|
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONSBog'liq 51-55JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–20_Issue-4_January_2023
53
Quyida fanlarni o’qitishda o’quvchilarda tayanch kompetentsiyalarni tarkib
toptirish imkoniyatlari yuzasidan fikr yuritiladi.
O’qituvchilar kommunikativ kompetentsiyani tarkib toptirishni nazarda tutgan
holda barcha darslarda o’quvchilarning kelgusida jamiyatda muloqotga kirishishi
uchun zarur bo’ladigan og’zaki va yozma nutqni mukammal o’zlashtirishi, o’z fikrini
aniq va tushunarli bayon etish, darslik va qo’shimcha adabiyotlardagi matn asosida
mantiqiy ketma-ketlikda savollar tuzish, savollarga yozma va og’zaki javob yozish, o’z
o’rtoqlari va ustozlar bilan muloqotda muomala madaniyati me’yorlariga amal qilish,
kichik guruhlarda ishlash jarayonida guruh a’zolarining fikrini hurmat qilgan holda o’z
fikrini bayon eta olish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish, o’zlashtirgan bilim,
ko’nikma va malakalariga asoslangan holda o’z fikrini himoya qilish va ishontira
olish, darslarda tashkil etiladigan o’quv bahslar va turli ziddiyatli vaziyatlarda o’z
ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur bo’lgan
qarorlarni qabul qila olish, o’z ona tili bilan bir qatorda horijiy tillarni o’zlashtirishiga
zamin yaratishi lozim.
DTS bilan me’yorlangan quyidagi o’quv mehnati ko’nikmalari o’quvchilarda
kommunikativ kompetentsiya tarkib toptirishga asos bo’ladi:
O’quv adabiyotlari bilan ishlash ko’nikmalari:
• O’quv adabiyotlarining kirish qismida berilgan ko’rsatmalarni bilish va
qo’llash;
• Rang bilan ajratilgan iboralarni ajrata olish;
• O’quv adabiyotning mundarijasi asosida mo’ljal olish;
• Simvollar va tayanch signallarni bilish va foydalanish;
• Kolontitullardan foydalanishni bilish;
• Ko’rsatmalardan foydalana olish.
Matn ustida ishlash ko’nikmalari:
• O’qilgan matnga reja tuza olish;
• Matndan foydalanib savollarga javob topish;
• Matndan foydalanib ma’ruza yozish;
• Darslik matnidan foydalanib amaliy xarakterdagi topshiriqlarni bajara olish;
• Darslik matnidan foydalanib jadval, diagramma, sxemalar tuza olish;
• Darslik matnidan foydalanib tushuncha, qoidalarni topa olish;
• Ob’ektning tavsifini tuzish, xulosa yasash.
O’quvchilarda yuqorida qayd etilgan o’quv mehnati ko’nikmalarining tarkib
toptirilishi uchun o’qitish jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish
tavsiya etiladi.
Shuni qayd etish kerakki, o’quv mashg’ulotlarida didaktik o’yin
texnologiyasining
konferentsiya,
matbuot
konferentsiyasi, o’yin mashqlar,
hamkorlikda o’qitish texnologiyasining kichik guruhlarda ishlash, komandada o’qitish,
|
| |