|
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONSBog'liq 3-8JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume–29_Issue-3_May_2023
7
Masofa vektor algoritmlari kichikroq hajmli tarmoqlardag yaxshi natija
beradi, katta hajmli tarmoqlarda esa ularning aloqa liniyalarida intensiv keng
ogohlantiruvchi trafiki yaroqsiz holatda bo‘lib qoladi. Bundan tashqari ushbu
algoritm bo‘yicha konfiguratsiyaning o‘zgarishi, har doim to‘g‘ri hisoblanmagan
bo‘lishi mumkin, sababi marshrutizatorlar tarmoqdagi aloqa topologiyasi
to‘g‘risida aniq tasvvurga ega emaslar. Bunday algoritmlar faqat tarmoq vositalar
yordamida
olingan
umumlashtirilgan
axborot-masofa
vektoriga
egadir.
Marshrutizator masofa-vektor protokoliga muvofiq ishlaganda ko‘prik prinsipini
eslatadi, chunki bunday algoritmga asoslangan marshrutizatorlar tarmoqning aniq
topologik xaritasiga ega emaslar.
RIP protokoli masofa-vektor algoritmiga asoslangan samarali protokol
hisoblanadi. RIP protokolining ikki versiyasi mavjud: IP protokoliga asoslangan
RIP, IP; IPX protokoliga asoslangan RIP, PX.
Tarmoq aloqalarining aniq grafni qurish uchun yetarli ma’lumot bilan har
bir marshrutizatorni aloqa holati algoritmlari ta’minlaydi. Ushbu algoritmda, bir
xil graflar asosida barcha marshrutizatorlar ishlaydi, bu paketlarni uzatish
jarayonini konfiguratsiyasini o‘zgarishlarida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. “Keng
ogohlantiruvchi” uzatish, ya’ni marshrutizatorning bevosita qo‘shnilariga paketni
uzatishi, bunday holat faqat aloqalar holati o‘zgargandagina ishlatiladi, bu holat
ishonchli tarmoqlarda kam uchraydi. Aloqa holati algoritmlariga asoslangan
protokollarga, OSI stekining IS-IS protokoli, TCP/IP stekining OSPF protokoli
va Novell stekining NLSP protokoli hisoblanadi.
Demak,
multiservis
tarmoqlar
va
boshqa
mavjud
barcha
paketlar
kommutatsiyasiga asoslangan tarmoqlarda paketlarning marshrutlarini belgilash
marshrutlash jadvallari va tarmoq topologik jadvallari asosida bajariladi.
|
| |