|
Jismoniy tarbiya darslarida tahlil va ularning mohiyati va
|
bet | 4/7 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 194 Kb. | | #141967 |
Bog'liq Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat olib borish1.2 Jismoniy tarbiya darslarida tahlil va ularning mohiyati va
ahamiyati
O'quvchilarning darsga o' vaqtida tayirlanishi, ularning darsga, ayrim topshiriqlarni bajarishga munosabati. Shaxsning faollik, onglilik va tashabbuskorlik ko'rsatishi. Ko'rsatilgan natijalarni nazorat qilishga, qiyinchiliklarni yengishga bo'lgan bardoshligi. O'quv-tarbiya ishlarining mazmuni va natijasidan o'quvchilarning qoniqishi iki qoniqmasligi, ularning emotsional holati. O'quvchilarning bir-biriga irdam berishi, ularning o'qituvchiga bo'lgan munosabati. Navbatchi va guruh boshliqlarining o'z burchlarini kanday bajarganliklari, kamchiliklari va yutuqlari. Darsning o'rgatuvchanlik qiymati. Darsning tarbiyaviy qiymati. Darsning sog'lomlashtirish qiymati. O'qituvchi faoliyatining ijobiy va salbiy tomonlari.
Maktab ishidagi bolalar bilan o'tkazilgan jismoniy tarbiya darslaridagi vazifalarni amalga oshirish, ilmiy asosda tuzilgan va uslubiy jihatdan puxta tayirlangan konspektiga bog'liq. Jismoniy tarbiya darslarida tarbiya, sog'lmlashtirish va o'rgatish vazifalari bir-biriga bog'langan holda hal qilinadi. Shuning uchun o'qituvchi darsni oldiga aniq maqsadlar qo'yishda jismoniy tarbiya sistemasining umumiy vazifalariga amal qilgan holda aniqlaydi.2 Dars vazifalarini, mashg'ulot o'tkazish joyini va darsga tegishli jixoz- anjomlarni belgilagandan so'ng dars mazmunini aniqlaydi. Dars mazmunini aniqlashda, darsning asosiy qismiga ta'luqli mashqlarni, so'ngra tayirgarlik va yakunlovchi qism mashqlarni tanlash maqsadga muvofiqdir. Tashkiliy uslubiy ko'rsatmalar darsda qo'llaniladigan vositalardan to'liqroq foydalanish va shu bilan birga o'quvchilar tarbiyasini maqsadga muvofiq hal etish uchun tanlanadi. Konspektning tashkiliy uslubiy bo'limiga: - darsni maqsadga muvofiq taxlil etish; - shug'ullanuvchi faoliyatini darsda tashkil etish uslublari; - o'rgatish va tarbiyalashning uslub va uslubiy usullari; - darsning o'tkazish sharoitlari iziladi. Dars tugashdan so'ng o'qituvchi o'tkazilgan dars bo'yicha ushbu konspektga qisqacha o'z mulohazalarini izish kerak.
Dars konespekti maktabda jismoniy tarbiya sohasida o'quv ishlarini rejalashtirishning aniq hujjati bo'lib, o'qituvchi tomonidan har bir sinfga iki paralel sinflarga tuziladi. Darsga konespekt tuzishda eng kerakli asosiy va irdamchi vazifalarni aniq va uslubiy tomondan asoslangan holda ifoda qilishdir. Dars oldiga qo'yiladigan vazifalarni o'qituvchi o'ziga buyruq sifatida belgilaydi. Shuning uchun vazifalar buyruq ma'nosida ifoda qilinadi. Dars oldiga qo'yiladigan vazifalarni bir-biriga bog'langan holda hal qilinadi. Bular o'quv materiali, har darslik ishlashga asoslanib belgilanadi va o'rgatish tamoyillari hamda o'tkazilgan darsni natijalariga qarab aniqlashtirilib shu dars bajariladigan qilib ifodalanadi. Jismoniy tarbiya o'qituvchilari dars oldiga aniq vazifalar qo'yishda, jismoniy tarbiya tizimining umumiy vazifalariga rahbarlik qilgan holda qo'ydagilarni: O'qituvchilar oldingi darslarni qanday o'zlashtirirganliklarini;
Tarbiyaviy vazifalar Axloqiy, irodaviy va estetik sifatlarning tarbiyalash darsning hamma qismlarida hal etiladi. O'qituvchi o'rgatish bilan bir vaqtda tarbiyalaydi ham. U darsning har bir daqiqasida o'qituvchilar faoliyatiga kerakli yo'nalish beradi, o'quv jarainiga va bir-biriga bo'lgan munosabatning va xokozo bilan tashkil qiladi. Shuning uchun tarbiyaviy vazifalar, to'g'ridan- to'g'ri tushungan holda dars oldiga vazifalar tashlanadi ularning to'g'ri amalga oshirish kerak. Tarbiyalash bilan bog'liq vazifalarning quyidagicha ifodalash mumkin: Ovoz signaliga muvofiq harakat yo'nalishini o'zgartira bilishni tarbiyalash.
Yo'nalishni o'zgartirib yugurushda tezlikni tarbiyalash. Sinfdoshi mashq bajaraitganda uni kuzata bilishni va xatolarning aniqlash hamda shu xatolarning to'g'irlashga irdam bera olishni tarbiyalash. 4. O'rganilaitgan mashqlarning to'g'ri tushuna bili shva uni ijodiy tadbiq eta olishni tarbiyalash. 5. “Boy o'g'li ” o'yinida o'z xarakatlarini tez to'xtata bilish va ularning qaytadan tez tiklash ko'nikmalarini tarbiyalash. 6. Qarshilik bilan mashq bajarishda qo'l muskul kuchini tarbiyalash. Masalan;
1) Balanddan pastga sakrashda, qo'rqmaslikni tarbiyalash.
2) Berilgan asboblarga nisbatan batartib munosabatda bo'lishni tarbiyalash, 3) O'yin (nomi) jarinida mehnatsevarlikni va jamoaviylik xislatlarini tarbiyalash.
4) Darsdagi “qo'l va to'p ” o'yinida oddiy reaktsiya tezligini tarbiyalash.
Sog'lomlashtirish vazifalari Organizm funktsiyalarini umumiy va maxsus rivojlantirishga qaratilgan. Ma'lumki, shu darsda qo'yilgan vazifalarning natijalarini hal qilinishini aniqlash qiyin shuning uchun bu vazifalarni izishda “ta'sir ko'rsatish” iki irdamlashish degan so'z qo'shiladi. Masalan: nafas organlarini rivojlantirishga irdamlashish. Sog'liqni yaxshilash, jismoniy rivojlanish va maxsus jismoniy taiyrgarlik darsini oshirishda qo'llaniladigan vazifalar:
Masalan: To'g'ri qaddi-qomatni shakllantirish. Asosiy diqqatning qorin muskulariga qaratgan holda umumiy muskular ustida ishlanish davom ettirish va hokazo. O'rgatish (ta'lim) vazifalari. Shug'ullanuvchilarda ma'lum bilimlar, harakat ko'nikma va malakalari va ularni har xil sharoitlarda ishlata bilishga yo'naltirilgandir. O'rgatish vazifalairini ifodalashda qo'ydagilar e'tiborga olinadi. a) o'rgatishda texnikaning negizi; b)o'rganaitgan harakt faoliyatidagi texnikani asosiy zvenoga iki detallarni; v) shug'ullanuvchilarga bo'lgan jismoniy va psixik talablar darajasi. O'rgatish vazifasiga: 1) u iki bu bilan tanishtirish; 2) mustahkamlash va nazorat, normativlar qabul qilish va boshqalar kiradi. O'rgatish bosqichlarini ifodalash, pedagogik jarainni va o'rgatishni yetakchi uslublarini yo'nalishini aniqlaydi. Dars konspektida, takomillashtirish terminini ifoda qilish shart emas. Chunki darsda yechiladigan vazifalarni aniq hajmini bera olmaydi. Mazmuni bo'yicha bu termin harakatni iki gavda holatini qandaydir o'zgartiradi. Yoki umuman bajarish texnikasini yaxshilaydi deb taxmin qiladi. Lekin bu qaysi o'zgarish, shug'ullanuvchilar nima ustida aniq ishlashi kerakligi ma'lum emas. Masalan balandlikka perekat usulida sakrashni takomillashtirish.
Xuddi “O'rgatish zimmasiga o'xshab bunga ham tanishtirish ham mustahkamlashtiradi, lekin aniqroq qilish kerak?” Shunday qilib harakat faoliyatini takomillashtirish uzluksiz takrorlanadigan o'rgatish fazalari tanishtirish o'rgatish va mustahkamlashdan iboratdir. Mashq shu aniq bosqichlarni dars konspektiga izish kerak. O'rgatilaitgan harakat faoliyatini texnikasini zvenosi va detallari deb shu harakatni tashkil qiladigan qismlariga aytiladi. Bularga: Dastlabki holat, shaxsiy harakt va oxirgi holatlari kiradi. Masalan, sakrashda depsinish uchun yerga tushish, shu sakrashda harakat texnikasining detallariga depsinish uchun depsinish o'rniga yerga tushish. Shu vaqtda harakat texnikasining detallariga yugurib kelish, depsinish burchagi, kuchlanish darajasi, qo'l va oiq harakatlarini bir-biriga kelishish kiradi. Harakat faoliyatidagi texnika zvenosini aniqlash shug'ullanuvchilar diqqatini ma'lum detallarga uyg'unlashtirib, shu bilan birga o'zlashtirishni yengillashtiradi. Harakat o'rgatishda uni hamma qismini qamrab olish. Pedagogik talab “Hammasi oqibatida hech narsa”ga ziddir. Bu talab harakat faoliyatini bajarishda yaxlitligicha o'rgatish me'iriga zid bo'lmaydi, chunki bunda o'quvchilarning diqqati hamma vaqt uni ma'lum qismi iki detaliga yo'naltirilgan bo'ladi. Shug'ullanuvchilarning diqqatini pedagogik qoida: oddiydan – murakkabga, birinchi navbatdagidan, ikkinchi navbatdagiga uchichi navbatdagiga va hokozo bo'yicha oshirish kerak. Harakat foliyatiga o'rganaitgan vaqtda, texnika va sifatlarni hisobga olib, shug'ullanuvchilarning kuchlanishiga shu vazifalarni ochishga qaratiladi. Ko'pchilik balandlikka sakrolsa, depsinish uchun shunchalik jismoniy kuchlanish, yugurush vaqtidagi uzoq vaqida muskullarni bo'shatish va boshqalar talab qilinadi. Boshqacha ayitganda sakrashlarda balandlik va uzunligimiz, yugurushda esa masofa va shiddatni iki bosib o'tish vaqtni, muvazanat saqlash mashqlarida brevnoning balandligini va h.k. Shunday qilib, o'rgatish vazifalarida o'rgatish bosqichlari o'rgatilaitgan faoliyat texnika zvenosini aniqlash, aynan shu vaqida diqqatni nimaga qaratish va kuchlanish darajasini ifoda qilish kerak. Darsda o'rgatish vazifalarini zamonaviy ifodalari: 110 sm. balandlikdagi konni enidan, bukib sakrashda qo'l bilan tez itarib o'tishni o'rgatish; cho'kalab turgan joydan kichik koptokni uloqtirishni o'rgatish va 5 m masofada aniq nishonga tekkan uloqtiruvchilarni aniqlash; jarima to'pini savatga tashlash aniqligini oshirishga erishish; basketbolda 10 m masofadagi uchta to'siqdan to'pni olib o'tishni tekshirish; past startdagi “startga” “diqqat”, “Marsh” komandalarini faoliyati bilan tanishtirish. 3 m. balandlikdagi arqonga uch usulda tirmashib chiqishda qo'l va oiqlar harakatini bir - biriga bog'lab ishlashga o'rgatish va hakoza. Maktab darslarida izilgan konspeklarda noto'g'ri ifoda qilingan vazifalarga quyidagilar kiradi; - dastali arqondan sakrashni takomillashtirish; - akrobatika sakrashlarni takomillashtirish; - brevnoda muvozanatni saqlashni o'rgatish; - yugurub kelib granata uloqtirishga o'rgatish; Konspekda izilgan vazifalarni, ularni yechish uchun ishlatiladigan vositalar bilan almashtirib bo'lmaydi. Masalan, havodagi koptok o'yini “o'quvchilar o'yini” do'mboloq oshish muvozanat mashqlari brusьyadagi mashqlar kombinatsiyasi va hokozo. Shu bilan birga bu mashqlar nomi shu vosita bilan yechiladigan vazifani ochib bermaydi. Maьlumki mashqlarni natijasi, uni qaysi sharoitda, nima uchun bajariliitganiga bog'liq bo'ladi. Masalan, oldinga egilish mashqini to'g'ri yelka bilan sekin bajarganda, yelka muskularini rivojlantirishga irdam bersa, o'rta sur'atda qo'shimcha qimirlash va polga barmoqlari bilan tegishi egiluvchanlikni; o'rtacha sur'ata ko'p marta takrorlanganda chidamlikni taminlaydi va hokozo.
Bu misolda muskulni almashtirish shug'ullanuvchiga ko'rsatadigan ta'sirni o'zgartiradi. 100 m.ga yugurish 16-17 ishdagi jismoniy tarbiyalangan o'smir uchun tezkorlik va kuchni rivojlantirishga, 7-8 ishli bola uchun chidamlilikni rivojlantiradi. Harakatli o'yinlarni oldiga qo'yiladigan vazifalarni ifodalash ancha qiyinchilik tug'diradi. Chunki bular, tarbiyaviy o'rgatish va sog'lomlashtirish vazifalaridan kelib chiqib o'qituvchi tomonidan o'yining mazmuniga qarab aniqlanadi. Masalan, kuzatuvchilikni harakat reaktsiyasini, tezkorlik va aniq nishonga otishni rivojlantirishga irdamlashish, shuningdek ovchilar va o'rdaklar o'yinida jamoaviy ruhida tarbiyalash; harakat faoliyatini bajarish texnikasini olib o'ynaydi o'zining tutishga va ijodiy izlanishga tarbiyalash. Masalan: 1. Ikki taraflama basketbol o'yinida raqib qarshiligini yengish paytida qo'rqmaslikni, tez va aniq harakat qila olishlikni tarbiyalaydi. 2. Oldiga dumaloq oshishda o'z-o'zini himoya qilishni o'rgatish 3. 100 m. Yugurush musobaqasi bilan tanishtirish 4. Sakrash mobaynida muvozanatni saqlash va arqonga tirmashib chiqish malakalarini tekshirish. Dars oldiga qo'yiladigan vazifalarga xulosa qilib aytish mumkinki: a) aniq va aniq ifodalangan vazifa va mashqlarga bo'lgan o'rgatish jarainini tezlashtiradi; b) ayrim vazifalar bir darsda emas, balki bir nechta darslar davomida hal etilishi mumkin; v) dars oldiga 2-3 asosiy vazifa qo'yish tavsiya etiladi, shulardan biri o'rgatish, ikkinchisi takrorlash va uchinchisi tarbiyalash vazifalari iki mustahkamlash va bir o'rgatish vazifalari bo'lishi mumkin. 3
Bu albatta, har bir darslik ish rejasiga bog'liq. Ikkinchi darajali vazifalar esa dars davomida hal etiladi. Dars vazifalarini mashg'ulot o'tkazish joyini va darsga tegishli jixoz-anjomlar belgilangandan so'ng, dars mazmunini aniqlashga o'tilishi lozim. Dars mazmunini aniqlashda, avallo, darsning asosiy qismiga taalluqli mashqlarni so'ngra tayirgarlik va yakunlovchi qismi mashg'ulotlarni tanlash maqsadga muvofiq. Chunki dars oldiga qo'yilgan vazifalar darsning asosiy qismida xal etiladi. Darsning asosiy qism mazmunini ishlab chiqishda quyidagilarga; 1. Qo'laniladigan mashqlar o'qtuvchilarda mavjud bo'lgan ish harakat tajribasiga asoslanish; 2. Oldingi darsa o'tilgan material bilan ushbu darsda o'tiladigan mashqlar orasida o'zaro bog'lashni amalga oshirilishi; 3. Agar imkoniyat bo'lsa, mashqlarni qismlarga bo'lib o'rgatish kerakki, keyinchalik ularning bir butunga birlashtirish onson bo'ladi; 4. O'rgatiladigan mashqlarni tez o'zlashtirish uchun maxsus tayirgarlik va indashtiruvchi mashqlardan keng ko'lamda foydalanish lozim. Bu esa o'rganilaitgan mashqni tez o'zlashtirishga irdam beradi. 5. Asosiy qismga rejalashtirilgan harakatli o'yinlar, o'rganilish kerak bo'lgan mashqlar o'tib bo'lingandan so'ng o'tkaziladi. Bu o'yinlarda darsning asosiy qismida qo'llanilgan mashqlarni qo'llash; 6. Mashqlarnig organizimga tasiri bo'yicha almashtirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, osilishni tayanish bilan, sakrashning irg'itish bilan va hokozo. O'qituvchi darsning asosiy qismi mashqlari joylashtirib bo'lgandan so'ng tayirgarlik qism mashqlarni tanlashga o'tadi. Tayirgarlik so'ngi tayirgarlik qism mashqlarni shunday tanlash kerakki, bu mashqlar asosiy qism mashqlarining o'zlashtirishga irdam bersin, organizimni asosiy ishga tayirlansin.
Tashkiliy - uslubiy ko'rsatmalar (TMK) darsda qo'llaniladigan vositalardan to'laroq foydalanish va shu bilan birga o'qtuvchilar jismoniy tarbiyasini maqsadga muvofiq xal etish uchun tanlab olinadi. Konspketni “Tashkiliy – uslubiy ko'rsatmalar” bo'limiga darsni maqsadga muvofiq tashkil etish; shug'ullanuvchilarni darsga tashkil etishning uslublari; o'rgatish va tarbiyalashning uslub va uslubiy usulari; darsni o'tkazish sharoitlar iziladi. TMK tanlashda o'rganilaitgan mashqni, o'qituvchilarni mashqni, o'qituvchilarning jismoniy tayirgarligini xususiyatlarining e'tborga olish lozim. TMK tekistni har xil rasm va sxemalarda ham chizish mumkin.
Masalan: saflanish va qayta saflanishni o'quvchilarning mashg'ulot joylarini; asbob-anjomlarni joylashtirish va xokozo. Konspektda qo'llaniladigan TMKni 4 guruhga ajratish mumkin. 1. Darsni tashkil etish; 2. Darsni o'tkazish metodikasi; 3. Dars sharoiti; 4. Darsda o'tilganlarini hisobga olish. 1. Darsni tashkil etishga tegishli ko'rsatmalar dars davomida shug'ullanuvchilarni tashkil etish uslublarini frontal, guruhlarga bo'linib, individual, aylanma va ularni bajarish usularini birin-ketin sxema bilan asboblardan foydalanish tartibini, guruh boshliqlarining ishini va xakozolarni izishni taqazo etadi. Masalan: - ikki doiraga qayta saflash; - mashqni mustaqil bajarish; - dastlab guruh boshliqlarini saylagan holda sinf o'quvchilarini 6 gruppaga bo'lish; - burusьlarda, turnikda, arqonda aralash osilishlarni bir payitda ikkitadan o'quvchi bajaradi; - o'yining sudyaligiga darsdan ozod etilganlarni jalb etish va h.k. Yozuvlar sxematik ravishda amalga oshirilishi mumkin. Ikkinchi guruh ko'rsatmalariga darsni o'tkazish metodikasi kiradi. Bu yerda o'quvchi tomonidan qo'laniladigan o'rgatish va tarbiyalash metodlari va uslubiy usulari, darsda yuklamani tartibga solinishning uslubiy usulari, intizomni tiklash, jamoada o'zini tuta bilishni tarbiyalovchi, jamoatchi yo'riqchilik va sport turi bo'yicha sudiyalik malakalariga o'rgatishning usulari iziladi. Masalan: - qisimlarda (bo'lak) bo'lib o'rgatish; - mashqni bajarishni tushuntirib, terminologiya asosida bajarilishini talab etish; -shug'ullanuvchilar diqqatini mashq texnikasi qaysi xarakteristikalarga yo'nalish, amplitudasi, tezligi, kuchlanish darajasi, temperamenti va xakozolarni qaratish kerak; -o'yin qoidasini, musobaqani, mashq bajarishni qaysi tomonlarga e'tiborni kuchaytirish lozim; -qaysi hollarda shug'ullanuvchilarni sudьyalikka, irdam berishga jalb etish mumkin; -shug'ullanuvchilarga in tomon bilan turib ko'rsatish; -“4” hisobni o'quvchilar bir ovozdan aytadilar; -mashqlarni ko'zini yumib bajarish; -mashqni 4 marta bajargandan so'ng o'quvchilarni o'ng tomonga burish va mashqni davom etirish; -o'yinda charchagan o'quvchilar uchun dam olishlariga ikki kichik doira chizish; -ikki minut o'yindan so'ng o'quvchilarni joyida yurg'izish; -yakuni past ovoz bilan olib borib, tinchilika erishish; -qizil bayroqa ko'tarish signalini joriy etish, signal berganda xar bir o'quvchi o'z joyida to'xtab qoladi; -har bir navbat bilan irdam qiladi, straxovkani baxolash; -kuzataitgan o'quvchi o'z o'rtog'ining iniga keladi va xatosini ko'rsatadi; -to'rtinchi mashqni ta'sirini o'quvchilarga bain etish straxovkasi. 3. Dars sharoitida mashg'ulot joyini tayinlash bo'yicha qanday ishlar qilinishi va kim bajarishi, keyingi darsga nimalar tayirlanishini, baxtsiz hollarning oldini olish uchun qanday tadbirlarni bajarilishi kerakligi ko'rsatiladi. Masalan: - navbatchi o'quvchi o'z oldindan o'tuvchiga navbatma-navbat gimnastika taiqchalarini tarqatadi; - navbatchilar tanaffus vaqtida uzunlikka sakrash joyini yumshatadilar va o'yin uchun 10 dona basketbol to'pini maydonga olib chiqdalar; - kelasi darsga qum solgan xaltaga tayirlashni vazifa qilib topshirish (qandayligini ko'rsatish); - har gruppadan 4 tadan kishi o'z gruppasi uchun gimnastik to'shaklarni olib keladi; - irg'itish joyini tayirlashni ikki o'quvchiga topshirish; - to'plarni tayirgarligini darsgacha tekshirishni sinf orizrgiga yuklash. 4. Dars jarayonida o'tilganlarni hisobga olish O'zgartirilgan materialni o'quvchilar tomonidan qay darajada o'zlashtirilgan materialni tekshirib ko'rish bilan bog'liq bo'lgan ko'rsatmalar iziladi. (Tekshirishni mashq bajarish jarainida, ayrim o'quvchini chiqarish, hamma o'quvchilardan o'quv norma va talablarni qabul etish, musobaqa o'tkazish va bilet savollariga javob olish yo'llari bilan amalga oshirish mumkin). Masalan; -3-4 o'quvchining raport berishini baholash; -o'quv normasini qabul etishda, mashq bajarish texnikasiga va natijasiga qo'yilgan bahoni e'lon etish; -ertalabki gigiyenik gimnasitka komponentini bajarishda, a'lo bajargan 3-4 o'quvchini baholash; -guruh boshliqlarining faoliyatini baholash; -navbat bilan mashq bajarishda, bir - birlarining mashq bajarishini ballarda baholash va xatolarni tuzatish yo'llarini ko'rsatishni o'quvchilarga vazifa qilib topshirish. Eslatma: konspektni tashkiliy - uslubiy ko'rsatmalar bo'limiga mashqni texnikaga va gigiyenik omillarga doir ma'lum bo'lgan narsalarni izish tavsiya etilmaydi.
Masalan: -shug'ullanuvchilarning to'g'ri nafas olishni kuzatish; -to'g'ri qaddi-qomatni nazorat etish; -mashqning aniq bajarilishini kuzatish; -oiqni, gavdani, qo'lni to'g'ri ushlash iki bukmaslik kabi ko'rsatmalar; Dars konspektiga o'quvchi imzo chekishi kerak, chunki bu o'quv xujjati bo'lib hisoblanadi. Dars tugagandan so'ng dars o'tkazgan o'qituvchi o'tkazilgan dars bo'yicha ushbu konspektga qisqacha mulohazalarni izishi lozim. Bunda dars oldida qo'yilgan vazifalarni hal etilganligi, dars mobaynida kiritilgan o'zgartirishlar, yo'l qo'yilgan kamchiliklar intizom, shug'ullanuvchilarning darsga bo'lgan munosabatlari haqida fikr yuritilib, darsga xulosa qilinadi. Ushbu ayrim kamchiliklar navbatdagi konspektni izishda e'tiborga olish kerak. Jismoniy tarbiya darsining namunaviy konspekti sifatida Toshkent shahar, 19-o'rta maktabning 4-sinfi uchun tuzilgan konspektni tavsiya etamiz. Dars konspekti № Tasdiqlayman: “ ” 200 y Sinflar 4a, 4b O'tilish vaqti 5-6.11 Dars vazifalari: 1. Topshiriqda saf qadamini takrorlash. 2. Taiqcha bilan bajariladigan ertalabki gigenik gimnastika mashqlari kompleksini o'zlashtirish 3. Yakka cho'p va akrobatika kombinatsiyalari bilan tanitirish va o'rgata boshlash. 4.O'yinda diqqatni va kuzatuvchanlikni tarbiyalash. O'tish joyi: maktab sport zali Asbob va anjomlar: gimnastik ayoqchalar - 40 dona sinfdagi o'quvchilar soniga bog'liq, gimnastik to'shaklar- 10 dona va x.k.
Dars qismlar Mazmuni Miq-dorlash Tashkiliy-metodik ko'rsatmalar 1 2 3 4 1 Saflanish, raport , saolomlashish. Dars vazifalarini bain etish 1-1,5 2 Zalni aylanib yurishda 2 qadam orani ochish. Harakatdagi topshiriq 1-2 doira Mashqni bajarish va sakkiz hisobiga bajarish 3 1-7 saf qadami bilan yurish 8-oiqni juftlashtirish 3-4 4 1-4 joyda yugurish 5-6 orqaga burilish 7-8 orqaga burilish sekin tempda yugurish 1,5 min Yugurish vaqtida to'g'ri nafas olishni eslatish, yugurish to'xtaganda hisob tez sanalib, asta-sekin pasaytiriladi. 5 Oraliq va masofani 2 qadamdan qilib burilib 4 kolonnaga saflanish Qayta saflanishda kalonna va shiringalarga tekis turishga erishish. Navbatchilar inlaridan o'taitgan o'quvchilarga taiqlarni birin-ketin tarqatadilar. 6 Ertabliki gigiyenik gimnasvtika mashqlari kompleks D.x taiq pastda 1-2 oiq uchiga ko'tarilib, taiq yuqoriga ko'tarilib 3-4 D.x 4-martaHar-bir mashqda qaysi hisobga nafas olish, qaysiga esa nafas chiqarish kerakligini ogohlantirish.O'quvchilar bilan birgalikda bajarish. II D.X oiqlar kerilgan holda taiq bosh orqasida. 1-orqaga egashib unga burish taiq yuqoriga. 2- D.X 3- Xuddi shuning o'zi lekin boshqa tomonga 4-martaMashq oxirida 3-4 hisobga chapga qadam qo'yib, keyingi mashq bajarish uchun D.X. qabul qilish. III D.X Xuddi shuning o'zi. 1. Chap tomonga engashib, taiq yuqoriga. 2.D.X 3-Xuddi shuni ng o'zi, lekin boshqa tomonga D.X Xar qaysi tomonga 4- martadanBir vaqtning o'zida ko'rsatish, tushuntirish va bajarish usulini qo'llash.Mashqni oynasimon (teskari holda) ko'rsatish Guruh chapga egilishni bajaring: bir,ikki… IV D.X.- taiqni o'rta qismidan ushlab o'ng qo'l yuqorida orqada tik turish 1-2 oiq uchida cho'qqida o'tirish 3-4 turish. Xuddi shuning o'zi, lekin har hisobga bajarish.3-martaShug'ullanuvchilarga orqa bilan turib ko'rsatish V D.X o'tirish. Taiq oldinda 1-2 o'ng oiqni taiqdan o'tkazish. 5-8 xuddi shuning o'zi chap oiq bilan.
Har qaysi bo'lim alohida, to'liq va mazmunda taxlil qilinishi ham mumkin. Kuzatuvchining uslubiy tayirgarlini umumiy bahosi qo'yidagi ko'rsatkichlar asosida chiqarilishi mumkin. "A'lo" baho - dars o'kazish metodikasining hamma asosiy tomonlari taxlil qilingan bo'lsa, dars konspekti darsning tashkil etilishi, qo'llanilgan vositalar va o'rganish uslublari, o'rganish va tarbiyalanish printsiplarining amalga oshirilishi, pedagogning tarbiyaviy ishlari. Ko'ursatilgan tomonlarga bo'lgan xarakteristika to'liq, chuqur va har tomonlama bo'lishi kerak. Hamma narsa tegishli misollar bilan albatta tasdiqlanadi. Ko'rsatilgan kamchiliklarni yuqotish bo'yicha aniq takliflar va tavsiyalar beriladi.
Tavsiyalar real va bajarilishi qulay, hamma narsa yagona sistemaga kiritilgan bo'lishi kerak. "Yaxshi" baho - dars o'tkazish metodikasining hamma tomonlari taxlil qilingan, lekin ayrim bo'limlarning tahlili yetarli darajada to'liq bo'lmagan, tahlil qiluvchi o'z munosabatlarini ifoda etadi, misollar bilan tasdiqlaydi va kamchiliklarni yo'kotish bo'yicha aniq amaliy tavsiyanomalar beradi. "Qoniqarli" - darsning hamma tomonlari tahlil qilinmagan, lekin ayrim bo'limlarga xarakteristika berilgan holda, baho qo'yiladi5.
Tahlil qiluvchi darsdagi bo'lgan voqealarni qaytadan gapirishga harakat qiladi. Kamchiliklarni bartaraf etishga yetarli aniq amaliy tavsiyalar berilmaydi. "Qoniqarsiz" baho - darsga o'z bahosini va amaliy aniq irdam berishga harakat qilmasdan ko'rganlarini juda yuzaki, sistemasiz qayta ifoda etganida qo'yiladi. Jismoniy tarbiya darslari jarainida pedagogik nazorat olib borish hujjatlarining namunasi O'zbekistonda Davlat jismoniy madaniyat oligohi, pedagogika kulliiti III kurs talabalarining 2006-07 o'quv yilidagi pedagogik amaliiti davomida olingan ma'lumotlarga asoslangan. 210-maktabning 5-6 sinfida o'tkazilgan gimnastika darsining pedagogik tahlili. Darsga 30 o'quvchi qatanashdi. Dars vazifalari qo'yidagicha: Yakka cho'pda va tayanib sakrashda akrobatikadan va turnikda o'rganilgan mashqlarni takomillashtirish. Egiluvchanlikni tarbiyalash.
Mustaqillikni, dovyuraklikni, maqsadga intilishni tarbiyalash. Darsga tavsiya etilgan konspektda hamma vazifalar (o'rgatish, tarbiyalash va sog'lomlashgirish) bain etilgan. Lekin bu vazifalarning aniq bo'lmaganligi, ularnig dars jarainida hal etilishini qiyinlashtiradi. Masalan: birinchi vazifa, turnikda, akrobatikada, yakka cho'pda o'rganilgan kombinatsiyalarni takomillashtirish, sog'lomlashtirish vazifasi kuchni va egiluvchanlikni tarbiyalash aniq emas. Bu vazifalar dasturning butun bo'limini o'z ichiga oladi.
Bir darsda kuch va egiluvchanlikning hamma turlarini tarbiyalash mumkin emas. Buning o'rniga mashqlar irdamida mushak va gruppalarini kuchini iki egiluvchanligini tarbiyalash, deb izganda maqsadga muvofiq bo'lar edi. 5-sinf vazifalarida "takomillashtirish" so'zining qo'llanishi maqsadga muvofiq emas. Dars vazifalarini hal etish uchua vositalar tanlash ham yaxshi uylab chiqilmagan va tanlanmagan. Masalan, yakka cho'p va turikda faqat butunligicha bajarishi tavsiya etiladi, kuch va egiluvchanlikni tarbiyalash uchun faqat bittadan topshiriq berilgan xolos. O'quvchilarda mustaqillikni, qo'rqmaslikni va maqsadga intilishi o'qituvchi qanday uslub va vositalar bilan hal etilganligi konspektda ko'rsatilmagan. Dars kosnspektida uyga berilgan topshiriqlar izilmagan. Konspektni tashkiliy- uslubiy bo'limidaga ko'rsatmalar ko'proq o'quvchilarni darsda tashkil etishga tegishli bo'lib, darsni o'tish uslublariga va uslubiy usullariga taalluqli ko'rsatmalar esa kam. Dars konspekta yuqori saviyada izilgan bo'lib, uning tashqi ko'rinishi yaxshi bo'lishi kerak.
Mashg'ulot o'tkazish joyi, jixoz va anjomlarni joylashtirish masalalari ham yaxshi uylab chiqilmagan. Masalan, yakkacho'p va past-baland brus oldida gimnastik to'shaklar yo'q, zaldagi gimnastika skameykalari hisobga olib qo'yilmagan. Shu sababli, dars davomida o'quvchilar yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni to'zatishga majbur bo'ldilar. O'qituvchi va o'quvchilar tashqi ko'rinishi kishida yaxshi taassurot qoldiradi va gigiyena, estetika talablariga javob beradi, hamma o'quvchilar bir xil sport kiyimida. Darsga ajratilgan vaqt samarali taqsimlanmagan.6 Dars qo'ng'iroqdan 3 minut oldin tugallandi. Darsning tayirgarlik qismiga 12 minut, asosiy qismiga - 25 minut, yakunlovchi qismiga - 5 minut sarflandi. Dars qismlariga ajratilgan vaqtdan samarali foydalanilmaydi. Masalan, darsning tayirgarlik qismida gimnastika darsida bajariladigan faoliyatga maxsus funktsional tayirgarlikni ta'minlashi kerak bo'lgan umumrivojlantiruvchi mashqlar kompleksiga kam vaqt sarflangan holda, yugurish mashqlariga ko'p vaqt ajratildi.
Darsni asosiy qismida bajarilishi kerak bo'lgan mashqlarga ham vaqt bir xil taqsimlanmadi. Umuman, darsning mashg'ulot joyidan, qayta saflanish va bir mashg'ulot joyidan ikkinchisiga va h.k. o'tishlardan maqsadga muvofiq foydalanildi, lekin kamchilik kam bo'ldi. O'qituvchi o'z ish joyini har doim ham to'g'ri tanlay olmadi, gohida turnikda bajaruvchilarga orqasi bilan turdi. Darsda o'quv anjomlaridan yetarli foydalanilmadi. Masalan, past turnik va baland yakka cho'pda mashq bajarilganda navbat kutuvchilar ko'p bo'ldi. Shu anjomlarda mashq bajarilishining zichligini oshirish uchun gimnastik skameykalardan va past yakka cho'pdan foydalanilganda maqsadga muvofiq bo'lar edi. Darsning tayirgarlik qismida, o'quvchilarning faoliyatini tashkil etishda frontal uslubdan va mashqni bir paytda bajarish usulidan to'g'ri foydalanildi (ilonsimon yugurish; umumrivojlantiruvchi mashqlar kompleksi). Bu vaqtdan to'la foydalanishga, yetarli og'irlikni va harakat zichligini ta'minlashga imkon yaratdi. Darsning asosiy qismida shug'ullanuvchilarni tashkil etishning guruhli uslubi va yakka cho'pda, turnikda, akrobatika mashqlarini bajarishda, asosan, navbatma-navbat usuli qo'llanildn. Buniig o'rniga, birin-ketin iki - birgalikda bajarish usullari qo'llanil-ganida yaxshi bo'lar yakka edi. Baland cho'pda mashq bajariщda, o'qituvchi irdamchi, ya'ni, to'ntarilib qo'yilgan gimnastik skameyka, past yakka cho'p kabi qo'shimcha anjomlardan ham foydalanishi kerak edi.
|
| |