JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 498.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana30.05.2023
Hajmi498.68 Kb.
#67336
1   2   3   4
Bog'liq
166-169
Qudratov Doniyor, 2-сонли буйруқ НАМУНА (2), 6-informatika, O`ZBEKISTON VA YUNESKO ALOQALARI TARIXI, Документ DOCX, Academic 201-208 (2), 1-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh, 15, Заявление LabVIEW СамГУ, Operatsion tizimlarda axborot xavfsizligi tushunchasi, Choriyev Erali, xZp7RBDvRoQXmuQe9kODvNr9SvpowZ1WqWmbVfib, 1. Round Table Program (2), E\'lon Oltoy
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
 
WSRJournal.com

Volume – 2_ April_2022 
168 
“Mehrobdan chayon”da bizning nazarimizda asar syujetining oʻtkirligiga, 
voqealarning dramatik tarzda keskinroq kechishiga hamda badiiy estetik 
saviyasining yuqori boʻlishiga xizmat qilgan asosiy intrigalar quyidagilar: 
1. 
Anvar va Abdurahmon oʻrtasida; 
2. 
Xudoyorxon va Anvar oʻrtasida; 
Bundan tashqari ayrim mustaqil hikoyalarda ham intriga bor. Masalan, 
“Amir Umarxonning kanizi” hikoyasidagi intriga “Umarxon va ruhoniylar, 
keyinroq esa Madalixon va ruhoniylar oʻrtasida kechadi. Aytish mumkinki, aynan 
mana shu hikoya ichidagi ziddiyatlarning chiroyli badiiy talqini asarning 
umumyoʻnalishiga ham chinakam badiiylik baxsh etgan.
Aslida Anvar va Abdurahmon ziddiyati romanning oxirigacha tarang 
vaziyatda davom etadi va bu asar syujetiga oʻzgacha shiddat baxsh etgan. Undan 
tashqari Xudoyorxon va Anvarning yakkama-yakka suhbat-dialogining oʻzi qisqa-
intriga davomida juda katta keskinlik tusini bergan. Yozuvchining mahorati asardagi 
intriga-ziddiyatlarni badiiylikning toʻlaqonli yetuk mahsuliga aylantira olganligida. 
Bu borada oʻzbek adabiyotshunos-olimlarining deyarli barchasi yakdildirlar. 
Jumladan, akademik Matyoqub Qoʻshjonov “Qodiriy erksizlik qurboni” nomli 
tadqiqotida Abdulla Qodiriyning har ikkala romanining yuksak badiiyat talablariga 
javob berishini olimlarning ishlariga baho berish asnosida isbotlab chiqadi.[6]. 
Xulosa qilib aytganda Abdulla Qodiriy romandagi intrigalar orqali 
quyidagicha badiiy maqsadlarga erishgan: 
1. 
Xudoyorxon ishtirokidagi ziddiyat bayonida yurt taqdiri, davlatchilik 
hamda mamlakat ahvoliga ishora qilgan; 
2. 
Anvar va Abdurahmon qarama-qarshiligi tasvirida saroy ichki muhiti 
buzuqliklariga, bosh qahramon shaxsiyatining yetuk axloqiy-ma’naviy barkamol 
jihatlariga e’tibor qaratgan. 
3. 
Roman syujetida ziddiyatlarning bir me’yorda badiiyat talablari 
asosida rivojlantirlishi asarning yakuniy yechimiga muvaffaqiyatli tarzda omuxta 
qilingan. 



Download 498.68 Kb.
1   2   3   4




Download 498.68 Kb.
Pdf ko'rish