• Jizzax 2022 Tuzuvchi: A.X. G‘ofurova
  • ____” _____________ 2022 yil ____________________ dost. H. Sodiqov “Texnologik ta`lim va tasviriy san`at fanlari kafedrasi mudiri”
  • Ma’ruza-№1 (2 soat) Mavzu: Fanning maqsadi va vazifalari.Gigiyena haqida tushuncha. Reja
  • Jizzax davlat pedagogika universiteti




    Download 252.44 Kb.
    bet1/19
    Sana06.03.2024
    Hajmi252.44 Kb.
    #167704
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    G`ofurova A kiyim gigienasi
    Янги-тест1, Ijodiy ta\'lim 2-mus ishi, Спецификация BOOK INTER KLASS INVEST Sotish baxosi, xarita fargona, Эркин шаклдаги ҳужжат S-1843 30.01.2024 дан

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
    Majmua


    KIYIM GIGIEINASI
    Bilim soxasi: 100000 - Gumanitar
    Ta’lim soxasi: 110000 - Pedagogika
    Bakalavr yo‘nalishi: 60210400 Dizayn (libos va gazlamalar)
    Jizzax 2022
    Tuzuvchi:


    A.X. G‘ofurova JDPU Texnologik ta`lim va tasviriy san`at fanlari kafedrasi o`qtuvchisi


    Taqrizchi:
    PhD. M.Yusupov JDPU Texnologik ta`lim va tasviriy san`at fanlari kafedrasi mudiri
    JDPI Fizika va texnologik ta`lim fakultet dekani:
    ____” _____________ 2022 yil ____________________ dost. H. Sodiqov
    Texnologik ta`lim va tasviriy san`at fanlari kafedrasi mudiri”
    ____” _____________ 2022 yil ____________ PhD M.Yusupov
    O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i :
    ____” _____________ 2022yil ___________________PhD H.Hamzayev

    Ma’ruza-№1 (2 soat)
    Mavzu: Fanning maqsadi va vazifalari.Gigiyena haqida tushuncha.
    Reja:
    1.Gigiyena haqida tushuncha.
    2.Yangi materiallar assortimenti, ularning xususiyatlari
    Gigiyena – inson hayotida va tibbiyotda muhim o‘rin tutadi.
    U inson hayotiga ta’sir ko‘rsatuvchi omil hisoblanib axolining salomatligini mustaxkamlashda , kasalliklarni oldini olish va sharoitlar tashkil etish qonuniyatlari va qoidalari haqidagi fandir.
    Mamlakatning rivojlanishi va xavfsizligi uchun millat salomatligi va o‘sib kelayotgan yosh avlodning sog‘lom turmush tarziga rioya qilishlik qanchalik ahamiyatga egaligi, shuningdek, mamlakatning o‘z-o‘zini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash darajasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish zarurligi,gigiena qoidalariga rioya qilish davlat siyosatining qonun-qoidalari, maqsadlari, vazifalari va amalga oshirish bosqichlari belgilab berilgan.
    Aholining sog‘lom ovqatlanishi sohasidagi davlat siyosati quyidagi qoidalardan iborat:
    • inson salomatligi – davlat uchun birinchi o‘rinda turadi;
    • oziq-ovqat mahsulotlari sog‘lom odamning salomatligiga ziyon yetkazmasligi zarur;
    • shaxsiy gigiyenaga rioya qilish balki profilaktika va uni oldini olish vazifalarini ham bajarishi lozim;
    Gigiyena (gigiyenos-grek) sog‘likni olib kelish degan ma’noni beradi.XIX-asrning o‘rtalarida gigiyena fan sifatida rivojlandi.
    Dastlab Yegipetda,Hindistonda,Xitoyda rivojlangan.
    yer ustki qismining ifloslanmasligi,ichimlik suvini qanday saqlanayotganligini ,quvurlarning tozaligi, o‘simlik va xayvonlardan tayyorlanayotgan oziq-ovqatlarning sifatliligi, inson tanasining toza tutishi, yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni axolida- aloxida ajratish ,ularning kiyimlarini yoqish,o‘liklarni o‘z vaqtida ko‘mish bularning barchasi gigiyenaning qonun qoidalari hisoblanadi.
    Shu bilan birga turli aholi guruhlarining ovqatlanishini optimallashtirish va oziq-ovqat manbalari, xom-ashyolari va mahsulotlari ishlab chiqarilishi va aylantirilishining barcha bosqichlaridagi sanitariya muhofazasi bo‘yicha ilmiy asoslar va amaliy tadbirlar ishlab chiqiladi.
    Inson organizmi uchun ta’sir qiluvchi tashqi omillar zararli va zararsizga bo‘linadi.Ular 3 guruhga bo‘linadi.
    1.Fizikaviy
    2.Ximiyaviy
    3. Biologik
    Fizikaviyga t, W, P, quyosh nurlari,radioaktiv nurlar,shovqin, vibratsiya va boshqalar kiradi.
    Ximiyaviy omillarga xavodagi,suvdagi va ovqatdagi elamentlar kiradi.
    Biologik omillarga xar xil uchraydigan inson organizmida va oziq-ovqatlardagi parazitlar kiradi.
    Materiallarning turlari assortiment so’zi bilan belgilanadi. Assortiment - bu inglizcha suz bo’lib, u “kompleks” yoki “to’plam” ma’nosini bildiradi.
    Turli ishlanishdagi va vazifadagi materiallarning biror bir jinsli belgisiga ko’ra jamlanuviga assortiment deyiladi.
    Ishlab chiqarish usuliga ko’ra tikuvchilik materiallari to’qima (gazlamalar), trikotaj, noto’qima va boshqa materiallarga bo’linadi. Shundan tikuvchilikda eng keng qo’llaniluvchi gazlamalardir. Tikuv korxonalarida turli artikuldagi gazlamalar ishlatiladi.
    To’quvchilik sanoatida ishlab chiqarilayotgan gazlama turlari ichida ip gazlamalari alohida o‘rinda turadi ularning asosiy qismini klassik paxta tolasidan ishlab chiqarilgan turlari tashkil qiladi. Biroq ular bilan birga paxta tolasi viskoza, lavsan, nitron tolalari bilan aralashmasidan olinuvchi gazlamalar ham keng tarqalgan. Har yili ishlab chiqariladigan paxta tolali gazlamalarning (ip gazlamalar) 10-12 foizi yangi tuzilishdagi va pardozlanishdagi gazlamalar hisobiga o’zgaradi.
    Ipak gazlamalari assortimentiga sun’iy va sintetik shtapel tolalaridan olingan iplardan to’qilgan gazlamalar kiradi. Bularning ko’pchiligi viskoza tolalaridan to’qiladi. Atsetat, lavsan va nitrondan to’qilgan gazlamalar ham bor. Odatda, yigiruv jarayonida sintetik shtapel tolalar viskoza yoki paxta tolalariga aralashtiriladi. Buning natijasida gazlamalarning qayishqoqligi, yemirilishga chidamliligi va shaklini saqlash qobiliyati oshadi. Shtapel gazlamalarini to’qishda yakka, pishitilgan, shakldor iplardan foydalaniladi.
    Sirtlari silliq bo’lgan shtapel gazlamalari erkaklar ko’ylagini, kostyumlarini, ayollar ko’ylak, ko’ylak-kostyumlarini, plashlar, palto va kurtkalar tikish uchun ishlatiladi. Ko’ylaklik gazlamalar mayda gulli o’rilishda va chipor pardozlangan qilib to’qiladi. Yugon iplardan to’qilgan paltolik gazlamalar junsimon ko’rinishda bo’ladi. Plashlik gazlamalarga suv o’tkazmaydigan qilib ishlov beriladi.

    Download 252.44 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 252.44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jizzax davlat pedagogika universiteti

    Download 252.44 Kb.