Geografik axborot tizimlarihaqida tushuncha




Download 11.3 Mb.
bet6/30
Sana21.07.2021
Hajmi11.3 Mb.
#15427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
1.1. Geografik axborot tizimlarihaqida tushuncha.

Tabiat va jamiyat o`rtasidagimunosabatlarningyildan-yilga keskinlashib borishi insonning tabiat qonunlarini chuqur bilishini, shuningdek, tabiatdan hamda uning resurslaridan oqilona foydalanishini talab etadi. Bu esa geografik bilimlarni chuqur bilishni, tabiatdan foydalanishda ularga amal qilishni taqozo etadi.Fan-texnikaning rivojlanishi ta`sirida keyingi yillarda geografiya fanida tub o`zgarishlar ro`y berdi. Geografiya fanlar tizimida muhimo`rin tutgan << Topografiya va kartografiya >> fanida ham bir qator rivojlanishlar yuz berdi. Bugungi kunda kartograflar turli mavzuli geografik kartalar va atlaslarni tuzish mobaynida ko`plab manbalardan olingan axborotlardan foydalanish, aerokosmik tasvirlarni deshirovka qilish , dalada o`lchash natijalarini qayta ishlashda ko`plab kompyuter dasturlaridan foydalanmoqda. Ma`lumotlarni ko`plab turlarini vaqt o`tishi bilan tez-tez o`zgarib turishi,oddiy usulda tuziladigan qog`ozli kartadan foydalanishni ancha qiyinlashtirib yubormoqda. Bugungi kunda tezkor axborotlarni qabul qilish, ularning dolzarbligini ko`rsatishni faqatgina avtomatlashtirilgan tizim kafolatlashi mumkin.Shu o`rinda zamonaviy GAT – bu ko`p miqdordagi grafikli va mavzuli ma`lumotlar bazasiga ega bo`lgan, baza asosida ish bajarish imkoniyatiga ega, modelli va hisobli funksiyalar bilan birlashgan, fazoviy ma`lumotlarni kartografik shaklga aylantirish, turli xulosalar chiqarish va monitoring ishlarini amalga oshiradigan avtomatlashgan tizim deb qaraladi.GAT fan sohasining qaror topishida so`zsiz ravishda, birlamchi eng ulkan muvafaqqiyatlardan biri – bu Kanada geografik axborotlar tiziminig (CGIS-Canada Geographic Information System) ishlab chiqilishi bilan bog`liq hisoblanadi. 1960-yillarda yaratilgan ushbu yirik ko`lamdagi GAT hozirgi kunga qadar funksiya bajarishi va takomillashtirilishi davom etmoqda.Kanada miqyosida GAT asoschisi – Rodjer Tomlinson hisoblanadi, ushbu tadqiqotchi rahbarligi ostida GAT yo`nalishida ko`plab konseptual va texnologik masalalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan. Kanada miqyosida GAT funksiyasi –harbiy maqsadlarda foydalanish, Kanda Yer resurslarini hisobga olish xizmati (Canada Land Inventory) tomonidan to`plangan ko`plab sondagi ma`lumotlarni tahlil qilishda va keng ko`lamdagi yer maydonlarining turli xil maqsadlarda, asosan qishloq xo`jaligida foydalanishni loyihalashtirish rejalarini ishlab chiqishda foydalanish mumkin bo`lgan, tuproq qoplami haqidagi ststistik ma`lumotlarni tahlil qilishdan tashkil topgan. Hozirgi vaqtda GAT kartografiya, masofadan turib zondlash, statistika, kadastr va meteriologik ma`lumotlarni qayta ishlash, dala-ekspeditsiya tadqiqotlarini amalga oshirish, burg`ulash ishlari natijalari va suv ostida zondlash ishlarini amalga oshirish kabi yo`nalishlarda, global, hududiy va mahalliy ko`lamda foydalanilishi qayd qilinadi. Hozirgi paytga kelib GATning 20 dan ortiq ta`rifi mavjud bo`lib, ularning har biri o`zicha e`tiborga loyiq.





Download 11.3 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Download 11.3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geografik axborot tizimlarihaqida tushuncha

Download 11.3 Mb.