|
Mavzu: Undosh tovushlar va harflar. Mavzuga oid tayanch tushunchalar
|
bet | 1/2 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 20,31 Kb. | | #139686 |
Bog'liq TAT.Dars ishlanma
Dars-ishlanma tuzish
Mavzu:Undosh tovushlar va harflar.
|
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:Undosh tovushlar, harflar.
Soatlar soni: 1 soat
|
Mavzuning qisqacha ta’rifi: Undosh tovushlar va harflar haqida ma’lumot berish.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod :suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz:Darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.
Nazorat:O’quvchilarning mashg’ulotda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,mashg’ulot oxirida e’lon qilinadi.
|
Mashg’ulotning maqsadi
|
Maqsadlar:
Ta’limiy: Undosh tovushlarning xususiyatlari haqidagi bilimlarni umumlashtirish; muhini beigilariga qarab, undosh tovushlarni aniqlash ko'nikmasini o'stirish
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda insonlarga bo’lgan hurmat tuyg’ularini uyg’otish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Undosh tovushlar va harflar haqidagi ko'nikmalarni rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:O’quvchilarni har bir mashg’ulotda kitob bilan ishlashga, bajarilayotgan mashqning maqsadini tushunishga o’rganadi.
Fanga oid kompetensiyalar:Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi, o’zbek tilida nutq tovushlarini to’g’ri qo’llay oladi, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo’g’in ko’chirish qoidalariga rioya qila oladi, o’zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo’llay oladi, tinish belgilarini to’g’ri qo’llay oladi.
|
|
| |