JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 3, ISSUE 1 (May) ISSN: 2181-3000
Page 1/6
RAQAMLI IQTISODIYOTNING BUGUNGI RIVOJI: MUAMMO VA
YECHIMLARI
Po’latov Xudoyberdi O’ktamovich
SamISI mustaqil izlanuvchisi
Temirov Farux Olimjon o’g’li
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi
Annotatsiya.
Maqolada raqamli iqtisodiyotning vujudga kelishi, dunyo
iqtisodiyoti va jamiyat hayotida raqamli texnologiyalarning ahamiyati, raqamli
platformalarning rivojlanishi, raqamli iqtisodiyotning afzallik va kamchiliklari tahlil
qilingan. Tahlil asosida mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ayrim takliflar
kiritilga.
Kalit so’zlar
: Global Internet Protokol (IP) trafigi, innovatsion platformalar,
onlayn
platformalar,
raqamli
iqtisodiyot,
raqamli
platformalar,
raqamli
transformatsiya, “Raqamli O‘zbekiston – 2030”, robototexnika, sun’iy ong, “super
platforma”lar, tarmoq effekti, tranzaksion platformalar.
Kirish
. Raqamli inqilob bizning hayotimiz va jamiyatlarimizni misli
ko‘rilmagan darajada o‘zgartirib, 32 yil ichida ulkan imkoniyatlar bilan bir qatorda
ayrim muammolarni keltirib chiqardi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish AQSh,
Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya kabi yetakchi mamlakatlar uchun ustuvor
yo‘nalishlardan biridir. So‘nggi yillarda biznes va ijtimoiy soha faoliyatida
rivojlanishning yangi to‘lqini raqamli texnologiyalarning yangi avlodi, ya’ni sun’iy
ong, robototexnika, simsiz aloqa texnologiyalari yordamida ro‘y bermoqda.
Yangitexnologiyalar Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga katta hissa
qo‘shishi mumkin, ammo biz kutilgan ijobiy natijalarni ololmasligimiz mumkin. Agar
biz raqamli texnologiyalarning to‘liq ijtimoiy va iqtisodiy potensialiga erishmoqchi
bo‘lsak, kutilmagan oqibatlarga yo‘l qo‘ymagan holda davlatlar o‘rtasidagi
hamkorlikni zudlik bilan rivojlantirish zarur. Mamlakatimizda ham ushbu sohani
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev
2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2030-yilgacha “Raqamli
O‘zbekiston – 2030” dasturini amalga oshirishni taklif etdi.
|