|
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONSBog'liq 51-55JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–20_Issue-4_January_2023
54
“Arra” yoki “Zigzag”, “Birgalikda o’qiymiz” metodlari, muammoli ta’lim
texnologiyasini “Aqliy hujum”, “Keys-stadi” metodlaridan foydalanish orqali
o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish barobarida
kommunikativ kompetentsiyalarni rivojlantirish imkoniyati mavjud.
O’quvchilarda kommunikativ kompetentsiyalarni rivojlantirishda turli kechalar
va tanlovlar muhim ahamiyat kasb etadi.
O’qituvchi o’quvchilarda axborot bilan ishlash kompetentsiyasini tarkib toptirish
maqsadida mavzuga oid o’quv va videofilmlardan foydalanishi, qo’shimcha
adabiyotlar va internet saytlaridagi ma’lumotlarni saralashi, shu asosda o’quvchilarga
referat, doklad va taqdimot materiallarini tayyorlash yuzasidan topshiriqlarni berish
orqali ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishi uchun dars, darsdan tashqari ishlar,
ekskursiyalar va sinfdan tashqari mashg’ulotlardan samarali va o’z o’rnida
foydalanishi zarur.
O’qituvchi to’garakning ish rejasini tuzishda o’quvchilarda axborot bilan ishlash
kompetentsiyasini tarkib toptirish nazarda tutishi lozim.
O’qituvchi o’quvchilarning shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlanti-rish
kompetentsiyasini tarkib toptirish maqsadida o’quvchilarning mustaqil ishlari va
ta’limiga e’tibor qaratishi, o’quvchilarning o’z-o’zini baholashi uchun mavzular
bo’yicha standart va nostandart o’quv va test topshiriqlari bazasini yaratishi, uni
kompyuter xotirasiga joylashtirib adaptiv test topshiriqlariga aylantirishi, shuningdek,
o’quvchilar bilan o’tkaziladigan ma’naviyat daqiqalarida jismoniy, ma’naviy, ruhiy va
intellektual kamolotga erishishga yo’naltirish talab etiladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalar, jumladan, o’quvchi
shaxsiga yo’naltirilgan texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarning shaxs sifatida
o’z-o’zini rivojlanti¬rish kompetentsiyasini tarkib toptirish imkonini beradi.
Fanlarni o’qitish jarayonida o’quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik
kompeten¬tsiya¬sini tarkib toptirishda turli darslar, darsdan tashqari ishlar,
ekskursiyalar va guruhdan tashqari mashg’ulotlar muhim o’rin tutadi. Mazkur
jarayonda o’quvchilarni tabiat va jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlar,
mavzuga doir O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalari bilan tanishtirish,
aqliy, ma’naviy-axloqiy, iqtisodiy, huquqiy, jismoniy, mehnat tarbiyasiga e’tibor
qaratish, muayyan kasbni mukammal egallash orqali Vatan ravnaqiga hissa
qo’shish, jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish, insonlarga mehr-muruvvat
ko’rsatish, saxovatli bo’lishga undash zarur.
O’quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompeten¬tsiya¬sini tarkib toptirishda
o’qitishning barcha shakllari: dars, darsdan tashqari ishlar, ekskursiyalar va guruhdan
tashqari mashg’ulotlarda olib boriladigan ishlar muhim o’rin tutadi.
|
| |