Jizzax politexnika institute huzuridagi Sharof Rashidov politexnikumi “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” yo`nalishi 123-guruh talabasi




Download 138,16 Kb.
bet2/4
Sana13.02.2024
Hajmi138,16 Kb.
#155924
1   2   3   4
Bog'liq
Makaron mahsulotlari
1-modul mustaqil ta'lim (1), 103-guruh, d3c58f55-a7e8-4a7d-b2b8-687f2d998bed (3), Fizika.3-mavzu, TAT.Dars ishlanma, UMAR HAYYOM FALSAFIY QARASHLARI, Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org, Ekologiya fanid-WPS Office, TKTIYF 2 8, 9-синф, Mehnat-5, 1.ma ruza, 2 5226507378509221292, gess nizami
Tayanch iboralar: Makaron, vermishel, ugra, shakldor makaron mahsulotlari, makaron xamiri, makaron pressi, nam makaron mahsulotlari quritgichlari
Makaron mahsulotlari - bugʻdoy uni hamirilan quritib tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari. Makaron mahsulotlari turli oʻlcham va shakllarda ishlab chiqariladi. Shakli va oʻlchamlariga koʻra, makaron (uz. kamida 15 sm, qalinligi 1,5 mm dan ortiq boʻlmagan naysimon mahsulot), ugra, vermishel, shakldor (chiganoq, yulduzcha va boshqalar) xillari bor. Makaron mahsulotlari toʻyimliligi va taʼmi buzilmasdan uzok, saqlanishi, oson pishishi bilan boshqa mahsulotlardan ajralib turadi. Tarkibida 12—13% oqsil moddalar, 70% dan oshik, uglevodlar mavjud. Namligi 12,5—13% oshmaydi. Makaron mahsulotlari uzluksiz ishlaydigan avtomat liniyalar oʻrnatilgan maxsus Makaron mahsulotlari f-kparida ishlab chiqariladi. Oʻzbekistonda non kombinatlari qoshida Makaron mahsulotlari sexlari mavjud
Makaron mahsulotlari un va suvdan, ba’zida esa oqsilli boyituvchilar yoki ta’m beruvchi moddalar qo‘shib tayyorlangan oshpazlik yarimtayyor mahsuloti hisoblanadi. Makaron mahsulotlari tez pishishi (qaynatish davomiyligi naviga qarab 3-20 minut), boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan yaxshi moslashishi va oziqaviylik qiymatining yuqoriligi tufayli kundalik hayotda, umumiy ovqatlanishda va oziqaviy konsentratlar ishlab chiqarishda juda keng qo‘llaniladi. Namligi past (13%) bo‘lganligi bois xossalarini o‘zgartirmas- dan bir yildan ortiq saqlanadi, tashishga chidamli
Bug‘doy turi va unning naviga ko‘ra makaron mahsulotlari A, B, V guruhlarga va 1, 2-sinflarga bo'linadi: A guruhiga-qattiq bug‘doy unidan; В guruhiga-shaffofligi yuqori bo‘lgan yumshoq bug‘doy unidan; V guruhiga-yumshoq bug'doydan tortilgan novvoylik unidan tayyorlangan mahsulotlar; 1-sinfga-oliy navli undan; 2-sinfga-birinchi navli undan tayyorlangan mahsulotlar kiradi. Ta’m beruvchi va boyituvchi qo'shimchalar qo‘shib makaron mahsulotlari tayyorlanganda guruh va sinf ko‘rsatkichlari yoniga mos qo‘shimchaning nomi ham qo‘shiladi, masalan, В guruh, 1-sinf, tuxumli, V guruh, 2-sinf, tomatli va hokazo. GOST 875 ga ko‘ra makaron mahsulotlari quyidagi tiplarga bo‘linadi; naysimon, ipsimon (vermishel), tasmasimon (ugra) va shakldor. 0 ‘z navbatida makaron mahsulodarining tiplari xillarga (podtiplarga) va turlarga bo‘linadi.
Naysimon mahsulotlar shakli va uzunligiga ko‘ra makaronlar, shoxchalar va perolarga bo‘linadi. Ipsimon mahsulotlar-vermishel turli kesim va uzunlikka ega bo'lishi mumkin. Uzunligi 1,5 sm dan kam boimagan-kalta qirqilgan, 20 sm dan kam bo‘lmagan-uzun holda ishlab chiqariladi. Xorijda ishlab chiqarilgan uzun vermishel s p a g e 11 i deb nomlanadi. Tasmasimon mahsulotlar-ugra o‘lchami va shakliga ko‘ra chetlari silliq yoki taram-taram yuzali; to‘g‘ri, arrasimon, to‘l- qinsimon, uzun va kalta qirqilgan hollarda ishlab chiqariladi. Ugraning kengligi-3 mm dan 10 mm gacha («To‘lqin» nomliniki-25 mm gacha).
Shakldor mahsulotlar presslash yoki shtamplash yo‘li bilan tayyorlanadi. Shakldor mahsulotlar istalgan shakl va o‘lchamlarda ishlab chiqarilishi mumkin, ammo ular istalgan qismining kesimidagi eng katta qalinligi presslangan mahsulotlar uchun 3,0 mm, shtamplangan mahsulotlar uchun 1,5 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak.



Download 138,16 Kb.
1   2   3   4




Download 138,16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jizzax politexnika institute huzuridagi Sharof Rashidov politexnikumi “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” yo`nalishi 123-guruh talabasi

Download 138,16 Kb.