|
Ishni bajarish uchun topshiriqlar
|
bet | 97/102 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 20,04 Mb. | | #257711 |
Bog'liq AKT fanidan LOBARATORIYA uslubiy ko\'rsatmaIshni bajarish uchun topshiriqlar
Axborot himoyasining asosiy jihatlarini keltirib o’ting.
Himoyaning buzilishlari haqida tushuncha bering.
Aktiv hujum bilan passiv hujumning bir-biridan asosiy farqini tushuntiring.
Fizik himoyalash vositalari haqida tushuncha bering.
Nazorat savollari
Himoyaning buzilishlariga sabab bo’luvchi hujumlar qanday klassifikasiyalanadi?
Passiv taxdidga qanday hujumlar taalluqli?
Aktiv tahdidga qanday hujumlar taalluqli?
Himoya mexanizmlari qanday metodlarga asoslanadi?
Himoya xizmati. Konfidensiallik. Autentifikasiya. Yaxlitlik. Yolg’onning mumkin emasligi. Resurslardan foydalanuvchanlik. Foydalanuvchanlikni boshqarish.
III-topshiriq.
Mavzu: Simmetrik o’rin almashtirish algoritmlari yordamida shifrlash
Kirish. Axborotlarni qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish vositalari, usullari va formalari murakkablashuvi hamda rivojlanishi bo’yicha ularni axborot texnologiyalarida ularni qo’llanilish xavfsizlik darajasidan oshib bormoqda.
Ishdan maqsad: Simmetrik kriptotizimni asosiy usullarini o’rganish va tadqiq etish.
Kerakli jixozlar: Kompyuter, dasturlar( Java, S++, S#, ixtiyoriy), printer, daftar, A4 formatdagi oq qog’oz.
Qisqacha nazariy ma’lumot:
Kriptografiya- axborotni qayta akslantirishning matematik usullarini izlaydi va tadqiq qiladi.
Kalit- matnni shifrlash va shifrini ochish uchun kerakli axborot.
Kriptoanaliz-kalitni bilmasdan shifrlangan matnni ochish imkoniyatlarini o’rganadi.
Kodlashtirish - esa axborotni ikkilik sanoq sistemasidagi “0” va “1” lardan iborat raqamli ko’rinishidir.Agar axborotni shifrlash va uni qayta tiklash uchun bir xil kalitdan foydalanilsa bunday shifrlash usuli simmetrik shifrlash usuli deyiladi.
Kriptotizimlar simmetrik va ochiq kalitli tizimlarga bo’linadi.
|
| |