|
-modda. Murojaatlarga qo’yiladigan talablar
|
bet | 5/26 | Sana | 16.03.2017 | Hajmi | 29,04 Kb. | | #179 |
6-modda. Murojaatlarga qo’yiladigan talablar
Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo’lishi kerak.
Qarang: FKning 19, 21-moddalari
Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to’liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo’lishi kerak.
Qarang: FKning 36, 46-moddalari
Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
Qarang: “Davlat tili haqida”gi Qonunning (yangi tahrirda) 14-moddasi; VM 2015 yil 31 martdagi 73-son Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to’g’risida”gi Namunaviy nizomning 7-bandi
Yozma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs rahbarining yoxud vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo’lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo’shimcha ravishda yozib qo’yilishi kerak.
Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo’lgan elektron hujjat shaklida bo’lishi kerak. Elektron murojaat qonunda belgilangan talablarga muvofiq bo’lishi kerak.
Qarang: “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi Qonun; "Elektron raqamli imzo to’g’risida"gi Qonun
Jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to’liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilmagan yoxud ular haqida yolg’on ma’lumotlar ko’rsatilgan, shuningdek imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi.
Qarang: VM 2015 yil 31 martdagi 73-son Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to’g’risida”gi Namunaviy nizom 4-bandining beshinchi xatboshi
Murojaat etuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Qarang: FKning 10-bobi; VM 2015 yil 31 martdagi 73-son Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to’g’risida”gi Namunaviy nizomning 8-bandi
|
| |