• 16-modda. Murojaatlarni berish tartibi
  • -BOB. MUROJAATLARNI BERISH VA ULARNI




    Download 29,04 Kb.
    bet14/26
    Sana16.03.2017
    Hajmi29,04 Kb.
    #179
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
    3-BOB. MUROJAATLARNI BERISH VA ULARNI

    KO’RIB CHIQISH TARTIBI

    16-modda. Murojaatlarni berish tartibi

    17-modda. Murojaatlarni berish muddatlari

    18-modda. Murojaatlarni ko’rib chiqish tartibi

    19-modda. Murojaatlarni ko’rib chiqish muddatlari

    20-modda. Murojaatlarni ko’rmay qoldirish



    16-modda. Murojaatlarni berish tartibi
    Murojaatlar ularda qo’yilgan masalalarni hal etish o’z vakolati doirasiga kiradigan davlat organiga bevosita yoxud bo’ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga beriladi.

    Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatni mustaqil ravishda berishga, shuningdek bu boradagi vakolatni o’z vakiliga berishga yoxud murojaatni pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda yuborishga haqli. Voyaga yetmaganlar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaxslarning manfaatlarini ko’zlab, murojaatlar ularning qonuniy vakillari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin.


    Qarang: FKning 22, 27-32-moddalari; Mazkur Qonunning 6-moddasi
    Murojaatga u bo’yicha ilgari qabul qilingan mavjud qarorlar yoki ularning ko’chirma nusxalari, shuningdek uni ko’rib chiqish uchun zarur bo’lgan boshqa hujjatlar ilova qilinishi mumkin, mazkur hujjatlar qaytarilmaydi, murojaat etuvchi ularni qaytarish haqida yozma ariza bergan hollar bundan mustasno. Murojaat taalluqliligi bo’yicha boshqa davlat organiga yuborilganda, unga ko’rsatib o’tilgan hujjatlar ilova qilinishi kerak.


    Download 29,04 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




    Download 29,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -BOB. MUROJAATLARNI BERISH VA ULARNI

    Download 29,04 Kb.