Jizzax davlat pedagogika universiteti
Matematika Informatika yo’nalishi
104- guruh talabasi
Xurammova Layloning
kompyuter ta’minotidan
mustaqil ishi
Mavzu: . Internet asoslari. Internetda ma’lumot qidirish. Taqsimlangan
mavzularga oid ma’lumot qidirish
.
Reja:
1.Internetda axborot qidirish tizimlari
2.Axborotlarni
parametrlari
bo‘yicha
qidirish
usullari.
3. Web hujjatlarni izlash usullari va so’rovlarni tuzish.
1.Internetda axborot qidirish tizimlari
Internet ma’lumotlari tubsiz va cheksizdir.Tarmoqdan istalgan mavzu va
masala bo‘yicha ma’lumot topishmumkin. Ammo Internetdan biror narsani topish
uchun ma’lum vositalar kerak. Internetning izlash tizimlari ana shunday
xizmatlardan biri sanaladi.Qidiruv tizimi keng Internet fazosida ma’lumotlarni
qidirish, to ‘plash, tartiblash, foydalanuvchilarni kerakli ma’lumot bilan tez va
qulay ravishda ta’minlash vazifasini bajaradi.H ar bir mijozni faqat o ‘ziga kerakli
b o ‘lgan m a’lumot qiziqtiradi. Qidiruv tizimlari bilan ishlaganda kerakli so‘zni
aniq tanlay bilish kerak. Bu qanday amalga oshiriladi? Google, Yandex, Rambler
va boshqa xizmatlarning «Poisk» (qidiruv) katakchasiga kalit so‘z, masalan,
«Internet yaratilish tarixi» deb yozasiz, so‘ng Enterni bosasiz. Natijada qidiruv
tizimi turli xil manbalardan bir nechta ma’lumotlar ro‘yxatini taqdim etadi. Siz
savolni bergach, qidiruv tizimi o‘zining m a’lumot jam g‘armasidan unga mos
natijani, topilgan web-sahifalarni ro‘yxat tarzida taqdim etadi. Ro‘yxatning
birinchi bandlarida so‘rovga eng mos kelgan websahifalar joylashadi. Lekin shuni
aytib o‘tish kerakki, turli qidiruv tizimlari har xil tartiblash qoidalarini ishlatadi,
shuning uchun bitta so‘rov bo‘yicha turli qidiruv tizimlaridan har xil natijalar olish
mumkin. Internet tarmog‘idagi qidiruv tushunchasi shuni anglatadiki, bunda har bir
foydalanuvchi o‘ziga kerakli bo‘lgan biror ma’lumot yoki materialni maxsus
qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Internet tarmog‘i
foydalanuvchilari qidiruvni Internet muhitida joylashgan web-saytlar, ularning
manzili va ichki m a’lumotlari bo‘yicha olib borishi mumkin. Bu esa
foydalanuvchiga kerakli bo‘lgan axborotni samarali qidirish va tez topish
imkoniyatini beradi. Axborotlarni qidirish. So‘rovlarni tuzish paytida agar
o‘ylanmay,tezda savol bermoqchi bo‘lsangiz, qidiruv tizimining satriga fikrlarni
so‘zma-so‘z tushirish mumkin. Masalan, «Qanday qilib a’lochi bo‘lish mumkin?»,
«Marsda hayot bormi?» kabi savol berilsa, uning natijasi samarali bo‘lmasligi
aniq.Afsuski, o‘zbek tilida Internet fazosi keng emas, shuning uchun savolni rus
yoki ingliz tilida berish kerak. Ammo www.google.uz ga kirib, o‘zbek tilida ham
sizni qiziqtirgan savol yoki so‘zni satrga kiritib, kerakli ma’lumotni olish mumkin.
Aniq bo‘lmagan umumiy savollarga qidiruv tizimi kerak bo‘lgan va bo‘lmagan
ma’lumotlarni topib beradi. Donolar: «To‘g‘ri berilgan savolda javobning yarmi
bor» deyishi bejiz emas. Bu gap qidiruv mashinalariga ham taalluqli. Shuning
uchun savol tuzayotganda, ko‘proq kalitli, aniqlashtiruvchi so‘zlarni qo‘shish
kerak. Natija qoniqarli bo‘lmasa, kalitli so‘zlarni boshqa sinonim so‘zlarga
almashtirish mumkin. Internet tarmog‘i shunday bir muhitki, u o‘zida turli
ko‘rinishdagi va turli tillardagi ko‘plab axborotlarni jamlagan. Bunda ushbu
axborotlar ichidan kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni qidirib topish muammosi paydo
bo‘ladi. Internet tarmog‘ida har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun o‘zbek,
rus, ingliz yoki boshqa tillardagi bir yoki bir necha so‘zdan tashkil topgan
so‘rovlardan foydalanadi. Ya’ni m a’lumotlarni uning sarlavhasi yoki tarkibida
ishtirok etgan so‘zlar va jumlalar bo‘yicha qidirib topish mumkin. Bunda
foydalanuvchi tomonidan Internet qidiruv tizimi qidiruv maydoniga kerakli
ma’lumotga doir so‘z yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi.
Shundan so‘ng, qidiruv tizimi foydalanuvchiga kiritilgan so‘z yoki jumlaga mos
keluvchi ma’lumotlarni qidirib topadi va kompyuter ekranida ularning ro‘yxatini
hosil qiladi. R o‘yxatdagi m a’lumotlar ketma-ket ko‘rib chiqilib, kerakli
bo‘lganlari saqlab olinadi.
Navbatma-navbat qidirish usuli. Bu usulning ma’nosi, so‘rov bo‘yicha natija
olingandan so‘ng, topilgan natijalar ichidan so‘rovga yangi kalitli so‘zlar qo‘shib,
toki, kerakli ma’lumot topilmaguncha qidirishni davom ettirishdir. Usul yordamida
har bir qidiruvda kerakli natijaga yaqinlashaveriladi. Masalan, siz menejer ishini
o‘rganish uchun qo‘llanma axtarmoqchisiz. Bu ishni amalga oshirish uchun
qidiruvni «menejment» kalitli so‘zi bo‘yicha bajarasiz. Natijada «menejment»
so‘zi 100 mingdan ortiq web-sahifalarda topiladi. Qidiruvni aniqlashtirish uchun
so‘rovga «uchebnik» (darslik) so‘zini qo‘shib, yana izlashni davom ettirasiz.
Natijada topilgan saytlar ro‘yxati kamayadi, lekin ularning ko‘pi Internet
do‘konlarini, ya’ni qayerda kitoblar sotilishini ko‘rsatadi. Agar kitobni sotib
olmoqchi bo‘lmasangiz, unda so‘rovga «besplatno» (bepul) kalitli so‘zini qo‘shib,
qidiruv mashinani ishga tushiring va natijada
Axborotlarni parametrlari bo‘yicha qidirish. Ko‘rib o‘tilganidek, har bir
foydalanuvchi Internet tarmog‘i orqali o‘ziga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni uning
mavzusi hamda tarkibidagi so‘z yoki jumla bo‘yicha qidirib topishi mumkin, lekin
Internet tarm og‘ida m a’lumotlar shunchalik ko‘pki, ta’kidlab o‘tilgan usul samara
bermasligi mumkin. Bunday hollarda Internet qidiruv tizimlari qidiruvning bir
qancha qo‘shimcha usullari bo‘yicha qidiruvni taqdim etadi, bular:
1. M a’lumotlarni uning tili bo‘yicha qidiruv;
2. M a’lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) bo‘yicha qidiruv;
3. M a’lumotlarni uning joylashgan mintaqasi bo‘yicha qidiruv;
4. M a’lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi bo‘yicha qidiruv;
5. M a’lumotlarni uning joylashgan Internet hududi bo‘yicha qidiruv;
6. M a’lumotlarni xavfsiz qidiruv.
WWW.uz milliy axborot-qidiruv tizimi. WWW.uz — bu barcha
foydalanuvchilar uchun yurtimizning Internet tarmog‘idagi milliy segmenti
axborotlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beruvchi tizimdir. Milliy
axborot-qidiruv
tizimini
rivojlantirish
ishlari
axborot
va
kompyuter
texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish UZINFOCOM markazi tomonidan
olib boriladi. Milliy axborot-qidiruv tizimining asosiy xususiyatlaridan biri —
uning ko‘p tilli axborot qidiruvi (ruscha, o‘zbekcha) va boshqa milliy axborot
tizimlari hamda ma’lumot omborlari bilan o‘zaro ishlay olishidadir. WWW.uz
Internet tarmog‘i foydalanuvchilariga milliy segmentda joylashgan web-saytlar
bo‘yicha qidiruv xizmatini taqdim etadi va qidiruvni web-sayt manzili va ichki
ma’lumotlari bo‘yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli
bo‘lgan axborotni samarali qidirish va topish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari,
WWW.uz qidiruv tizimi Internet resurslari (web-saytlari) katalogini va web-saytlar
reytingini yuritadi, saytlar bo‘yicha jamlangan statistik ma’lumotlarni to‘playdi
hamda axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklar va maqolalarni yoritib
boradi. WWW.uz «Katalog» bo‘limi — Internet tarmog‘ida ochiq holda
joylashgan, O‘zbekiston Respublikasiga aloqador bo‘lgan, ro‘yxatga olingan,
izohlari keltirilgan va katalog rejasi bo‘yicha saralangan web-saytlar to ‘plami.
WWW.uz katalogi foydalanuvchilari o‘zlariga kerak bo‘lgan saytni reja bo‘yicha
(iqtisod, OAV, madaniyat va boshq.) qidirish orqali tezroq topishlari mumkin.
Katalog har kuni qidiruv tizimining faol foydalanuvchilari tomonidan yangi saytlar
bilan boyitib boriladi.Shu bilan birga WWW.uzning har bir foydalanuvchisi
«Topreyting» bo‘limiga kirib, barcha ro‘yxatga olingan saytlar reytingini ko‘rishi,
«Jamlangan statistika» bo‘limida esa ularning statistikasi bilan tanishib chiqishi
mumkin. Mashhur Internet qidiruv tizimlari. Internet tarmog‘i yirik ma’lumotlar
ombori hisoblanadi. Undan kerakli ma’lumotlarni qidirib topish foydalanuvchining
oldiga qo‘yilgan asosiy masalalardan biridir. Bunday hollarda yirik ma’lumotlar
omboridan kerakli ma’lumotlarni qidirib topishda axborot-qidiruv tizimlari muhim
ahamiyatga ega. Internet tarmog‘ida bunday tizimlarning ko‘plab turlarini
uchratish mumkin. Bulardan Google, Rambler, Yandex, Yahoo tizimlari o‘zbek,
rus va ingliz tillarida qidiruvni olib boradigan eng mashhurlari hisoblanadi. Ushbu
qidiruv tizimlarining har biri oddiy va batafsil kengaytirilgan qidiruv hamda
matnli, rasm, musiqa, video va boshqa turli shakldagi axborotlarni qidirish
imkoniyatini taqdim etadi. Bu turdagi axborot-qidiruv tizimlaridan foydalanib,
ixtiyoriy foydalanuvchi o‘ziga kerakli bo‘lgan ixtiyoriy turdagi ma’lumotni qidirib
topishi va undan foydalanishi mumkin. Agar sizga biror ma’lumot kerak bo‘lib,
lekin uning qayerda va qanday ko‘rinishda joylashganligini bilmasangiz, u holda
shu kabi axborot-qidiruv tizimlaridan foydalaning. Ixtisoslashgan axborot-qidiruv
tizimlari. Axborot-qidiruv tizimlari — bu web-sayt hisoblanib, Internet tarmog‘ida
axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Bunga yuqorida sanab o‘tilgan
Google va Yahoo qidiruv tizimlari kiradi. Bizning
WWW.uz
axborot-qidiruv
tizimi qidiruv so‘rovlari bo‘yicha ilg‘orlardan biridir. Bundan tashqari, Internet
tarmog‘ida m a’lum sohada ishlaydigan ixtisoslashgan qidiruv tizimlari ham
mavjud. Bulardan
eng ommaboplari:
• «KmoTaM» — inson to ‘g‘risidagi axborotlarni qidirishga mo‘ljallangan yangi
turdagi axborot-qidiruv tizimi. Bunda ularni ismi, sharifi, familiyasi, kasbi,
lavozimi, unvoni hamda tashkilot va boshqalar orqali topish mumkin.
• «Tagoo» — musiqalarni qidirishga mo‘ljallangan qidiruv tizimi. Boshqa qidiruv
tizimlariga nisbatan ushbu tizim o‘zining kengaytirilgan musiqa bazasidan va
boshqa saytlarning mp3 resurslaridan qidirib, ularning ro‘yxatini shakllantiradi.
So‘rovda musiqa nomini, uning ijrochisini hamda albom nomlarini ham kiritish
mumkin.
• «Truveo» — Internetning turli resurslaridagi videomateriallarni qidirishga
ixtisoslashgan axborot-qidiruv tizimi. Bu tizim orqali onlayn video hamda
teledasturlar namoyishlarini qidirib toppish mumkin.
• «Kinopoisk» — filmlar to‘g‘risidagi axborotlarni qidirish tizimi. Qidiruv vaqtida
filmning nomi, chiqqan yili, janri, ishlab chiqqan mamlakat, kompaniya, aktyorlar,
rejissorlar va ssenariy mualliflari
ism-sharifidan foydalanish mumkin.
• «Ebdb» — elektron kutubxonalardan kitoblarni qidirishga ixtisoslashgan axborot-
qidiruv tizimi. Ushbu saytning ma’lumotlar bazasida elektron ko‘rinishda
tarqatiladigan adabiyotlarning ko‘plab mashhurlari to‘plangan. Qidiruv natijalari
kitob nomlari bo‘yicha guruhlanadi.
• «Ulov-Umov» — rezume va vakant joylarni qidirish tizimi. Bunda qidiruv
jarayonida karyera va ishga bag‘ishlangan hamda ijtimoiy tarmoq va boshqa
saytlar vakansiyalari tekshiriladi va ro‘yxati shakllantiriladi. Qidiruv tizimlaridan
to‘g ‘ri maqsadda foydalanish. Afsuski, bugungi kunda yoshlar ayrim kompyuterga
va Internetga ko‘ngil-ochar vosita deb qarashmoqda. Ayniqsa, bolalar
kompyuterga ko‘zi tushgan zahoti darrov o‘yinlarni so‘rashadi. Ko‘p yigitqizlar
esa Internetga ulangani zahoti rasmlar tomosha qilishga ruju qo‘yishadi. Internet
resurslari xilma-xildir. Ularning ichida ham foydali, ham zararli bo‘lgan
ma’lumotlar uchraydi. Internet tarmog‘idagi axborot-qidiruv tizimlari esa Internet
resurslari ichidan so‘ralgan ixtiyoriy ma’lumotlarni qidirib topib berish
imkoniyatiga ega.Chunki bunday qidiruv tizimlari kalit so‘zlar bo‘yicha
qidirishniamalga oshiradi. Foydalanuvchi tomonidan qanday m a’lumot kiritilsa,
xuddi shu ma’lumotga mos ma’lumotlarni qidirib topadi.Shu narsani eslatib o‘tish
kerakki, har qanday axborot ham foydali va to‘g‘ri, rost hisoblanavermaydi.
Axborot-qidiruv tizimlaridan faqat to‘g‘ri va foydali foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Turli nojo‘ya ma’lumotlardan foydalanishdan va tarqatishdan
saqlanish lozim.
|