• Mavzu: “Makaron mahsulotlari” REJA: 1. MAKARON MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI 2. MAKARON MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHNING TEXNOLOGIK SXEMASI
  • 1. MAKARON MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI
  • Jizzax politexnika institute huzuridagi Sharof Rashidov politexnikumi “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” yo`nalishi 123-guruh talabasi




    Download 138.16 Kb.
    bet1/4
    Sana13.02.2024
    Hajmi138.16 Kb.
    #155924
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Makaron mahsulotlari
    1-modul mustaqil ta'lim (1), 103-guruh, d3c58f55-a7e8-4a7d-b2b8-687f2d998bed (3), Fizika.3-mavzu, TAT.Dars ishlanma, UMAR HAYYOM FALSAFIY QARASHLARI, Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org, Ekologiya fanid-WPS Office, TKTIYF 2 8, 9-синф, Mehnat-5, 1.ma ruza, 2 5226507378509221292, gess nizami




    Jizzax politexnika institute huzuridagi Sharof Rashidov politexnikumi “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” yo`nalishi 123-guruh talabasi
    O`ktambekova Zarnigor Baxrom qizining
    Oziq-ovqat texnologiyasi” fanidan tayyorlagan
    MUSTAQIL ISHI
    Mavzu: “Makaron mahsulotlari”


    Jizzax-2024
    Mavzu: “Makaron mahsulotlari”
    REJA:
    1. MAKARON MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI
    2. MAKARON MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHNING TEXNOLOGIK SXEMASI

    KIRISH
    Bugungi kunda Respublikamizda makaron mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari keng rivoj topgan bо‘lib, Andijon, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatilarida qо‘shma korxonalar va sexlar faoliyat kо‘rsatmoqda. Hozirgi kunda makaron ishlab chiqarishning rivojlanishi makaron xamirini qorish, yarim fabrikatlarni bо‘laklash, mahsulot assortimentini kengaytirish (xamirga vakuum ishlov berish, teflon qoplamali matritsalar, tez pishadigan va qaynatishni talab qilmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish, noan’anaviy xom ashyolardan foydalanish) yо‘nalishlarida amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda makaron mahsulotlari ishlab chiqarish, iste’mol qilish va eksport qilishda Italiya yetakchi hisoblanadi: yillik makaron mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi yiliga 1800 - 2500 tonnani, aholi jon boshiga makaron mahsulotlari iste’mol qilish 26 kg ni va eksport ishlab chiqarilgan mahsulotning 20% - ini tashkil qiladi. Ikkinchi о‘rinni AQSH egallaydi: yiliga 1300 - 800 ming tonna mahsulot ishlab chiqariladi, aholi jon boshiga makaron mahsulotlari iste’mol qilish yiliga 14 kg ga yetadi. MDH mamlakatlaridan makaron mahsulotlarini ishlab chiqarishda Rossiya yetakchilik qilmoqda. Rossiyada aholi jon boshiga yiliga 7,2 kg makaron mahsulotlari tо‘g‘ri kelsa, yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi 774,8 ming tonnani tashkil qiladi. Respublikamizda ushbu mahsulotni iste’mol qilish aholi jon boshiga 6 kg ni tashkil qilsa, makaron mahsulotlari ishlab chiqarish yiliga 21,9 ming tonnagacha yetadi. Aholi jon boshiga eng kо‘p makaron mahsulotlari ishlab chiqariladigan Italiyada, makaron mahsulotlari deb qattiq bug‘doy donidan (Tritikum durum) tortilgan maxsus un - yorma va yarimyormadan tayyorlangan xamirga shakl berish va quritish yо‘li bilan tayyorlangan mahsulotlarga aytiladi. Makaron mahsulotlarini tayyorlash uzoq о‘tmishga borib taqaladi. Jumladan ugra tayyorlash tо‘g‘risidagi birinchi ma’lumotlar eramizning о‘ninchi yillarida rimlik taomsevar Apicho ismli shaxs tomonidan tayyorlangan traktatda keltirilgan. Italiyada makarondan taomlar tayyorlash bо‘yicha ma’lumotlar, Marko Poloning XIII asr oxiridagi Xitoyga sayohatidan ancha oldinga, ya’ni eramizning XII asriga tо‘g‘ri keladi. “Makaron” sо‘zining о‘zi italyancha emas, u yunonchadan kelib chiqqan bо‘lib, macros - uzun yoki makares - shukronalik ma’nolarini bildiradi. Bu sо‘z yunonoshpazlari bо‘lgan taniqli italyan oilalarining oshxonasida paydo bо‘lgan deb hisoblaydilar. 6 О‘rta Osiyoda xususan О‘zbekiston hududida qadimdan makaronga о‘xshash xamirli taomlar tayyorlanib kelingan. Bulardan lag‘mon, shilpildoq, shivit oshi, ushoq barak, ugra oshi, sutli ugra, tovuq gо‘shtli ugra, oshi rishta, oshi burida singari taomlarni misol qilib kо‘rsatish mumkin. Lag‘mon (xitoycha «la myan» - chо‘zilgan xamir) – pishitilgan xamirdan chilvir qilib chо‘zilib tayyorlanadigan taom. Lag‘monning kesma lag‘mon, chо‘zma lag‘mon, qovurma lag‘mon, shiman, shivitoshi va boshqa turlari mavjud. Shivit oshi - Xorazmcha lag‘mon, yashil lag‘mon nomlari bilan dunyo taomnomasiga kiritilgan bu ne’matyozning jazirama kunlaridagi eng tansiq ovqatlardan biri hisoblanadi. Shilpildoq – xamirdan tayyorlanadigan taom turi bо‘lib, Italyancha lazaniga о‘xshaydi. "Oshi burida" Tojikistonning tog‘li hududlarida avloddan - avlodga о‘tib kelayotgan retseptura bо‘yicha xamir bо‘laklari qо‘shib tayyorlanadigan taom. XIV asrning о‘rtalarigacha makaron mahsulotlari faqat uy sharoitlarida tayyorlangan. Dastlabki sodda jihozlarga ega bо‘lgan makaron tayyorlovchi sexlar XIV asr oxirida Italiyada paydo bо‘lgan. Xamir dastlab qо‘lda qorilgan va uzun dastakli xamir ezgichda qо‘shimcha ishlov berilgan. Makaronlar va vermishel vintli yog‘och qо‘l presslarida presslangan, sex xonalarida ramkalarga osib quritilgan. Sanoatlashgan usulda makaron tayyorlash Italiyada XVIII oxirida, undan keyinroq Fransiya va Germaniyada paydo bо‘lgan. Ishlab chiqarishda asosan qо‘l mehnatidan foydalanilgan. Ot qо‘shilgan uzatmali makaron presslariga ega bо‘lgan dastlabki italyan makaron fabrikasi XVIII asrning 60 - yillarida paydo bо‘lgan. Rossiyada kustar usulda makaron ishlab chiqarish Pyotr 1 davrida xorijiy hunarmandlar sharofati bilan paydo bо‘lgan deb hisoblanadi. Birinchi makaron fabrikasi 1879 yilda Odessa shahrida qayd etilgan. Krepostnoylik davrida ham makaron ishlab chiqarish foydali hisoblangan, chunki makaron mahsulotlarining tannarxi un tannarxidan 6 marta yuqori bо‘lgan. Shu sababli qattiq bug‘doydan olinadigan rus makaron uni va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish xorijliklarning e’tiborini tortgan. Faqatgina XIX asrga kelibgina ishlab chiqarishning bu sohasi mahalliy tadbirkorlar ixtiyoriga о‘ta boshlagan. XIX asrda texnikaning rivojlanishi otli uzatmalarni bug‘li mashinalarga almashtirish, qattiq makaron xamiriga ishlov berish uchun mexanik xamir 7 toblagichlarning yaratilishiga, qudratli gidravlik presslarning paydo bо‘lishiga olib keldi. Makaron mahsulotlari ishlab chiqarishning bunday davriy usuli, quritish usullari, turli о‘zgarishlar va takomillashtirishlar bilan Italiyada о‘tgan asrning 30 - yillarigacha, sobiq ittifoqda 60 yillargacha, ya’ni uzluksiz ishlovchi yagona agregatda makaron ishlab chiqarishning quritishgcha bо‘lgan barcha jarayonlari mujassamlashgan shnekli presslar paydobо‘lishi va ommalashuviga qadar amalda bо‘lgan. Dastlabki shunday press 1933 yildaitaliyalik muhandislar Mario va Djuzeppe Braybantilar tomonidan yaratilgan. Makaron sanoatining rivojlanishidagi keyingi qadam uzluksiz ishlovchi quritgichlarning joriy etilishi va ular asosida shnekli presslar bilan uyg‘unlashtirilgan mexanizatsiyalashtirilgan liniyalarning paydo bо‘lishi hisoblanadi. 1945 - 1948 yillarda kalta mahsulotlar ishlab chiqaruvchi «Braybanti» (Italiya) firmasining, 50 - yillarda «Byuler» (Shveysariya) firmasining uzun mahsulotlar ishlab chiqarishga mо‘ljallangan liniyalari yaratildi. Respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish va chetdan xomashyo, butlovchi qismlar va oziq-ovqat mahsulotlari keltirishni qisqartirish maqsadida import о‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirish borasida Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tomonidan keng isloxatlar olib borilmoqda1
    1. MAKARON MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI

    Download 138.16 Kb.
      1   2   3   4




    Download 138.16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jizzax politexnika institute huzuridagi Sharof Rashidov politexnikumi “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” yo`nalishi 123-guruh talabasi

    Download 138.16 Kb.