• : “Bo‘linma tarkibida ketma-ket, distansiya sakkiz qadam (devor burchagiga qadar) – OLG‘A”
  • “Startga” va “Diqqat”
  • Jismoniy tayyorgarlik ustidan nazorat olib borish, amalga oshirilgan tadbirlar va erishilgan natijalar hisobini yuritish




    Download 462,47 Kb.
    bet2/3
    Sana22.05.2024
    Hajmi462,47 Kb.
    #249875
    1   2   3
    Bog'liq
    5.6-seksiya Akimniyazov Miyras

    Asosiy qism

    1. Jadal harakatlar bo‘yicha mashg‘ulotning tayyorlov qismi o‘z ichiga:

    shaxsiy tarkibning organizmini tayyorlashga qaratilgan yurish va yugurish mashqlarini;
    egiluvchanlik sifatini takomillashtirish, mushak va paylarni tayyorlash uchun turgan joyda bajariladigan jismoniy mashqlarni;
    tayanish-harakatlanish a’zolarini mashg‘ulotning asosiy qismida beriladigan jismoniy yuklamaga tayyorlash uchun mo‘ljallangan maxsus yugurish-sakrash mashqlarini;tezlashtirish mashqlarini qamrab oladi.
    Mashg‘ulotning asosiy qismi mazmunan:
    maxsus yugurish-sakrash mashqlari;
    qisqa masofaga yugurish, chunonchi: 30-40 metrga yugurish, 10x10 metr masofaga moki yugurish mashqi, estafeta o‘yinlari;
    o‘rta va uzoq masofalarga, xususan, 1-10 kilometr va bundan uzoq masofaga yugurish;
    20 kilometrgacha kross va marsh yugurish mashqlari;
    yuk ko‘tarish mashqlaridan iborat bo‘ladi.
    Yugurish, sakrash davomida bajariladigan mashqlar yaxlit, qismlarga bo‘linib, tayyorlov va imitatsiya mashqlarini bajarish orqali hamda sanoq ostida o‘zlashtiriladi.
    Qisqa masofaga yugurishni mashq qilish, yangi jismoniy mashqlarni o‘zlashtirish amallari mashg‘ulot boshida, o‘rta va uzoq masofalarga yugurish mashqlari mashg‘ulot nihoyasida bajariladi. Tayyorgarlik darajasi nisbatan sust, deb topilgan harbiy xizmatchilar uzoq masofaga yugurish va jadal marsh yurish mashqlarining dastlabki bosqichida alohida guruhga ajratiladi.
    Maxsus yugurish-sakrash mashqlarini bajarish davomida qisqa masofaga yugurish mashqi o‘zlashtirilar ekan, shaxsiy tarkib yugurish yo‘laklariga (yo‘nalishlarga) bo‘lingan va 2-3 qadamli interval saqlagan holda bir kolonnaga saf tortadi. Yon tomonga 15-20 qadam oldinga chiqqan mashg‘ulot rahbari dastlabki ko‘rsatma va ijro komandasini beradi. Dastlabki ko‘rsatmada qaysi mashqni bajarish, qancha masofaga, qayerda, qaysi usulda va qayerga harakatlanish talab qilinayotgani, mashqni necha marotaba takrorlash kerakligini belgilab o‘tadi.
    Mashqni shaxsiy tarkib bo‘linma tarkibida ketma-ket bajarishi uchun: “Bo‘linma tarkibida ketma-ket, distansiya sakkiz qadam (devor burchagiga qadar) – OLG‘A” ijro komandasi beriladi. Mashq sherengalar tarkibida (bittadan) bajarilishi uchun: “Birinchi sherenga (oddiy askar Azizov)ga – OLG‘A” komandasi beriladi.
    Qisqa masofaga yugurish uchun start olish qoidasini o‘zlashtirish, shuningdek, mashq qilish va nazorat me’yorlarini bajarish mobaynida dastlabki “Startga” va “Diqqat” komandalari, shundan so‘ng “OLG‘A” ijro komandasi beriladi. Og‘zaki beriladigan “Startga” va “Diqqat” komandalari o‘rniga hushtak vositasida beriladigan tovushli signal qo‘llanilishi mumkin. “Startga” komandasi berilganida harbiy xizmatchi start olish chizig‘iga nisbatan 3-5 metr narida joylashgan dastlabki marradan start olish chizig‘iga keladi. Nisbatan baquvvat oyog‘ini start olish chizig‘i yaqiniga, ikkinchisini 1-1,5 oyoq kaftlari o‘lchamida ortga qo‘yiladi. Oyoq kaftlari bir-biriga parallel joylashtiriladi, gavda to‘g‘ri tutiladi, qo‘llar pastga tushiriladi. “Diqqat” komandasi berilganida oldinga engashib, tana vaznining markazi oldinda chiqarilgan oyoqqa o‘tkaziladi. Oldinga chiqarilgan oyoqqa qarama-qarshi qo‘l bir oz oldinga chiqariladi. Tirsagi bukib olingan ikkinchi qo‘l, panjasi gavdaning yonboshiga keltirilgan tarzda ortga tortiladi. “OLG‘A” ijro komandasi berilganida yugurish amal kuch bilan boshlanib, gavda yugurish jarayonida asta sekin rostlanib boriladi.
    O‘rta va uzoq masofalarga yugurish mobaynida dastlabki “Startga” va “Diqqat” komandalari o‘rniga bitta “Startga” komandasi beriladi. Start olish holatida qo‘l yerga tekkizilmaydi.
    Jadal harakatlar va yengil atletika mashg‘ulotining yakuniy qismi mazmuniga o‘quv joylarini tartibga keltirish, shaxsiy tarkib organizmini nisbatan tinch holatga keltirish mashqlari bajariladi va mashg‘ulotga yakun yasaladi. Mashg‘ulotning yakuniy qismi mazmunan sekin sur’atda kechadigan yurish va yugurish amallari, chuqur nafas olish va mushaklarni bo‘sh qo‘yish mashqlaridan iborat bo‘ladi
    Jadal harakatlar bo‘yicha mashg‘ulotlar jarayonida jarohatlanish holatlarining oldi olinishiga: oyoq-qo‘lning chigili, ayniqsa, yilning sovuq mavsumida astoydil yozilishi; jismoniy mashqlarning sodda, hammabop bo‘lishi, ushbu mashqlar harbiy xizmatchilarning tayyorgarlik darajasi ta’limotning barcha bosqichlarida inobatga olingan holda oqilona taqsimlanishi; mashg‘ulot joylari va sport anjomlari talab darajasida saqlanishi; mashg‘ulot joyi to‘g‘ri tanlanib, sifatli hozirlanishi; shaxsiy tarkib mashg‘ulot rahbarining talablarini aniq bajarishi; harbiy kiyim, sport kiyimi, poyafzal va anjom-aslahalar shaxsiy tarkib tanasiga to‘g‘ri mos keltirilishi; yilning jazirama issiq va ayozli sovuq kezlarida shaxsiy tarkib holati ustidan olib boriladigan nazorat kuchaytirilishi bilan erishiladi.



    Download 462,47 Kb.
    1   2   3




    Download 462,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jismoniy tayyorgarlik ustidan nazorat olib borish, amalga oshirilgan tadbirlar va erishilgan natijalar hisobini yuritish

    Download 462,47 Kb.