|
Sportchining jismoniy texnik va taktik tayyorgarligi
|
bet | 6/7 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 26,6 Kb. | | #143966 |
Bog'liq Jismoniy tarbiyaning metodik prinsiplari3. Sportchining jismoniy texnik va taktik tayyorgarligi
Sport mashguloti ikki yo’nalishni; umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) jarayonini tarkiban birlashtiradi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) jarayonida organlar, sistemalar va funktsiyalarni umumiy rivojlantirish asosida sport ixtisosligiga mavjud shart-sharoitlarni yaratadi, kengaytiradi, shuningdek, uning turli xil harakat, ko’nikma va malakalarining munosabatlarini boyitadi.
Maxsus tayyorgarlik esa, muayyan sport turi uchun – xos bo’lgan sifat va qobiliyatlarni rivojlantirishni ta’minlaydi, shuningdek, unga xos texnik va taktik bilim va malakalar bilan qurollantiradi.
Umumiy tayyorgarlikni ham, maxsus tayyorgarlikni ham, mashgulot jarayonidan olib tashlab yoki birini ikkinchisi bilan almashtirib bo’lmaydi. Chunki umumiy va maxsus tayyor-garlikning orasida o’zaro uzviy bogliqlik mavjud. Ularning o’rtasidan chegara o’tkazish mumkin emas. Ayrim mutaxassislar shunga tayanib, sport trenirovkasining bu jihatlarini ajrat-maslikni taklif qiladilar. Bizning fikrimizcha esa umumiy va maxsus tayyorgarlik o’zining xususiy funktsiyalari, vosita-lari, usullari va shuningdek, mashgulot jarayonlari bilan birmuncha farq qiladi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik sport ixtisosining muhim omilidir, umumiy jismoniy tayyorgarlik esa sportchi rivojlanishining u yoki bu tomonlari orasidagi turli xil aloqalar orqali ixtisoslashish jarayoniga bilvosita ta’sir qiluvchi omildir.
Sportchining umumiy tayyorgarligi ixtisosligi xususiyatlarini ham aks ettirishi lozim. Chunki, alohida jismoniy mashqlar davomida ijobiy va shuningdek, salbiy ta’sirlar uchrab, umumiy tayyorgarlik har xil sport turlarida bir xil bo’lishini cheklab turadi.
Ko’rganimizdek, umumiy tayyorgarlik har xil sport turlarida turlicha bo’ladi, ammo uni maxsus tayyorgarlik bilan aralashtirib bo’lmaydi.
Umumiy va maxsus tayyorgarlik sport trenirovkasida har doim, ko’p yillar davomida amalga oshiriladigan uzluksiz jarayon: qator mualliflar sportchining mahorati ortib borishi bilan umumiy jismoniy tayyorgarlik mashgullarining soni va unga ajratiladigan vaqtni kamaytirish kerak deb ishontirishga urinadilar. UJTning hajmi unga ajratiladigan vaqtni kamaytirish hisobiga emas, balki maxsus jismoniy tayyorgarlik ustida ko’proq ishlash hisobiga qisqartilishi kerak. Mashgulot turkumlarida UJT va MJTning o’zaro munosabatiga kelsak, u quyidagicha ifodalanadi.
Xulosa
Ma`lumki, mavjud jamiyatda yashaydigan har bir shaxs har tomonlama rivojlangan bo`lishi lozim, afsuski, kishilar o`zida ruxiy, ma`naviy va jismoniy sifatlarni mujassamlashtirgan xolda tugilmaydilar.
Bu sifatlarni kamol topishi, usha ijtimoiy sharoitga va mavjud madaniyat tizimiga bog`liq. Jismoniy madaniyat esa madaniyatning boshqa tomonlari ichida muhimlaridan biridir. Ijtimoiy muhit har tomonlama garmonik rivojlanishni, inson or ganlari va sistemalarining biologik rivojini har doim va har yerda ichki talab tarzida ifodalaydi.
Shuning uchun ham inson madaniyatsida qo`llaniladigan har qanday tar biyaning turli shakllari jismoniy madaniyat jarayoni bilan ilojsiz boglangandir. Busiz har tomonlama garmonik madaniyat amalga oshmaydi. Jismoniy madaniyatning boshqa madaniyat turlari bilan bog`liqligini dialek tik materialistik falsafa va tabiiy - ilmiy fanlarning ochiq munozara si fandagi usha eski baxsni hozir ham davom ettirishga urinuvchilar mavjud bo`lib, odam tanasining tashqi ko`rinishi va uning funksiyasiga tashqi ta`sir bilan o`zgartirish kiritish mumkin emas deb, madaniyatning rolini inkor etadilar.
Jismoniy madaniyat jarayoni qonuniyatlaridagina har tomonlama jis monan garmonik rivojlanishini yulga kuya olishni mumkunligi ilmiy asoslangan. Kishining ruxiy, ma`naviy qobiliyatini usishga eng avval usha ijti moiy sharoit, so`ngra esa insonni o`zning muhitni o`zgartirish yoki uni o`z gartirish uchun olib borilgan faoliyati rol uynashligini I.M. Sechenov va I.P. Pavlovlarnig tabiiy fanlardagi dunyoqarashi allaqachon lar ilmiy va amaliy isbotlangan. Inson organizmining tashqi muhit bilan aloqasida shartli reflekslarning moxiyati katta ekanligini, jismoniy ham psixik faoliyat, bosh miya pustlok qismiida sodir bo`ladi gan vaqtli aloqa orqali sodir bo`lishligining amaliy shoxidimiz. Ular ta`lim va madaniyat jarayonini kishilarda qator "uzun shartli reflekslarni xosil qilish" deb tushuntirdilar.
Jamiyat talabiga muvofiq ravishda, shartli refleks aloqalarini yaratish shaxsnig faqat ma`naviy shakllanishigagina emas, balki jismoniy jixatdan fiziologik poydevor bo`lishi mumkin ekanligini isbotladilar
|
| |