|
Mashg’ulotning texnologik xaritasi
|
bet | 2/2 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 20,31 Kb. | | #139686 |
Bog'liq TAT.Dars ishlanmaMashg’ulotning texnologik xaritasi
T|r
|
Mashg’ulot bosqichlari
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Bajariladigan ish shakli
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash. Navbatchi axboroti.
|
Suhbat.
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
O’tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.
|
Savol- javob.
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
Undosh tovushlar va harflar
|
Ko’rgazmalilik.
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Yozuv daftari bilan ishlash
|
Daftar bilan ishlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Mashg’ulotni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish
|
Uyga vazifani tushuntirish
|
Rag’batlantirish.
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, yo’qlama qilish, o’quvchilarni mashg’ulotga tayyorgarliklarini tekshirish.
II.O’tilgan mavzuni takrorlash:
1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.
2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
III.Yangi mavzu bayoni:
1. O'yin, qo'shiq so'zlarini tovush tomondan tahlil qilish.
2. Birinchi bo'g'inda o', ikkinchi bo'g'inda i tovushi kelgan so'zlarni to'g'ri talaffuz qilish va to'g'ri yozish ko'nikmasini shakllantirish.
31-mashq.
O'quvchilar b, ch, k, j undoshlarini talaffuz qiladilar va suhbat yordamida undosh tovushlarni talaffuz qilganda, havo og'izda to'siqqa uchrashi, shuning uchun shovqin eshitilishi (ch, k) va shovqin bilan birga ozroq ovoz eshitilishi (b, j) ni aniqlaydilar. Undosh tovushlar undosh harflar bilan belgilanishini bilib oladilar.
2. Xulosani Darslikdan o'qish.
3. 32- mashq.
Bu mashqni bajarish bilan tovushning so'z ma'nosini farqlashdagi ahamiyati tushuntiriladi.
III. Muhim beigilariga qarab undosh tovushni unli tovushdan farqlash ko 'nikmasini o 'stirish.
Ikkita so'z tanlab, ular tovush tomonidan tahlil qilinadi va undosh tovush unli tovushdan uch asosiy belgisiga qarab farqlanishi aniqlanadi:
1) talaffuz qilish usuliga qarab (unli tovushni talaffuz qilganda havo og'izda to'siqqa uchramaydi, erkin o'tadi; undosh tovushni talaffuz qilganda esa havo og'izda to'siqqa uchraydi); 2) ovoz va shovqinning ishtirokiga qarab (unli tovush talaffuz qilinganda ovoz eshitiladi; undosh tovush talaffuz qilinganda, asosan, shovqin eshitiladi); 3) bo'g'in hosil qilish xususiyatiga qarab (unli tovushning o'zi bo'g'in hosil qiladi, undosh tovushlar unli tovush bilan birga bo'g'in hosil qiladi); 4) iqtisodiy bilim berish mashqi.
IV. Mashg’ulotni mustahkamlash.
33- mashq. Oila budjeti.
O'quvchilar matnni o'qiydilar. O'qituvchi yordamida matnda nima haqida gap borayotganini tushunib oladilar. So'ngra mashqning grammatik topshirig'i bajariladi.
Xattaxtaga yozilgan to'ti, to'lqin, o'ttiz, qo'shiq, ko'prik, ko'rik so'zlarini o'quvchilaiga o'qitish va to'g'ri yozilishini tushuntirib, so'z diktant yozdirish.
V.Mashg’ulot yakuni:
Mashg’ulot umumlashtiriladi, o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa: Berilgan mashqni bajarish
|
| |