• Muhokama va natijalar.
  • Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili




    Download 238,11 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana18.05.2024
    Hajmi238,11 Kb.
    #241304
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1.2.Po\'latov X.

    Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili
    . Raqamli iqtisodiyot tushunchasi ilk bor 
    1990-yillarda Yaponiya inqirozi davrida yapon professori tomonidan qo‘llanilgan. 
    1995-yil Yevropada Don Tapskotning “Цифровая экономика: oбeщaние и 
    oпaснoсть в эпоху сeтeвoйрaзвeдки” asari va 1995-yil Nikolas Negroponte 
    (Masachusets, AQSh) ning tadqiqot ishida qo‘llanilgan . 
    Muhokama va natijalar. 
    Iqtisodiyot - bu xo‘jalik faoliyatini yuritish bo‘lib, 
    bunda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko‘rinshidagi 
    ma’lumotlar bo‘lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash 
    natijasini tahlil qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, 
    texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan 


    JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
    www.jmbm.uz VOLUME 3, ISSUE 1 (May) ISSN: 2181-3000 
    Page 1/7 
    samaraliroq yechimlar tatbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot 
    bu onlayn xizmatlar ko‘rsatish, elektron to‘lovlar amalga oshirish, internet savdo, 
    kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini 
    rivojlanishi bilan bog‘langan faoliyatdir. Fikrimizcha raqamli iqtisodiyot – iqtisodiy 
    resurslar taqchilligi sharoitida raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan 
    va boshqariladigan iqtisodiy faoliyat. Har qanday iqtisodiy tizim oldida turgan asosiy 
    muammo bu resurslar taqchilligi bilan bog‘liq raqamli iqtisodiyotda ham asosiy e’tibor 
    ushbu muammoni hal qilishga qaratilmog‘i lozim. Tadqiqot metodologiyasi Maqolada 
    raqamli platformalarning jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini o‘rganishda qiyosiytadrijiy 
    tahlil, yuqori va quyi o‘rinlardagi kompaniyalarning bozor kapitallashuvi, transmilliy 
    kompaniyalarning raqamli platformalar asosida rivojlanish tendensiyalari tahlilida 
    statistic matematik, hududlar kesimida Internet qamrovi statistik guruhlash va 
    taqqoslash usullaridan foydalanildi.
    Shuningdek, raqamli iqtisodiyot rivojlanishi asosida internet trafiklaridan 
    foydalanish holati dinamik tahlil asosida yoritib berilgan. Raqamli iqtisodiyotning 
    quyidagi afzalliklari ajratiladi:
    • mehnat unumdorligini 40 %gacha oshirishi taxmin qilinadi;
    • raqamli iqtisodiyot juda katta miqdordagi mashina o‘qishi mumkin bo‘lgan 
    ma’lumotlarni (raqamli ma’lumotlar) to‘plash,foydalanish va tahlil qilish qobiliyatiga 
    ega;
    • onlayn platformalar orqali sotiladigan yangi ish shakllarining yuzaga kelishi;
    • raqamli transformatsiya maxsus xizmatlar uchun savdo infrastrukturasining 
    o‘zgarishi;
    • sanoat mahsulotlarieksporti endilikda AKT mahsulotlari va xizmatlariga 
    bog‘liq bo‘lib qolmoqda;
    • raqamli iqtisodiyot juda qisqa vaqt ichida ulkan boyliklarni keltirib chiqardi, 
    ammo bu boylik oz sonli shaxs, kompaniya va mamlakatlar atrofida to‘plangan. 
    Amaldagi siyosat va qoidalar asosida ushbu traektoriya davom etishi mumkin, lekin 
    bu tengsizlikning kuchayishiga olib keladi. Shu bilan birga ushbu iqtisodiyotning 
    ayrim ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Ular quyidagilar:
    • yangi texnologiyalar, ayniqsa sun’iy intellekt, muqarrar ravishda mehnat 
    bozorida katta o‘zgarishlarga olib keladi, jumladan, ba’zi tarmoqlarda ish o‘rinlarining 
    yo‘qolib ketishi va boshqalarida keng miqyosda imkoniyatlar yaratilishiga olib keladi;
    • raqamli iqtisodiyot bir qator yangi va turli xil ko‘nikmalar, ijtimoiy himoya 
    siyosatining yangi avlodi, ish va bo‘sh vaqt o‘rtasidagi yangi munosabatlarni talab 
    qiladi; 
    • raqamli iqtisodiyot, shuningdek, kiberxavfsizlik buzilishlaridan tortib 
    noqonuniy iqtisodiy faoliyatga ko‘maklashish va shaxsiy hayotning maxfiy 
    tushunchalariga qadar yangi xavflarni keltirib chiqaradi.
    Raqamli iqtisodiyot deyarli hamma narsaga oid juda katta miqdordagi mashina 
    o‘qishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni (raqamli ma’lumotlar) to‘plash, foydalanish va 
    tahlil qilish qobiliyatiga asoslangan holda katta tezlikda rivojlanishda davom etmoqda 
    Masalan, Global Internet Protokol (IP) trafigi, ma’lumotlar oqimi uchun proksi 1992-


    JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
    www.jmbm.uz VOLUME 3, ISSUE 1 (May) ISSN: 2181-3000 
    Page 1/8 
    yilda kuniga 100 gigabaytdan (GB) 2017- yilda sekundiga 45000 Gb dan oshdi va 
    dunyo faqat ma’lumotlarga asoslangan iqtisodiyotning dastlabki kunlaridadir. Shu 
    yo‘sinda 2022-yilga kelib global IPtrafik sekundiga 150,700 Gbaytga yetkazilishi 
    prognoz qilinmoqda (1-rasm). 

    Download 238,11 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 238,11 Kb.
    Pdf ko'rish