MAKARON MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHNING TEXNOLOGIK SXEMASI




Download 138,16 Kb.
bet3/4
Sana13.02.2024
Hajmi138,16 Kb.
#155924
1   2   3   4
Bog'liq
Makaron mahsulotlari
1-modul mustaqil ta'lim (1), 103-guruh, d3c58f55-a7e8-4a7d-b2b8-687f2d998bed (3), Fizika.3-mavzu, TAT.Dars ishlanma, UMAR HAYYOM FALSAFIY QARASHLARI, Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org, Ekologiya fanid-WPS Office, TKTIYF 2 8, 9-синф, Mehnat-5, 1.ma ruza, 2 5226507378509221292, gess nizami
MAKARON MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHNING TEXNOLOGIK SXEMASI
Makaron mahsulotlari ishlab chiqarislining texnologik sxemasi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: xomashyoni saqlash va ishlab chiqarishga tayyorlash, xamir tayyorlash; mahsulotlarga shakl berish, ularni boiaklash; qiiritish, qadoqlash, joylash va saqlash. Kalta qirqilgan makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologik sxemasi Un avtountashlagichlar bilan keltiriladi va qabul qilish taxtasi 6 dan material o'tkazuvchi quvur 7 orqali pnevmatik tashish usulida o‘lchanadigan tenzometrik qurilmasiga ega siloslar 5 ga beriladi. Siloslar ventilator I, tebranadigan filtrlar 2, bo‘shatuvchi siklon 3 va havo o'tkazuvchi quvur 8 dan iborat aspiratsiya tizimi bilan ta’minlangan. Shnekli dozatorlar 4 yordamida turli siloslardagi unni har xil nisbatlarda shnek 19 bilan aralashtirish mumkin. Un elash mashinasi 18 dan o'tgandan keyin rotorli ta’minlagich 16 dan ventilator 17 dan beriladigan havo yordamida aerozol ko‘rinishida xamir qorish bo‘limiga yuboriladi va u yerda siklon 9 da havodan ajraladi va xamir aralashtirgich 11 ga tushadi. Shu yerning o‘ziga sarflovchi bak 12 dan dozator 10 yordamida emulsiya beriladi. Emulsiya aralashtirgich 14 da tayyorlanadi, u yerdan nasos 13 bilan sarflovchi bakka tortiladi. Suv aralashtirgichga termoregulator 15 orqali beriladi.
Xamir aralashtirgich И alohida uch kameraga bo‘lingan bo‘lib, ular orqali ketma-ketlikda xamir o‘tadi. Oxirgi kamerada xamir vakuum-nasos yordamida vakuurnlatiadi. Keyin xamir press 20 ga tushadi. Pressdan chiqqanda yopishib qolishini oldini olish uchun shakl berilgan nam makaron mahsulotlari havo bilan puflanadi. Pichoq mexanizmi bilan kesilgandan keyin mahsulot sochiluvchan holda avval dastlabki quritish kamerasi 21 ga, keyin oxirgi quritish kamerasi 22 ga tushirib quritiladi. Kameralarda belgilangan issiqlik rejimi saqlab turiladi. Qiiritilgandan keyin issiq mahsulot barqarorlashtiruvchi yig‘gichlar 24 da saqlanadi. Bu yerda mahsulot sekinlik bilan xona haroratida soviydi va namlik bir tekis taqsimlanadi. Tayyor mahsulot qadoqlovchi avtomat 25 ga beriladi. Makaron mahsulotlari yupqa kartondan tayyorlangan qutichalarga, sellofan yoki polietilen paketlarga qadoqlanadi. Qutilarga joylangan va tamg‘alangan mahsulot omborga yuboriladi.


Download 138,16 Kb.
1   2   3   4




Download 138,16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MAKARON MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHNING TEXNOLOGIK SXEMASI

Download 138,16 Kb.