• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Jismoniy tayyorgarlik ustidan nazorat olib borish, amalga oshirilgan tadbirlar va erishilgan natijalar hisobini yuritish




    Download 462,47 Kb.
    bet3/3
    Sana22.05.2024
    Hajmi462,47 Kb.
    #249875
    1   2   3
    Bog'liq
    5.6-seksiya Akimniyazov Miyras

    Jismoniy tayyorgarlik ustidan nazorat olib borish, amalga oshirilgan tadbirlar va erishilgan natijalar hisobini yuritish
    41. Jismoniy tayyorgarlik ustidan nazorat tegishli komandirlar (boshliqlar), jismoniy tayyorgarlik va sport boshliqlari va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan olib boriladi. Ushbu nazorat shaxsiy tarkibning jismoniy tayyorgarlik darajasini o‘rganib borib, yanada yaxshilashga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
    Jismoniy tayyorgarlik ustidan olib boriladigan nazorat davomida bir qator mezonlar tekshiriladi, tahlil qilinadi va ularga baho beriladi.
    Ushbu mezonlar jumlasiga:
    jismoniy tayyorgarlikka rahbarlik qilish amallarining sifati;
    jismoniy tayyorgarlik bo’limlari bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazayotgan
    harbiy hizmatchilarning uslubii tayyorgarlik darajasi;
    harbiy hizmatchilarning amaliy jismoniy tayyorgarlik darajasi kiradi.
    42. Jismoniy tayyorgarlik bo’yicha nazorat-tekshiruv mashg’ulotlari tegishli
    komandirning (boshliqning) buyrug’i yoki rejasiga asosan o’tkaziladi.
    43. Harbiy xizmatchilar va bo’linmalarning jismoniy tayyorgarlik darajasi mazkur Qo’llanmaning 16-bobida bayon etilgan talablarga muvofiq tekshiriladi.
    44. Jismoniy tayyorgarlik hisobi, ushbu tayyorgarlik turining holatini to’la-to’kis aks ettirishi lozim. Jismoniy tayyorgarlik hisobi yuritish:
    birlashma, harbiy qism va muassasa miqyosida – komandirning (boshliqning)
    o’rinbosari, jismoniy tayyorgarlik va sport boshlig’i (shtatdan tashqari jismoniy
    tayyorgarlik va sport boshlig’i) tomonidan (shtatda bunday o’rinbosar bo’lishi ko’zda tutilmagan bo’lsa – shtab boshlig’i tomonidan);
    batal'on (divizion) miqyosida – batal'on (divizion) komandirining o’rinbosari tomonidan (kursantlar batal'onida batal'on komandiri tomonidan);
    vzvod (batareya) miQyosida – vzvod (batareya) komandiri tomonidan;
    alohida guruh miQyosida – guruh komandiri tomonidan olib boriladi.
    Jismoniy tayyorgarlik tadbirlari hisobini yuritish tartibi va shakllari mazkur Qo’llanmaning 6-ilovasida bayon etilgan.
    45. Harbiy Qism va muassasa miqyosida quyidagi tadbirlar va erishilgan natijalar hisobi yuritiladi:
    bo’linmalarda harbiy xizmatchilar bilan jismoniy tayyorgarlik bo’yicha o’tkazilgan o’quv va nazorat-tekshiruv mashg’ulotlarining natijalari;
    bo’linmalarning komandirlari, sport tashkilotchilari, sport turi murabbiylari va hakamlari bilan o’tkazilgan yo’l-yo’riq beriladigan uslubiy va ko’rgazmali mashg’ulotlar, o’quv-uslubiy yig’inlar (seminarlar) soni;
    harbiy qism va muassasa miqyosidagi birinchilik uchun o’tkazilgan sport va harbiy-sport musobaqalari, sport jamoalari va alohida sportchilarning harbiy qism tashqarisida o’tkazilgan musobaqalarda ishtirok etib, erishgan natijalari;
    sport razryadiga ega hamda “Harbiy sportchi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan sportchi harbiy xizmatchilar natijalari va soni;
    harbiy qism vakillari tomonidan sport sohasida qo’yilgan rekordlar va erishilgan yutuqlar;
    jismoniy tayyorgarlik va sportga oid o’quv-moddiy baza, sport anjomlari va buyumlarining mavjudligi va holati;
    bo‘ysunuvchi bo’linmalar tomonidan taqdim etilgan jismoniy tayyorgarlik holatiga doir ma`lumotnoma-bildiruvlar.
    46. Batal'on, (divizion), vzvod, (batareya) guruh va ularga tenglashtirilgan boshqa bo’linmalar miqyosida quyidagi tadbirlar va erishilgan natijalar hisobi yuritiladi:
    jangovar tayyorgarlikni rejalashtirish hujjatlarida jismoniy tayyorgarlik va sport bo’yicha ko’zda tutilgan barcha tadbirlar;
    sport razryadlarini qo’lga kiritgan hamda “Harbiy sportchi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan sportchi harbiy xizmatchilar soni;
    harbiy xizmatchilar tomonidan bajarilgan jismoniy mashqlar hamda sport ishlari ko’rigining talablari ijrosining natijalari.
    47. Amaliy tekshiruv natijalari tegishli vedomostlarda qaid etiladi.
    48. O’quv yili davomida erishilgan natijalarga asosan harbiy qism va muassasalarda jismoniy tayyorgarlik va sport boshlig’i harbiy qismda olib borilgan jismoniy tayyorgarlik va sport ishlarining holatiga oid ma`lumotnoma-bildiruv tayyorlab, bo’ysunish pog’onasi bo’yicha yo’llanadi.
    Bundai ma`lumotnoma-bildiruvda quyidagilar aks ettiriladi:
    harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi va sport sohasidagi erishilgan natijalari;
    sport ishlarining holati;
    jismoniy tayyorgarlik va sportga oid o’quv-moddiy baza, sport anjomlari va buyumlarining mavjudligi va holati;
    jismoniy tayyorgarlik tadbirlari ta`minotining holati;
    jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlarining o’tkazish sifati va harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga oid takliflar.

    Xulosa
    Sport mashg‘ulotlari uzoq muddatli, yil bo‘yi, yo‘qori sport natijalariga erishishga qaratilgan tizimli jarayondir. Mashq qilish jismoniy barkamollikka erishish, sportchini tarbiyalash, uni oqilona texnikaga o‘rgatish, uning funksional imkoniyatlarini oshirish va sog‘ligini mustahkamlashni taminlaydi.
    Harbiy xizmatchilar mashg‘ulotining asosiy maqsadi sog‘lom va baqquvat bo‘lishdir, har tomonlama kamol topish va yo‘qori sport natijalariga erishish. Bu nafaqat sport, balki harbiy xizmatchilarni kasbiy faoliyatga, Vatan himoyasiga tayyorlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida jismoniy tayyorgarlikni tashkillashtirish va olib borish bo‘yicha qo‘llanma. O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2020 yil “7” maydagi 333-sonli buyrug‘iga
      1-ilova.

    2. Internet saytlari.

    Download 462,47 Kb.
    1   2   3




    Download 462,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jismoniy tayyorgarlik ustidan nazorat olib borish, amalga oshirilgan tadbirlar va erishilgan natijalar hisobini yuritish

    Download 462,47 Kb.