-modda. Murojaatlarni ko’rib chiqish tartibi




Download 29,04 Kb.
bet16/26
Sana16.03.2017
Hajmi29,04 Kb.
#179
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
18-modda. Murojaatlarni ko’rib chiqish tartibi
Davlat organiga kelib tushgan murojaatlar shu organ tomonidan yoki uning murojaatlarni ko’rib chiqish bo’yicha majburiyatlar zimmasiga yuklatilgan mansabdor shaxsi tomonidan ko’rib chiqiladi.

Qo’yilgan masalalarni hal etish o’zining vakolat doirasiga kirmaydigan davlat organiga kelib tushgan murojaatlar besh kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli organlarga yuborilib, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi.

Murojaatlarni ko’rib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga o’tkazish yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organlarga yoki mansabdor shaxslarga yuborish taqiqlanadi.

Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga yuborish uchun zarur ma’lumotlar mavjud bo’lmasa, bu murojaatlar murojaat etuvchiga besh kunlik muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan tushuntirish bilan qaytariladi.

Murojaatni to’liq, xolisona va o’z vaqtida ko’rib chiqish uchun qo’shimcha ma’lumotlar, ma’lumotnomalar va materiallarga zarurat paydo bo’lgan taqdirda, mazkur murojaatni ko’rib chiqayotgan davlat organining mansabdor shaxsi murojaat etgan jismoniy yoki yuridik shaxsdan, shuningdek o’z vakolatlari doirasida boshqa davlat organlaridan qo’shimcha axborotni so’rab olishi mumkin. Agar axborot davlat sirini yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan bo’lmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari o’zlaridan so’ralayotgan axborotni o’n kun ichida taqdim etishi shart.
Qarang: "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida"gi Qonunning 10, 13-15-moddalari; “Davlat sirlarini saqlash to’g’risida”gi Qonun
Murojaatni ko’rib chiqayotgan davlat organi, zarur hollarda, murojaat joyning o’ziga borib ko’rib chiqilishini ta’minlashi mumkin.

Murojaat etuvchi yoki boshqa shaxs yo’qligida murojaatni ko’rib chiqish imkoni bo’lmasa, ular davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin. Chaqirilgan murojaat etuvchi kelmagan taqdirda davlat organining mansabdor shaxsi murojaatni uning ishtirokisiz ko’rib chiqish imkoni yo’qligi haqida javob yuboradi.

Murojaatga javobni davlat organining rahbari yoki boshqa vakolatli mansabdor shaxsi imzolaydi.

Agar murojaatda qo’yilgan masalalar xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga daxldor bo’lsa, ularning vakillari murojaatni ko’rib chiqishda ishtirok etish uchun davlat organlari tomonidan o’z vakolatlari doirasida jalb etiladi.

Agar murojaatni ko’rib chiqishda xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirish, shu jumladan, moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) zarurati yuzaga kelsa, tekshirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qarang: “Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida”gi Qonun
Jismoniy va yuridik shaxslar o’z murojaatlarini ular ko’rib chiqilguniga qadar va ko’rib chiqilayotgan vaqtda murojaat yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoxud elektron shaklda ariza berish orqali qaytarib olish huquqiga ega.
Qarang: Mazkur Qonun 6-moddasining to’rtinchi, beshinchi qismlari
Murojaatni qaytarib olish haqidagi ariza davlat organlari tomonidan qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish bo’yicha choralar ko’rilishini istisno etmaydi.
Qarang: VM 2015 yil 31 martdagi 73-son Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to’g’risida”gi Namunaviy nizomning II bo’limi


Download 29,04 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Download 29,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Murojaatlarni ko’rib chiqish tartibi

Download 29,04 Kb.