JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
WSRJournal.com
Volume – 4_ Issue-2_May_2022
51
xongul, arxar, burama shoxli echki (morxo‘r), qirg‘ovul,
kaklik miqdori keskin
kamayib ketdi. Ba’zi hayvonlar, jumladan, Turon yo‘lbarsi butunlay yo‘qolib ketdi.
O‘zbekiston tabiatining ko‘rkamligi uning hududida nodir tabiat go‘shalari (ajoyib
soy, jilg‘a, buloq, sharshara, shovva, noyob daraxtlar, har xil jinslar, ochilib qolgan
qoyalar, g‘orlar, korizlar, sardobalar va hokazolar)ni tabiiy holicha saqlab qolishga
bog‘liq.O‘zbekistonda turi, soni kamayib borayotgan noyob o‘simlik va hayvonlarni
hisobga oluvchi ikki jildli «O‘zbekiston Qizil kitobi» nashr etilgan.Uning birinchi
jildiga noyob o‘simlik turlaridan Korovin shirachi, Turkiston yovvoyi noki, yovvoyi
anor, Zarafshon piyozi, tog‘piyoz, O‘zbekiston lolasi, yovvoyi anjir, Omonqora va
Buxoro astragali,
yovvoyi uzum, chinnigul, mingdevona, sumbul, chilonjiyda,
Chimyon lolasi, guli salim kabi o‘simliklar kiritilgan.«Qizil kitob»ning
ikkinchi
jildidan shalpangquloq ko‘rshapalak, ko‘k sug‘ur, katta qo‘shoyoq, qo‘ng‘ir ayiq,
Turkiston qunduzi, sirtlon, qoplon, gepard, xongul, jayron, Ustyurt qo‘yi, Buxoro
qo‘yi, arxar, oq va qora laylak, qizil g‘oz, lochin, burgut, oq turna, echkemar, kapcha
ilon kabilar o‘rin olgan. O‘zbekiston tabiatini muhofaza qilishda qo‘riqxona, milliy
bog‘ va buyurtmaxonalarning ahamiyati juda katta. O‘zbekiston hududida 2016-yil
holatiga ko‘ra 8 ta davlat qo‘riqxonasi, 3 ta milliy bog‘, 12 ta buyurtmaxona, 1 ta
biosfera rezervati hamda 3 ta parvarishxonalar mavjud.
Xulosa:
Eng muhim tabiiy boyliklardan yana biri – suv. Qishloq xo‘jaligida
ko‘p miqdorda suv sarflanadi. Sanoat korxonalari uchun ham ko‘p suv talab qilinadi.
Korxonalar eng katta shaharlar aholisi iste’mol qiladigan suvdan ko‘proq suvni
«ichib» qo‘ymoqda. Suv – tiklanadigan tabiiy boylikdir. Qishloq xo‘jaligida
foydalaniladigan unumdor tuproq (yer), aholi ehtiyoji uchun zarur o‘simlik va
hayvonot dunyosi (baliq, yovvoyi hayvonlar), inson hayoti uchun zarur bo‘lgan havo
ham tugaydigan va tiklanadigan tabiiy boylikka mansubdir.
Toshkent, Farg‘ona,
Navoiy kabi shaharlar, ayrim sanoat rayonlari hududida
havo tarkibidagi kislorod
aholi ehtiyojini qondira olmayapti. Holbuki, kislorod manbayi bo‘lgan o‘simliklar
o‘nlab yillarda tiklanadi. Unumdor tuproq esa undan ham sekin tiklanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari (M.Bo'riyeva, Z.Tojiyeva) ·
2. Amaliy geografiya (A.Rafiqov, H.Vahobov).
3. A.Soatov ,A.Abduqosimov Geografiya 6-sinf darsligi.