1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
2-modda. Murojaatlar to’g’risidagi qonun hujjatlari
3-modda. Murojaat etish huquqi
4-modda. Murojaatlarning shakllari
5-modda. Murojaatlarning turlari
6-modda. Murojaatlarga qo’yiladigan talablar
7-modda. Murojaatlar va ommaviy axborot vositalari
8-modda. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning
vakillarini qabul qilish
9-modda. Murojaatlar bo’yicha ish yuritish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi davlat organlari va davlat muassasalariga (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (bundan buyon matnda murojaatlar deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Murojaatlar to’g’risidagi qonun hujjatlari
Murojaatlar to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga murojaatlar sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilangan tarzda tartibga solinadi.
Ushbu Qonunning amal qilishi:
ko’rib chiqish tartibi ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, xo’jalik protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga;
Qarang: MJtK*; FPK; JPK; JIK; XPK; "Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida"gi Qonun; "Prokuratura to’g’risida"gi Qonunning (yang tahrirda) 7-moddasi
davlat organlarining, shuningdek ular tarkibiy bo’linmalarining o’zaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Shuningdek qarang: “NORMA” AQT “Me’yoriy-huquqiy hujjatlar” papkasi “Davlat organlari faoliyatining qonuniy asoslari” papkasi “Davlat organlarida ishni tashkil etish va nazorat” papkasi
|