Istemolchilar kompuyuterlardan ishlash kuchi xarakteristikalariga qaramaydi. Kompyuterlar yuqori kuchda ishlashi uchun, katta xotira va ko’p xajimli disklarga ega bo’lgan bo’lishlari shart emas. Chunki barcha malumotlar va xamma dasturlar bulut serverlarida saqlanadi. Katta xajimga ega bo’lgan shaxsiy statsionar kompyuterlar, noutbuklar, netbuklar, orqali istemolchilar bulutga kirishlari mumkin.
Istemolchilar uchun kompuyuterlarni ishlash sifati oshdi. Istemolchilar kompyuter dasturlar, fayllarni masofadan turib ishga tushirishda kam yukli qilishlari uchun kam ilovalardan foydalanishlari kerak. Misol uchun, Panda Cloud Antivirus – antivirus dasturi, vebservis sifatida foydalana olish mumkin. Panda Cloud Antivirus kuchli server malumotlaridagi viruslarni masofadan turib skanerlash imkoni beradi. Bu dasturni istemolchi kompyuterida ishga tushirish ishlash yuki ikki barobar ko’payardi.
IT infratuzilmadan foydalanish samaraforligi oshadi va chiqimlar soni kamayadi. Agar kompaniya uchun server o’rtacha yuklanish boholashini oladigan bo’lsak u 13% ni tashkil etadi. Bazi hollarda kompaniya o’zining qo’shimcha resurslari kuchini ishlatishga to’g’ri keladi, lekin bazi hollarda xisoblash resurslari bo’sh turadi va ishlatilinmaydi. Bunda esa albatta pulning sarifi bekor bo’ladi. Agar kompaniya xisoblash resurslaridan masofadigi bulut serverlaridan foydalansa, bu xolda kompaniya sarflari soni ikki marta kamayadi. Bundan kelib chiqqan xolda nobarqaror iqtisodiy ishlab chiqarish moslashuvchanligi oshib boradi. O’zining malumotlari bosha bir tashkilotlarda saqlashiga ishonchlilik qobilyati yo’qolganda kompaniyaning o’zi shaxsiy bulut yaratib, virtualizatsiya infratuzilmalarini barcha imkoniyatlaridan to’la qonchiligicha foydalansa bo’ladi.
Xizmat ko’rsatishdagi va DT ni sotib olishdagi xarajatlarni kamaytirish. Bulut xisoblash texnlogiyalarini shaxsiy serverlarda qo’llanilishi kompaniya ko’lamida kichik xisoblanib, shuning uchun ularga xizmat ko’rsatish onson bo’ladi. Katta sonli fizik serverlardan voz kechish orqali DT ni sotib olishdagi muomolar kamayadi. Servis va ilovalar bulut ichida bo’lganligi uchun istemolchilar DT sotib olishlari shart bo’lmaydi.
Xisoblash kuchi o’sishi. Shaxsiy kompyuterlar bilan bulutli xisoblash resurslarini solishtirganda, bulutli xisoblash resurslari katta imkoniyatlarga ega. Bulutli xisoblash kechi uning serverlari soni bilan o’lchanadi. Istemolchiga superkompyuterdan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratib beradi, bu albatta oddiy shaxsiy kompyuterda masalalarni yechish imkoniyati bo’lmaganda.
Malumotlar saqlashdagi cheklanilmagan xajimlar. Malumotlarni saqlash xajmiga qarab bulutli texnologiyalar qulay va avtomatik tarizda (istemolchi hohish istagiga qarab) joylashtiradi. Oddiy shaxsiy kompyuter istemolchisi malumotlarini saqlashga joy yetmaganda, bunday xolat bulutli xisoblash istemochilarida yuzaga kelib chiqmaydi.
Operatsion tizim bilan mos kelishi. Bulutli texnologiyalar istemolchilarda qanday operatsion tizim turganligiga qaramaydi. Microsoft Windows operatsion tizimidan foydalanilgan mijoz, Unix mijozlari bilan muomosiz malumotlarni almashishi mumkin. Servislardan foydalanishda esa har bir operatsion tizim brauzerga qarab standartlashtiradi.
Xujjat formatlari bilan mos kelishi. Shaxsiy kompyuterdagi fayl Microsoft Word 2007 dasturi asosida bajarilgan bo’lsa, eski versiyalarida yani Microsoft Word 2003 da ochish imkoniyati mavjud emas. Bulutli xisoblashlarda esa to’gri kelmagan xujjatlarni ochish muomosi kelib chiqmaydi.
Istemolchilarning bir gurux bo’lib ishlashidagi qulayliklari. Bulutli xisoblash tizimlarida bir vaqtning o’zida bir necha istemolchilar ish olib borishlari mumkin. Xujjatlarni bir kompyuterdan boshqasiga ko’chirib o’tkazish kerak bo’lmaydi. Xujjatlarni taxrirlash tez aks etadi, bundan tashqari istemolchilar xujjatning yangilash imkoniyati mavjud.
Bulutli xisoblashlarda fayllardan erkin foydalanish imkoniyati mavjudligi. Agar malumotlar bulutda saqlanilayotgan bo’lsa, bu malumotlardan istalgan vaqtda istemolchilar foydalanishlari mumkin faqatgina Internet tarmog’i mavjud bo’lgandagina. Istemolchilar uchun keng qamrovdagi qurulmalardan internetga kirish orqali foydalanishlari mumkin. Bulut mijozi shaxsiy kompyuter, planshet, netbook, smartfon, notebooklardan foydalanishlari mumkin.
Tabiy resurslardan foydalanishni kamaytirish. Bulutli xisoblash texnologiyalarida xisoblash kuchlarini tejash nafaqat elektroenergiya bo’yicha balki fizik maydon va tabiy resurslarni kamaytirish imkoniyati mavjud. Malumotlarga ishlov berish markazi (ЦОД) malum bo’lgan salqin xududlarda xam saqlash imkoniyati bor. Malumotlardan foydalana oladigan qurilmalar xozirda juda ixcham xisoblanib, ishlab chiqarishda kamroq materiallar ketadi.
Malumotlarni yoqolishiga bardoshligi. Bulutda saqlanilayotgan malumotlar, o’zlarining nusxalarini bir necha serverlarga joylashtiradi. Shuning uchun bulutda saqlanilayotgan malumotlarni yoqolishi extimoli juda xam kam albatta buni istemolchining shaxsiy kompyuter bilan solishtirganda.
2.1. Bulutli texnologilarga xavf soluvchi tahdidlar;