|
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONSBog'liq 3-8JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume–29_Issue-3_May_2023
6
Marshrutlash algoritmlarinig eng ko‘p ommalashgani, dinamik yoki adaptiv
marshrutlash algoritmi hisoblanadi. Bunday algoritmlar tarmoq kofiguratsiyasi
o‘zgarishiga
qarab marshrutlash jadvalini avtomatik sozlaydi. Dinamik
algoritmlar
asoslangan
protokollar
barcha
marshrutizatorlarda
aloqa
konfiguratsiyasining
o‘zgarishlarini
operativ
aniqlab,
tarmoqda
aloqalar
topologiyasi ma’lumotlarini yig‘ish imkonni beradi. Dinamik marshrutlashda
marshrutlash jadvalida belgilangan yo‘nalish qancha vaqtgacha saqlanib qolinishi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘ladi va bu vaqtga TTL - time to live, ya’ni yo‘nalish
yashash vaqti, deyiladi. Dinamik algoritmlari odatda, taqsimlangan xarakteriga
ega bo‘ladilar. Bu hususiyat tarmoqda topologik jadval ma’lumotlarni yig‘ish,
hamda ma’lumotlarni umumlashtiruvchi belgilangan marshrutizatorning yo‘qligi
bilan xarakterlanadi, bunday vazifalar barcha marshrutizatorlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Dinamik algoritmlar marshrutlash jarayonining bir qator omillarni bajara
olishi lozim. Birinchidan, adaptiv algoritm optimal yo‘nalish bilan ta’minlamasa
ham, ma’qul yo‘nalish bilan ta’minlash lozim. Ikkinchidan, tarmoq resurslari
haddan ziyod sarflanmasligi uchun algoritmlar oddiy bo‘lishi kerak. Uchinchidan,
marshrutlash algoritmlari moslashuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lishlari kerak.
Hozirda zamonaviy tarmoqlarida qo‘llaniladigan yo‘nalish axborotlari bilan
almashuvchi adaptiv protokollar ikki guruhga bo‘linadi va ularning har biri
quyidagi algoritmlarning biriga asoslanadi:
- Distance Vector Algorithms - masofa vektor algoritmlari.
- Link State Algorithm - aloqa xolati algoritmlari.
DVA - Distance Vector Algorithms algoritmida har bir marshrutizator
tarmoq bo‘yicha ma’lum bir davrda, hamda keng ogohlantirgan holda tarmoqda
vektorni
tarqatadi,
joriy
marshrutizatordan
to
ma’lum
bo‘lgan hamma
tarmoqlargacha bo‘lgan masofasi uning komponentlari bo‘lib hisoblanadi.
Masofa deganda tarmoqdagi tugunlar soni tushuniladi. Nafaqat oraliq
marshrutizatorlar soni, tarmoq bo‘yicha qo‘shni marshrutizatorlar orasidan
paketlarni o‘tish vaqtini ham hisobga oluvchi boshqa metrika ham bo‘lishi
mumkin:
Qo‘shni marshrutizatordan vektorni olgandan so‘ng, joriy marshrutizator
vektorda belgilangan tarmoqgacha bo‘lgan masofani, shu qo‘shnigacha bo‘lgan
masofaga ko‘paytirib boradi. Qo‘shni marshrutizator vektorini olgandan so‘ng,
har bir marshrutizator unga bevosita o‘zi yoki boshqa marshrutizatorlarning
e’lonidan unga ma’lum bo‘lgan boshqa tarmoqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
jamlashtiradi, so‘ngra vektorning yangi ma’lumotini tarmoq bo‘yicha yuboradi.
Shunday qilib, har bir marshrutizator intertarmoqdagi mavjud tarmoqlar
to‘g‘risidagi axborot qo‘shni marshrutizatorlar orqali ulargacha bo‘lgan masofani
aniqlab oladi.
|
| |