-rasm. Boshqaruvning funksional tuzilmasi




Download 258 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana15.05.2024
Hajmi258 Kb.
#235709
1   2
Bog'liq
korxonalarda-boshqaruv-usullarini-qollash

1-rasm. Boshqaruvning funksional tuzilmasi 
Bozor munosabatlarini shakllantirish bo’yicha iqtisodiy islohotlar ko’p qirrali 
iqtisodiyot asoslarini barpo etishga qaratilgan bo’lib, bu jarayonning muvafaqqiyatli 
amalga oshirilishi sanoat korxonalarini zamon talablari darajasida rivojlantirib 
borishni bevosita o’z ichiga oladi. Chunki dunyo tajribasida va O’zbekistonda 
orttirilgan tajribadan ko’rinib turibdiki, hozirgi zamon iqtisodiy rivojlanishining 
muhim xususiyatlaridan biri ham mulkning ommaviy tus olib borayotganligidir. 
Ma‘lumki, respublikamizda mulkdorlar tarkibi va soni tubdan o’zgarib, mulkka 
xo’jayinlik hissining amaliy mustahkamlanishiga erishmoqda. Korxonalar aksiyalari 
ochiq savdoga chiqarilib, mulkdorlar sinfini ko’payishiga, kishilarning aksiyaga ega 
bo’lish ishtiyoqining o’sishiga erishilmoqda.
Samarali mehnat qilish, ijobiy natijalariga erishishdan ommaviy jonbozlikning 
ortishi va shu kabi boshqa muhim masalalarni hamda bu boradagi yechimi qiyin 
bo’lgan masalalar bosqichmabosqich hal etilmoqda. Bu hol boshqaruvning bozor 
iqtisodiyoti mohiyatiga monand ekanligini to’la-to’kis tasdiqlamoqda. Iqtisodiyotda 
mulkning bevosita o’z egasini topishi, kishilarning ham mulkdor, ham mehnatkash 
sifatidagi manfaatlarning uyg’unlashuvini ta‘minlashda rahbar mehnati va boshqaruv 
funksiyalarining tashkil etilishi muhim rol o’ynaydi. 
Yuqoridagilarni e‘tiborga olgan holda ta‘kidlash lozimki, sanoat korxonalarida 
xo’jalik faoliyatining ijobiy natijalari boshqaruv darajasi va sifati bilan uzviy bog’liq 
ekanligini hayotning o’zi isbotlab turibdi. Shuning uchun sanoat korxonalarida 
boshqaruvning strategik yo’nalishlarini aniq belgilab olish, uning tarkibiy tuzilishini 
muvofiqlashtirish va boshqaruvning samarali mexanizimi har bir korxona faoliyatiga 
xos bo’lgan jiharlar asosida tashkil etish istiqboli rivojlanishning asosiy garovi bo’lib 
qolmoqda.
Fikrimizcha boshqaruvni yaxshilash uchun quyidagi takliflarni amalga oshirish 
kerak:
1.O’zbekiston Respublikasida sanoat korxonalarini boshqarishni milliy 
modelini yaratish borasida ilmiy izlanishlar zarur. Rahbar funksiyalari mavzusini 
tadqiq etishni rivojlantirish borasida uni davlat granti mavzulariga kiritish lozim.


JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 5 (September) ISSN: 2181-3000 
Page 2/8 
2.O’zbekiston va uni regionlari sharoitdan kelib chiqib boshqaruv 
samaradorligiga ta‘sir etuvchi tashqi va ichki omillar turkumlanishini ishlab chiqish 
kerak.
3.Boshqaruv faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun avvalambor 
korxona ixtiyoridagi iqtisodiy resurslarning har bir birligidan tejamkorlilik bilan 
foydalanish yo’lga qo’yish lozim. Har bir birlik iqtisodiy resursdan chiqadigan 
mahsulot miqdorini oshirishga harakat qilish kerak. Masalan, xom ashyodan 
chiqadigan mahsulot miqdorini oshirishga erishish kerak. Natijada, resurslarni tejash 
orqali korxonaning foydasi ortadi va samaradorligi darajasi yuksaladi.
4. Boshqaruv maqsadlarini to’g’ri shakllantirish va strategik maqsadlarga 
erishish yo’lidagi operativ maqsadlarni to’g’ri tuzish va har bir davrda bu operativ 
rejalarni bajarilishini ta‘minlash.
5. Korxonalardagi ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirishga tomon 
harakatni amalga oshirish. Ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyani qo’llash 
hamda ularning har biridan iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo’lida foydalanish. 
Korxonaga o’rnatiladigan har bir texnik va texnologik jixozning iqtisodiy samara 
berishiga erishish.
6. Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish. Ishlab 
chiqarishni tashkil etish tamoyillaridan oqilona foydalanish. Ishlab chiqarishni tashkil 
etishda uzluksizlik, tejamkorlilik, to’g’ri oqimlilik, mutanosiblik, unumdorlilik kabi 
tamoyillarni qo’llash.
7. Korxonalarda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish. Boshqaruv faoliyatida 
boshqaruvning zamonaviy tamoyillari va usullaridan foydalanish, rahbarning 
mas‘uliyatini va imtiyozlarini oshirish. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
1.
O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari 
to’g’risida” gi Qonuni. Qonunlar to‘plami. T.: “Adolat”, 2001. 
2.
Akbarxodjayev Z.Z. “Innovatsion menejment”. O‘quv – uslubiy majmua. T.: 
“TDIU”, 2012. 
3.
Taraxtiyeva G.K. “Innovatsion menejment”. O‘quv qo‘llanma. T.: “Fan va 
texnologiya”, 2013. 
4.
Qosimova D.S. “Menejment nazariyasi”. O‘quv – uslubiy majmua. T.: 
“TDIU”, 2011.

Download 258 Kb.
1   2




Download 258 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Boshqaruvning funksional tuzilmasi

Download 258 Kb.
Pdf ko'rish