Jismoniy tarbiya darslarida Pulsometriyani o`tkazish




Download 194 Kb.
bet6/7
Sana20.01.2024
Hajmi194 Kb.
#141967
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat olib borish

2.2 Jismoniy tarbiya darslarida Pulsometriyani o`tkazish
Darsning umumiy zichligini hisoblashda dars uchun ajratilgan 45 daqiqa 100 foiz deb olinadi. Masalan: 42 daqiqa sarflanga bo'lsa, hisob qo'yidagicha yechiladi: 45 daqiqa - 100 % 42 daqiqa - X % bundan X= 42x100/45=93.3% Bizning misolimizda darsning umumiy zichligi 93,3 %ni tashkil qiladi. Jismoniy maqshlar bajariladigan mashqlarda motor zichlik maxsus ko'rsatkich bo'lib hisoblanadi. 5Masalan harakatlarni bajarishga 20 daqiqa sarflangan bo'lsa, hisob qo'ydagicha yechiladi: 45 daqiqa - 100 % 20 daqika - X % bundan X= 20x100/45=44.4% Bizning misolimizda darsning umumiy zichligi 44,4% ni tashkil qiladi. Darsning umumiy va motor zichligini aniqlagandan keyin uni taxlil qilish kerak. Umumiy zichlikning eng yuqori bahosi 45 daqiqaning hammasi to'g'ri va aniq ishlatilishidir. Motor zichlikni optimal darajasi katta iki kichkinaligi bir qancha faktorlarga izish darsini vazifaga, mashg'ulotni material tomonidan ta'minlangaligiga bog'liq. Masalan: darsniig vazifasi o'quvchilarni ularga yangi bo'lgan harakat bilan tanishtirish bo'lsa, shu harakatni yaxshiligiga va alohida elemetlarni bajarish usullarini tushuntirish diafilьm va kinodasturlarni ko'rsatish mumkin bo'lgan tabiy holda o'rganish. "Takomillashtirish" darslaridagiga qaraganda motor zichlik kichik bo'ladi. Hozirgi vaqtda jismoniy tarbiya darslaridagi optimal zichlik IV-Vsinflarda 37-47 %, VI-VII sinflarda 50-60 % yuqori sinflarda 70 % tashkil qilish kerak. Shu bilan birga qo'ydagilarni hisobga olish shart.
Jismoniy tarbiya darslarida pulsometriya olib borishdan, ya'ni tomir urishini o’lchashdan asosiy maqsad darsdagi yuklamaning o’quvchilar yoshiga, tayyorgarligiga, mashg’ulot o’tkaziladigan joy sharoitiga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Pulsometriya ma'lumotlarini to’g’ri tahlil qila bilish esa talabalarga keyinchalik o’z harakatlarini ob'ektiv baholash, har bir sinf uchun yuklamalami to’g’ri rejalashtirish, boshqarish usullanni egallashga yordam beradi.
Kuzatuv sekundomer yordamida bir o’quvchi ustida olib boriladi. Buning uchun o’qituvchining topshiriqlarini faol bajaradigan o’quvchi tanlab olinadi. Ushbu o’quvchi kuzatuv ob'ekti haqida oldindan ogohlantirilishi kerak.
Puls birinchi bor darsga qo’ng’irok chalinishiga 5 daqiqa qolganda o’lchanadi. Bunda kuzatuvchi kuzatiluvchi o’quvchining tinch holatda, ya'ni uning puls ko’rsatkichi me'yor holatida ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak.
“Puls” so’zi lotinchadan taijima qilinganda “turtki” ma'nosini berib, tomir urishi, yurak qisqarishi natijasida qon tomirlarinmg ritmik tebranishi, kengayib-torayishi demakdir.
Puls asosan bilakning ichki yuzasida, bilak arteriyasi sohasida aniqlanadi. Buning uchun tekshiriluvchining bilak bo’g’imi qo’l bilan shunday ushlanadiki, bosh barmoq bilakning ichki tomonida, boshqa barmoqlar bilan esa uning yuzidagi urib turuvchi bilak arteriyachasi paypaslab topilib, bir oz bosiladi. Puls 10 sekund mobaynida o’lchanadiTomir urishini quyidagicha o’lchash tavsiya etiladi:

  1. Agar ish doimiy xususiyatga ega bo’lsa. saflanish, yugurish, umumrivojlantiruvchi mashqlar va h.k. orasida har 3 daqiqada, 3 daqiqadan kam oraliqda tomir urishini o’lchash maqsadga muvofiq emas, chunki o’quvchini tomir urishini o’lchash uchun tez-tez jalb etish darsdagi haqiqiy yuklamani aniqlashga yordam bermaydi.

  2. Darsning har bir qismi tugaganidan so’ng.

  3. Katta kuchlanishni talab etadigan yugurish, gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlar, yugurib kelib sakrash, estafeta bosqichini tugatish va h.k., murakkab mashqlami bajargandan so’ng.

Olingan ma'lumotlami hisoblashda 10 sekunddagi tomir urishining natijasini oltiga ko’paytirib, bayonnomaning beshinchi ustuniga, uning foizlardagi (%) o’zgarishini oltinchi ustuniga yoziladi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi. Dastlabki tinch holatda o’lchangan tomir urishi 100 % deb olinadi. Ikkinchi marta o’lchangan tomir urishining dastlabkisiga nisbatan necha foiz oshganligini amqlash uchun nisbat tuzilib, ishlanadi. Masalan: bayonnomadagi tinch holatda o’lchangan tomir urishi 1 daqiqada 90 marta, ikkinchisida 103 marta bo’lsin.
Shunga qarab nisbat tuziladi:
90- 100% 103x100
103-X X= =114,4%. 90
Uchinchisida 108 marta bo’lsa, yana nisbat tuzamiz:
108x100 90 - 100% X= =120% vah.k. 108-X 90
Yuqoridagi vazifalar bajarilganidan so’ng, olingan ma'lumotlar asosida tomir urishining egri chiziqli chizmasi chiziladi.
Yuqoridagi hujjatlarga asoslanib, oxirida darsdagi yuklamaning yozma tahlili bajariladi. Bunda quyidagilar yoritilishi kerak: darsning vazifalari, darsning turi, o’quvchilaming darsgacha bo’lgan faoliyati. Dars davomida tomir urishining o’zgarishi va uning sabablari, darsning alohida bir qismida va butun dars davomidagi og’irlikning maqsadga muvofiqligi. Darsning oxiridagi tomir urishi soni va uning jismoniy tarbiya darsidan keyin daqiqa davomida tiklanishi. Tahlil yakunida kuzatuvchi o’quvchilaming darsdagi yuklamasi bo’yicha o’zining mulohazalarini, takliflarini yozishi kerakTomir urishini o’lchash bayonnomasi, tomir urishining egri chiziqli chizmasi va olingan ma'lumotlaming tahlili qo’shilgan holda bir butun hujjatni tashkil etadi.


XULOSA
Yuqorida ko'rsatilaitganlardan tashqari pedagog tomonida dars vaqtini samarali o'tkazish maqsadida tashkil qilingan sport snaryadlarni oldindan qo'lay joydan o'rnatilganligini ommaviy inventarlardan mashq bajarishda unumli foydalanganligini dars zichligini maqsadga muvofiq o'rgatish uchun tashkil qilish metodikalaridan foydalan-ganligini o'quvchilarni qayta saflashlarga ketgan vaqtni ham baholash shart. Dars zichligini taxlil qilishda uning ko'rsatgichiga ta'sir ko'rsatgan hamma omillarni aniq bain qilish kerak. Toshkeng shaxridagi № maktabning sinfda praktikant-talaba tomonidan o'tkazilgan darsda xronometraj olib borish. Darsning bu qismida o'qituvchining aybi bilan ijobiy ishlatilmagan vaqt 7,1% ni tashkil qiladi. Bu esa o'qituvchining darsini aniq tashkil qila olmaganligi, oldindan yaxshi tayirlanmaganligi, va o'qituvchilar uchun sharoitini yaxshi emasligi natijasidir. Bu qismdagi motor ziichligining yuqori darajasi, mashqlarni bajarishda o'quvchilar bilan frotal tashkil qilish metodidan foydalanganligidan va tayirgarlik mashqlaridan unumli foydalanishidandir.
Shu bilan qayd qilsh kerakki, darsda ishlatilaitgan tayirgarlik mashqlari buyruq va qisqa bir marotaba tushuntirish bilan qo'shib olib boriladi. Shunga qaramasdan o'qituvchi dars tuzilishini buzdi. Chunki, darsning tayirgarlik qismi aslida 20% ni tashkil qilishi kerak bo'lsa, bu darsda esa 30%dan ko'proqni tashkil etdi. Tayirgarlik qismida tanlangan umumtayirgarlik va maxsus mashqlarni sinchiklab qarash natijasida 6-7, 8-9 mashqlar darsning tayirgarlik qismi uchun mashqlarni to'g'ri tanlangan deyish mumkin. Darsning asosoiy qismi uchun 28 daqiqa 15 soniya vaqt ketdi. Umumiy zichlik 39,7% ni tashkil qildi. Bu esa nisbatan kamdir. Buning sababi, dars sistemasining mantiqiy aniq tuzilmaganligi, o'qituvchining darsga yetarli darajada tayirlangaligidadir.
Darsning asosiy qismiga motor zichligi 54,6% nitashkil qildi. Bu esa yuqori natija bo'lishiga qaramasdan: past turnikda va akrobatika mashqlarini bajarishda o'quvchilar 4 martadan shu mashqlarni qayta bajarishgan, vaholanki mashqni o'quvchi 8-12 marotabadantakrorlashi kerak edi. Asosiy qismning motor zichligi bu yerda faqatgina «botqoqlikdan o'tish» harakatli o'yini hisobigagina ko'tarilgan. Shuning uchun past turnikda bajarilgan zachet kombinatsiyasiga 50 daqiqa, 35 soniya akrobatik mashqlar orqali koordinatsiya qobiliyatlarini tarbiyalyashga esa 9 daqiqa 55 soniya vaqt sarflangan bo'lsada o'quvchilarning harakatda bo'lgan vaqti 2-5 daqiqida 35 soniyani tashkil qilgan. Bu esa darsni oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarishga, o'qituvchi to'g'ri indoshganini, ya'ni bir vazifaga kam boshqasiga esa ko'p vaqt sarflanganini ko'rsatadi. Bundan tashqari haraktli o'yin o'quvchilarni saflashda intizomini buzilishi, ko'p vaqtni sarflanishiga sabab bo'ldi. Darsning yakunlovchi qismida umumiy zichlik +100% ni, motor zichligi esa 83,5 % ni tashkil qiladi. Bu qismida motor zichligining yuqoriligini yurish va saf mashqlarining hisobiga oshgan bo'lsada, yuklamani pasaytirishga qaratilgan. Dars konspektida yakunlovchi qismiga 3-5 daqiqa rejalashtirilgan, haqiqatda esa 2 daqiqa 45 soniya sarf qilindi, bu mashqlarning ketma-ketligini noto'g'ri joylashganligidandir.
Dars oldiga qo'yilgan vazifalarning 2 tasi: past turnikda zachet kombinatsiyalarni takrorlash, akrobatik mashqlar orqali koordinatsiya qobiliyatlarini tarbiyalash to'liqligicha amal oshirilmadi. Darsning ketma-ketligi va shu darsga tayirlanishda bir yillik rejadagi jismoniy yuklamaning dinimikasi hisobga olimaganligi, o'quvchilarni tashkil qilishda qo'pol hatolarga yo'l qo'yilganligi, shu darsga puxta tayirlanmaganlikni, o'z tajribasiga ishonb xatolarga yo'l qo'yganligini ko'rsatadi. Darsning asosiy qismida, asosiy inventarlardan tashqari, qo'shimcha mashqlar tizimidan hamda standart bo'lmagan enventarlardan foydalanish tavsiya qilinadi


Download 194 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 194 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jismoniy tarbiya darslarida Pulsometriyani o`tkazish

Download 194 Kb.