|
-BOB. MUROJAATLARNI KO’RIB CHIQISHDA JISMONIY
|
bet | 19/26 | Sana | 16.03.2017 | Hajmi | 29,04 Kb. | | #179 |
4-BOB. MUROJAATLARNI KO’RIB CHIQISHDA JISMONIY
VA YURIDIK SHAXSLARNING HUQUQLARI HAMDA
DAVLAT ORGANLARINING MAJBURIYATLARI
21-modda. Murojaatlarni ko’rib chiqishda
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari
22-modda. Murojaatlarni ko’rib chiqishda qo’llaniladigan chora-tadbirlar
23-modda. Murojaatni ko’rib chiqqan davlat organining majburiyatlari
24-modda. Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish
21-modda. Murojaatlarni ko’rib chiqishda jismoniy
va yuridik shaxslarning huquqlari
Murojaat davlat organlari tomonidan ko’rib chiqilayotganda jismoniy va yuridik shaxs murojaat ko’rib chiqilishining borishi haqida axborot olish, shaxsan vajlarini bayon etish va tushuntirishlar berish, murojaatni tekshirish materiallari hamda uni ko’rib chiqish natijalari bilan tanishish, qo’shimcha materiallar taqdim etish yoki ularni boshqa organlardan so’rab olish to’g’risida iltimos qilish, advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega.
Qarang: “Advokatura to’g’risida”gi Qonunning 3-moddasi
Murojaatni ko’rib chiqayotgan davlat organlarining mansabdor yoki boshqa vakolatli shaxslari jismoniy va yuridik shaxsga ularning huquqlariga, erkinliklariga hamda qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan, agar ularda davlat sirini yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar mavjud bo’lmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga, erkinliklariga hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashi shart.
Qarang: "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida"gi Qonunning 10, 13-15-moddalari; “Davlat sirlarini saqlash to’g’risida”gi Qonun; VM 2015 yil 31 martdagi 73-son Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to’g’risida”gi Namunaviy nizomning 57-bandi, 58-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari
|
| |