JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 5 (September) ISSN: 2181-3000
Page 2/5
KORXONALARDA BOSHQARUV USULLARINI QO'LLASH
Siddikov A.A.
SamISI “Menejment” kafedrasi katta o’qituvchisi
Annotatsiya.
Mazkur maqolada bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat olib
borayotgan korxonalar boshqaruv tizimini takomillashtirish, korxonalarda boshqaruv
usullarini qo’llash orqali samaradorlikka erishish imkoniyatlari bo’yicha muallif
tomonidan fikr mulohazalar keltirilgan hamda taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so’zlar:
menejment, iqtisodiyot, korxona, boshqaruv usullari.
Abstract.
In this article, the author's opinions on improving the management
system of enterprises operating in our country today, the possibilities of achieving
efficiency through the use of management methods in enterprises, and suggestions
and recommendations are developed.
Key words:
management, economy, enterprise, management methods.
Hozirgi paytdagi Respublikamiz milliy iqtisodiyot tarmoqlarida, shu jumladan
sanoat korxonalarida ham boshqaruv tamoyillarini tubdan qayta ko’rib chiqishni
taqozo etmoqda. Bu borada Respublikamiz Prezidenti quyidagilarni ta‘kidlab o’tdi:
―... korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni
yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish.
Bu vazifa avvalambor iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, eksportga yo’naltirilgan va
mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarish quvvatlariga tegishlidir.
Bu o’rinda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta
jihozlash, xalqaro sifat standartlariga o’tish bo’yicha qabul qilingan tarmoq
dasturlarini amalga oshirishni tezlashtirish vazifasi qo’yilmoqda. O’z navbatida, bu
mamlakatimizning ham tashqi, ham ichki bozorda barqaror mavqega ega bo’lishini
ta‘minlash imkonini beradi.
Shuning bilan birga modernizatsiya va xalqaro standartlarga o’tish nafaqat
ishlab chiqarish vositalariga balki boshqaruv tizimiga ham bevosita bog’liqdir.
Mamlakatimizda beqiyos iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan bugungi kunda
yangicha dunyoqarashdagi zamonaviy rahbarlar faoliyati muhim ahamiyatga egadir.
Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta‘kidlaganidek, “O’zbekistonimizning
ertangi kuni ma‘naviy-madaniy barkamol, ruhan tetik, mustaqil fikrlash va ishlash
qobiliyatiga ega bo’lgan, zamonasining ilmiytexnika taraqqiyoti talablariga mos,
kasb-kor mahoratini o’zida mujassam etgan, g’ururi baland, iymoni butun, irodasi
baquvvat, chinakam vatanparvar, insofli va oriyatli insonlar qo’lida deb aytsak, aslo
mubolag’a bo’lmas.
Respublikamizda bozor munosabatlarining joriy etilishi natijasida iqtisodiyot
tarmoqlarida xususiy mulkchilikka asoslangan tadbirkorlik tuzilmalari jadal
rivojlanmoqda. Albatta bu o’zgarishlarning markazida inson, uning mehnati, undagi
tadbirkorlik salohiyati yotadi. Bu jarayonda yuzaga keluvchi ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarni tadqiq etish menejment fanining vazifasidir. Iqtisodiy adabiyotlarda
JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 5 (September) ISSN: 2181-3000
Page 2/6
tashkilot, korxona, firma, korporatsiya, kompaniyalar tirik organizmga qiyoslanadi.
Unga ko’ra tashkilot yoki korxona tug’ilishi, ulg’ayishi va tanazzulga yuz tutishi
tabiiy holdir.
Menejment fanida tashkilotga – yagona maqsad yo’lida birlashgan insonlar
majmui deb ta‘rif beriladi. Demak, har qanday korxona inson resurslaridan tashkil
topadi. Shunday ekan, tashkilot muvaffaqiyatini ya‘ni belgilangan maqsadga
etishishini ko’p jihatdan undagi kishilarning tayyorgarligi, xohishi va ishbilarmonligi
ta‘minlaydi. Bu esa tashkilot yetakchilari, ya‘ni rahbarlardan ishga alohida mas‘uliyat
bilan yondashishni talab etadi.
Xorijlik iqtisodchi olimlar tomonidan boshqarish tushunchasiga turlicha
ta‘riflar beriladi jumladan M.X.Meskon, M.Albert, F. Xedourilar: “Boshqarish – bu
tashkilotning maqsadlarini aniqlash va ularga erishi uchun rejalashtirish, tashkil etish,
motivatsiya va nazorat jarayonidir” deb ta‘rif beradilar. P.F.Druker esa boshqaruvga
“... betartib olomonni samarali va mahsuldor guruhga aylantiruvchi alohida faoliyat
turidir” deb hisoblaydi. S. G’ulomov o’zining “Menejment asoslari” nomli kitobida
menejmentga shunday ta‘riflar beradi:
1. Menejment - bu iqtisodga taalluqli, bozor munosabatlariga asoslangan
alohida boshqaruv turidir.
2. Menejment iqtisodiy boshqaruv usullariga asoslanib daromad va foyda
olishni ko’zda tutadi.
3. Menejment – bu maqsadga muvofiq boshqaruv usuli yoki bu mehnatni
samarali tashkil qilishga yo’naltirilgan boshqaruv.
4. Bu mahsulot sifatini va mehnat unumdorligini oshirishni o’z vazifasi deb
biluvchi boshqaruvdir.
5. Menejment – bu yuqori malakali boshqaruvdir. Bu tashkiliy faoliyat turi
bo’lib, uning muhim bo’g’ini, bu aniq boshqaruv sharoitlarini, yangiliklar loyihasini
ishlanishi, tashkilot taraqqiyotining taktikasi va strategiyasi, shuningdek, boshqalarni
har tomonlama va aniq tahlil qilishdir.
6. Menejment o’zining egiluvchan va uddaburon boshqaruv tizimi deb biladi,
o’z vaqtida qayta tuzilish, bozor kon‘yunkturasi, hamda raqobat kurashi, ijtimoiy
taraqqiyot omilini ziyraklik bilan seza olish qobiliyatiga ega.
7.Menejment – bu shunday faoliyatki, bunda inson xarakatlarini tayyorlash,
tashkil qilish va to’g’ri yo’lga solish haqidagi san‘atdir.
M.Qosimov tomonidan: “Menejment – bu tashkilotning maqsadiga
erishishidagi munosabatlar va faoliyatlarni rejalashtirish, resurslardan samarali
foydalanishni tashkil etish, mehnat taqsimotini oqilona muvofiqlashtirish, xodim
orasida moyillik mexanizmini adolatli qo’llash va ularning bajarilishini nazorat
qilishdir. Buning uchun hodisalar, jarayonlar, munosabatlar va xizmatlar haqida
ma‘lumotlar to’planadi, ularga ishlovlar beriladi, tahlil qilinadi, o’rganiladi,
boshqaruv echimlari qabul qilinadi rahbarlar rahnamolik qiladi”, – deb ta‘rif beriladi.
Har bir sanoat korxonasi ichida o’ziga xos boshqarish nuqtai nazari bor.
Korxonadagi ichki bo’lim va bo’linmalardagi turli jarayonlar, me‘yorlar, yechim
qabul qilish, kommunikatsiya kabilar boshqaruv apparatiga bevosita ta‘sir ko’rsatadi.
JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 5 (September) ISSN: 2181-3000
Page 2/7
Bu jarayonda salmoqli o’rinni texnologiya, xodimlar, tashkiliy madaniyat, ishlab
chiqarishni boshqarish, moliyani boshqarish, shaxsni boshqarish, rahbarning
rahnamolik sifatiga qarab boshqarish kabilar egallaydi.
Sanoat korxonalarida boshqaruvning funksional strukturasini quyidagi 1 – rasm
orqali aks ettirish mumkin:
|