|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH INBog'liq 653-661
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 8, 2023. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
654
qonuniy himoya va nazorat qilish, ma’lumotlardan qanday foydalanish, almashish
va saqlash bilan bog‘liq juda masalalarni ko‘rib chiqish zaruratini yaratadi.
Ma’lumotlarga egalik huquqlari, ayniqsa, juda ko‘pchilik insonlar o‘z shaxsiy
ma’lumotlarini ochiq baham ko‘radigan ijtimoiy platformalar kontekstida juda
dolzarb. Ochiq ijtimoiy platformalarda baham ko‘rilgan ma’lumotlarning egasi
kimligi va foydalanuvchilar o‘z ma’lumotlariga nisbatan qanday huquqlarga egaligi
haqidagi savollar omma uchun qiziq. Maqolada ma’lumotlarga egalik va
foydalanuvchi huquqlari bilan bog‘liq tushunchalarni xalqaro va milliy qonun
hujjatlaridan kelib chiqib o‘rganiladi hamda ushbu tushunchalar atrofidagi huquqiy,
axloqiy va ijtimoiy ta’sirlarni ko‘rib chiqiladi. Mavjud me'yoriy-huquqiy bazalar,
ijtimoiy platformalarning xizmat ko‘rsatish shartlari o‘rganiladi. Raqamli muhitda
ulashilayotgan ma’lumotlar uchun mas’uliyatni oshirish va ularning ustidan nazorat
o‘rnatish, foydalanuvchi huquqlarini himoya qilish bugungi kunda juda muhim
masala hisoblanadi.
Sizningcha, dunyoni hozir qaysi soha boshqaryapti? Siyosatmi, iqtisodiyotmi,
ijtimoiy, balki madaniy soha? Menimcha, bugun nafaqat ijtimoiy munosabatlarni,
balki butun dunyoni axborot texnologiyalari - raqamlashtirish sohasi boshqaryapti.
Raqamlashtirish istalgan masofada aloqa o‘rnatadi, korxonada mahsulot ishlab
chiqaradi, pullaringizni boshqaradi, samolyotingizni uchiradi, chirog‘ingizni
yoqadi, internetga ulaydi, davlat bilan xat-hujjatingizni osonlashtiradi, bolangizni
tug‘ilgandan boshlab bog‘chaga ro‘yxatga qo‘yadi, ishxonada qog‘ozingizni
kamaytiradi, do‘kondan xaridingizni keltirib beradi, tarmoqlarda sizning virtual
hayotingizni yaratadi. Va eng muhimi, raqamlashtirish odamni, jamiyatni, davlatni
taraqqiyotga olib chiqadi. Bu soha dunyoning boy davlatida yashaysizmi yoki
kambag‘al, imkoniyatlaringizni tenglashtiradi, chunki u sizni global dunyoning
barcha xizmatlariga bog‘lab beradi. Dunyo allaqachon raqamlashtirish poygasini
boshlab bo‘lgan.
Usullar
Maqola davomida ijtimoiy platformalar misolida shaxsga doir ma’lumotlar,
foydalanuvchi huquqlariga nisbatan ta’siri ko‘rib chiqiladi. Bugungi kunda dunyo
bo‘ylab 5.16 milliard aholi internetdan foydalanish imkoniyatiga ega. Shulardan naq
|
| |