|
-modda. Nizolarni hal etish
|
bet | 24/26 | Sana | 16.03.2017 | Hajmi | 29,04 Kb. | | #179 |
25-modda. Nizolarni hal etish
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Qarang: FPK; XPK
26-modda. Moddiy zararning o’rnini qoplash
va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish
Jismoniy yoki yuridik shaxsning arizasi yoxud shikoyati ana shu murojaat bo’yicha qonunga xilof qaror qabul qilgan davlat organi tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, ariza yoki shikoyat berish va uni ko’rib chiqish bilan bog’liq zararning o’rni, arizani yoki shikoyatni ko’rib chiqish uchun tegishli davlat organining talabi bilan joylarga borish munosabati bilan qilingan xarajatlarning hamda ana shu vaqt ichida yo’qotilgan ish haqining o’rni murojaat etuvchiga sud tartibida qoplanadi. Sud tartibida ma’naviy ziyon ham kompensatsiya qilinishi mumkin.
Qarang: FKning 15, 990, 1021, 1022-moddalari
Jismoniy yoki yuridik shaxsning arizasini yoxud shikoyatini ko’rib chiqishda qonun talablari buzilganligi munosabati bilan unga yetkazilgan moddiy zararning o’rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish sifatida davlat organi tomonidan to’langan mablag’lar aybdor mansabdor shaxsdan regress tartibida undirib olinishi mumkin.
Qarang: FKning 1001-moddasi
|
| |