|
-modda. Murojaatlarni berish muddatlari
|
bet | 15/26 | Sana | 16.03.2017 | Hajmi | 29,04 Kb. | | #179 |
17-modda. Murojaatlarni berish muddatlari
Murojaatlarni berish muddatlari, qoida tariqasida, belgilanmaydi. Ayrim hollarda, agar davlat organining murojaatni ko’rib chiqish bo’yicha imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini o’z vaqtida amalga oshirish va himoya qilishni ta’minlash zaruratiga bog’liq bo’lsa, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko’ra tegishli davlat organlariga murojaatni berish muddati belgilanishi mumkin.
Bo’ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga ariza yoki shikoyat jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat (harakatsizlik) sodir etilganligi yoxud qaror qabul qilinganligi ma’lum bo’lgan paytdan e’tiboran uzog’i bilan bir yildan kechiktirmay beriladi.
Ariza yoki shikoyat berishning uzrli sabablarga ko’ra o’tkazib yuborilgan muddati arizani yoki shikoyatni ko’rib chiquvchi davlat organi tomonidan tiklanadi.
Qarang: VM 2015 yil 31 martdagi 73-son Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to’g’risida”gi Namunaviy nizomning 9-bandi
|
| |