1-rasm. Tanlangan yillarda global internet-trfik evolyutsiyasi. Ma’lumot to‘plash va undan foydalanishning rivojlanishi va siyosati oqibatlari
ma’lumotlar turiga bog‘liq:
▪shaxsiy yoki shaxsiy bo‘lmagan;
▪xususiy yoki jamoaviy;
▪tijorat yoki davlat maqsadlarida;
▪ko‘ngilli, kuzatilgan▪ta’sirchan yoki ta’sirchan bo‘lmagan.
Ma’lumotlar to‘plash, ma’lumotlardan tushunchalarni ishlab chiqarish,
ma’lumotlarni saqlash, tahlil qilish va modellashtirishni qo‘llab-quvvatlaydigan
firmalarni o‘z ichiga olgan "ma’lumotlar qiymati zanjiri" butunlay rivojlandi. Tannarx
berilgan ma’lumotlar raqamli intellektga aylantirilib, tijorat masalalarida foydalanish
uchun pulga aylantirilganda shakllanadi.
Raqamli platformalar Internetda bir nechta tomonlarni birgalikda harakatlanish
uchun birlashtirish mexanizmlarini ta’minlaydi. Tranzaksion platformalar va
innovatsion platformalar mavjud bo‘lib, tranzaksion platformalar - bu ikki yoki ko‘p
tomonlama bozor, u turli tomonlar o‘rtasidagi almashinuvlarni qo‘llabquvvatlaydigan
onlayn infratuzilma. Ular yirik raqamli korporatsiyalar (Amazon, Alibaba, Facebook
va eBay singari), shuningdek, raqamli qo‘llab-quvvatlanadigan tarmoqlarni (Uber,
Didi Chuxing yoki Airbnb) ma’qul ko‘radiganlar uchun asosiy biznes modeliga
aylandi.
Innovatsion platformalar, masalan, operatsion tizimlar (masalan, Android yoki
Linux) yoki texnologiya standartlari (MPEG video) shaklida ilova dasturlar va dasturiy
paketlar ishlab chiqish uchun kod va kontent ishlab chiqarish uchun muhit yaratadi.
So‘nggi o‘n yillikda butun dunyo bo‘ylab raqamli ma’lumotlarga asoslangan biznes
modellaridan foydalangan holda ko‘plab raqamli platformalar paydo bo‘ldi va ular
mavjud sanoat tarmoqlari o‘rnini egalladi. Platformalarning ustunligi shundaki, bozor
kapitallashuvi bo‘yicha dunyodagi yetakchi sakkizta kompaniyaning yettitasi
platformagaasoslangan biznes modellaridan foydalanishadi
.
JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 3, ISSUE 1 (May) ISSN: 2181-3000
Page 1/9