho’zilish birlashtiriladi. Masalan, bukrilikni yelka bo’g’imlarida aylanma harakatlarni, ko’krak mushaklarini kengaytiruvchi va yelka mushaklarini mustahkamlovchi mashqlarini bajarish orqali to’g’rilash mumkin. Tebranuvchi asbob bilan ishlashda koordinatsiyani, tezkorlikni, aniqlikni, ritmikani tiklash uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar bilan bir qatorda barmoqlar harakatlari koordinatsiyasiga yo’naltirilgan maxsus mashqlar ham qo’llanadi.
    Harakatlarni koordinatsiyalash mashqlaridan mehnat ritmi va sur'atini tiklash, shuningdek, ishga kirishishda optimal holatni yaratish uchun foydalaniladi.
    Muvozanatni saqlash mashqlari vestibulyar apparat faoliyatini yaxshilashga, to’g’ri gavda tuzilishini tarbiyalashga xizmat qiladi, shuningdek, trofik va vegetativ reflekslarni kuchaytiradi hamda tiklaydi.
    Ishdan keyingi tiklanish - profilaktika gimnastikasi uslubiyatchi- yo’riqchi rahbarligida guruhli usulda yoki individual o’tkaziladi. Mashg’ulot davomida yuklama sekin-asta oshirib boriladi, mashg’ulot o’rtasiga kelganda yuklama maksimumga yetadi va keyinchalik asta-sekinlik bilan ayrim mashqlarni takrorlashlar sonini, sur’atini, amplitudasini, mashqlar murakkabligini, mushaklardagi kuchlanish darajasini o’zgartirish hisobiga kamaytiriladi. Majmua 12-14 ta mashqdan iborat bo’ladi, maxsus va umumrivojlantiruvchi mashqlar hajmining nisbati 1:2 yoki 1:3 bo’lishi kerak.
    Changli havo, ortiqcha gazlashgan shart-sharoitlarda ishlaydiganlar uchun o’tkaziladigan sog’lomlashtirish-profilaktika gimnastikasida maxsus nafas olish mashqlarini qo’llash kerak. Shu bilan birga, nafas olish chuqur nafas olish hisobiga to’liq bo’lishiga e'tiborni qaratish kerak.
    Turli xil kasalliklarning rivojlanishining oldini olish maqsadida jismoniy mashqlar bilan bir qatorda sog’lomlashtirish tadbirlarining butun bir majmuasi tavsiya etiladi. Tushlik tanaffusdan oldin issiq vanna qabul qilish yoki maxsus qurilmalarda qo’llarni issiq havo bilan isitish lozim. Shu bilan bir vaqtni o’zida qo’llarning panjalarini artish, barmoqlarni siqish, yoyish,yig’ish va rostlash lozim. Ish tugagandan keyin dush qabul qilish, maxsus sog’lomlashtirish- profilaktika gimnastikasi majmuasini va o’z-o’zini uqalashni bajarish kerak.

    Download 132,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 132,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishdan keyingi tiklanishga yo’naltirilgan jismoniy tarbiya

    Download 132,5 Kb.