|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH INBog'liq 653-661
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 8, 2023. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
655
4.76 milliard qismi ijtimoiy platformalardan doimiy foydalanadi.
1
O‘zbekistonda
esa bu raqamlar 31 millionni tashkil qiladi. Bu raqamlarning eng yirik ijtimoiy
tarmoqlar misolida bo‘lingandagi ko‘rsatkichlari quyidagicha: “Telegram” - 30.6
mln, “Odnoklassniki”da - 18 mln, “Facebook” - 7.6 mln, “Instagram”da - 7.1 mln,
“Vikipediya”da - 1,4 mln, “Linkedin” - 528 ming, “X“(sobiq Twitter”)da - 148 ming
foydalanuvchini tashkil etadi.
Ijtimoiy tarmoqlarning maxfiylik siyosati foydalanuvchilarning shaxsiy
ma’lumotlarini himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Lekin odatda buni ijtimoiy
tarmoq foydalanuvchilari e’tiborsiz qoldirishadi. Deyarli barcha tarmoqlar o‘z
maxfiylik siyosatini o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib, ma’lum muddatda yangilab
turadi. Keling, ikkita mashhur ijtimoiy tarmoqni – “Facebook” va “X( sobiq
“Twitter”)ni maxfiylik siyosati nuqtai nazaridan taqqoslaylik.
“Facebook” to‘plangan ma’lumotlarning keng doirasini, jumladan, shaxsiy
ma’lumotlarni, foydalanuvchilar ilovada baham ko‘radigan ma’lumotlarni va hatto
oflayn faollik ma’lumotlarini qamrab oladigan juda keng maxfiylik siyosatiga ega.
Ular ushbu ma’lumotlardan reklamani shaxsiylashtirish va foydalanuvchi tajribasini
yaxshilash uchun foydalanadilar. “Facebook” shuningdek, o‘zgaruvchan qonuniy
talablarga rioya qilish uchun o‘zining maxfiylik siyosatini muntazam yangilab
turadi.
2
“X” (Twitter”) ham o‘zining maxfiylik siyosatiga ega, biroq u ko‘proq
foydalanuvchilar o‘z tvitlari, xabarlari va profillarida baham ko‘radigan
ma’lumotlarga e'tibor qaratadi. “X” foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini
himoya qilishni va’da qiladi va ularni faqat o‘z siyosati ruxsat bergan holda baham
ko‘radi.
3
Ikkala ijtimoiy tarmoq ham o‘z xizmatlarini yaxshilash va shaxsiylashtirilgan
kontent reklamalarini taqdim etish uchun foydalanuvchilar haqida ma’lumot
to‘playdi, biroq ular bu ma’lumotlarni to‘plash va ishlatishda turlicha
yondashuvlarga ega. Shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishda xavfsizlik va shaffoflik
ikkala ijtimoiy platformaning maxfiylik siyosatining muhim jihatlari hisoblanadi.
1
https://business-shark.ru/blog/aktualnaya-statistika-interneta-i-sotssetey-za-proshedshiy-god-ot-global-digital-
2023/#
2
https://www.facebook.com/privacy/policy/
3
https://twitter.com/en/privacy
|
| |