• Navbatma-navbat qidirish usuli.
  • Jizzax davlat pedagogika universiteti Matematika Informatika yo’nalishi




    Download 223,62 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/8
    Sana22.12.2023
    Hajmi223,62 Kb.
    #126511
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Internet asoslari. Internetda ma’lumot qidirish-1

    So’rovlarni tuzish.Agar siz o’ylanmay tezda savol bermoqchi bo’lsangiz 
    qidiruv mashinaning satriga to’g’ri fikrlaringizni tushirishingiz mumkin. Masalan, 
    “Qanday qilib ozish mumkin?”, “Marsda hayot bormi?”, yoki “jurnalist uchun ish” 
    buning natijasi samarali bo’lmasligi aniq. Afsuski, o’zbek tilida Internet fazosi 
    keng emas, shuning uchun savolingizni rus yoki ingliz tilida berishingiz kerak. 
    Misoldagi “jurnalist uchun ish” jumlasini rus tilida “rabota dlya jurnalista” deb 
    so’rov qilinsa tasodifan, tez kerakli ma’lumotni topishingiz mumkin. Ammo 
    bunday umumiy savolga qidiruv tizimi sizni kerak bo’lmas ma’lumotlarga 
    “ko’mib” qo’yishi ham mumkin. Dono odamlar: “To’g’ri berilgan savolda 
    javobning yarimi bor” – deyishlari bejiz emas. Bu gap qidiruv mashinalariga ham 
    taaluqli. SHuning uchun tuzayotganda ko’proq kalitli, aniqlashtiruvchi so’zlarni 
    qo’shish kerak. 
    Navbatma-navbat qidirish usuli.Bu usulning ma’nosi so’rovingiz bo’yicha 
    natija olingandan so’ng, topilgan natijalar ichidan, so’rovga yangi kalitli so’zlar 
    qo’shib, toki kerakli ma’lumot topilmaguncha qidirishni davom ettirish. Bu usul 
    yordamida har bir qidiruvda kerakli natijaga yaqinlashaveradi. Masalan, siz 
    menedjer ishini o’rganish uchun qo’llanma axtarmoqchisiz. Bu ishni amalga 
    oshirish uchun, birinchi, qidiruvni “menedjment” kalitli so’zi bo’yicha bajarasiz. 


    Natijada “menedjment” so’zi 100 mingdan ortiq veb-sahifalarda topiladi. Qidiruvni 
    aniqlashtirish uchun so’rovga “uchebnik” so’zini qo’shib, yana izlashni davom 
    ettiramiz. Natijada topilgan saytlar ro’yxati kamayadi, lekin ularning ko’pi Internet 
    do’konlarini ko’rsatadi, qaerda kitoblar faqat sotiladi. Agar siz kitobni sotib 
    olmoqchi bo’lmasangiz, unda so’rovga “besplatno” ( bepul ) kalitli so’zini qushib, 
    qidiruv mashinani ishga tushiring va natijada Internet do’kon ko’rsatkichlari 
    ro’yxatdan tushib qolib, kerakli sahifalar qoladi. Endi kitobni Internetda o’tirib 
    o’qimoqchi bo’lmasangiz, uni o’zingizning komp’yuteringizga ko’chirib olish 
    tavsiya etiladi. Buni amalga oshirish uchun so’rovingizga “skachat’” so’zini 
    qo’shsangiz, natijada menejment haqida bepul ko’chiriladigan elektron 
    kitoblarning ro’yxatiga ega bo’lasiz. 

    Download 223,62 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 223,62 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jizzax davlat pedagogika universiteti Matematika Informatika yo’nalishi

    Download 223,62 Kb.
    Pdf ko'rish