JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana14.05.2024
Hajmi0,59 Mb.
#232284
1   2   3
Bog'liq
49-51

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com

Volume – 4_ Issue-2_May_2022 
50 
hissasiga to‘g‘ri keladi. Yirik sanoat obyektlari joylashgan shaharlarda havoning 
ifloslanishida sanoatning hissasi katta. Natijada, Olmaliq, Angren, Navoiy, Andijon, 
Farg‘ona, Toshkent kabi shaharlar havosi oltingugurt, azot oksidlari, ammiak, 
vodorod ftorid va boshqa gazlar bilan ifloslangan. Surxondaryo viloyatining 
Sariosiyo va Uzun tumanlari havosi Tojikistonning Tursunzoda shahridagi aluminiy 
zavodidan chiqqan zaharli ftor gazi bilan ifloslangan. Natijada, tumanlarda bolalar 
o‘limi ko‘paymoqda, uzum va mevali daraxtlarning bargi sarg‘ayib, qoramollar 
kasallanib, tishi to‘kilib ketmoqda. Respublikamiz havosini toza saqlash uchun 
korxonalarda zamonaviy tozalovchi inshootlar qurish zarur. Bunda havoni 
ifloslovchi moddalarni ushlab qolib, ulardan qayta foydalanish imkoniyati vujudga 
keladi. Respublikamiz daryolari sanoat korxonalari, maishiy xizmat ko‘rsatish, 
sog‘lomlashtirish tashkilotlari, parrandachilik majmuyi va chorvachilik 
fermalaridan chiqqan suvlar hamda zovur suvlari bilan ifloslanmoqda. Suv 
boyliklarini toza saqlashdagi asosiy vazifa o‘sha korxonalardan chiqayotgan iflos 
suvlarni tozalab, zararsizlantirib, so‘ngra suv havzalariga tashlashga erishishdan 
iborat. O‘zbekistonning tuproq qatlamini eroziyadan saqlash, uning unumdorligini 
tiklash uchun kurashish kerak. Buning uchun ekinlarni sug‘orish qoidasiga rioya 
qilish, sug‘orishning ilg‘or usullaridan foydalanishga o‘tish zarur. Ekinlarning 
hosildorligini oshirish uchun ko‘proq organik o‘g‘itlar (go‘ng) dan foydalanib
qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi biologic usul bilan kurashishga erishish 
zarur. Respublikamiz havosining musaffo, xushmanzara yerlarining ko‘p bo‘lishi, 
avvalo, yashil o‘simliklarga, ayniqsa, o‘rmonlarga bog‘liq. Aholining o‘rmonlarga, 
ayniqsa, mevali (yong‘oq, pista, bodom, do‘lana va hokazo) va dorivor (zira, piyoz, 
anzur, qoraqand, oqqayin, yetmak va boshqa) o‘simliklarga nisbatan noto‘g‘ri 
munosabatda bo‘lishi tufayli ular kamayib ketmoqda. Shu sababli dam oluvchilar, 
sayyohlar, o‘quvchilarga o‘simliklarni nobud qilmaslik, ularning mevasini, urug‘ini 
ruxsatsiz yig‘maslik kabi tushuntirish va targ‘ibot ishlarini keng olib borish 
zarur.So‘nggi yillarda insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida (yerlarni haydash, yangi 
turar joylar barpo etish, yaylovlardan noto‘g‘ri foydalanish, noto‘g‘ri ov qilish) 
hayvonlar soni va turi kamayib ketmoqda. Chunonchi, oqquyruq, jayron, laylak, 



Download 0,59 Mb.
1   2   3




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish