Kalit so‘zlar: ijtimoiy tarmoq, foydalanuvchi huquqlar, maxfiylik siyosati, kiberxavfsizlik, “Facebook”, “Instagram”, “Twitter”, “Tiktok” AnnotationKeywords: social network, user rights, privacy policy, cyber security, "Facebook", "Instagram", "Twitter", "TikTok" Kirish |
Journal of science-innovative research in uzbekistanBog'liq 653-661Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar: ijtimoiy tarmoq, foydalanuvchi huquqlar, maxfiylik siyosati, kiberxavfsizlik, “Facebook”, “Instagram”, “Twitter”, “Tiktok” Annotation
- Keywords: social network, user rights, privacy policy, cyber security, "Facebook", "Instagram", "Twitter", "TikTok" Kirish
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 8, 2023. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
653
Ma’lumotlarga egalik va foydalanuvchi huquqlari: ijtimoiy
platformalarda baham ko‘rilgan shaxsiy ma’lumotlar kimga tegishli?
Mahliyo TO‘RABOYEVA
Toshkent davlat yuridik universiteti
Ommaviy axborot vositalari huquqi
yo‘nalishi magistri
Annotatsiya
Ushbu maqolada ma’lumotlarga egalik va foydalanuvchi huquqi bilan bog‘liq
masalalar, xususan, turli ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvchilar huquqlari bilan
bog‘liq siyosati qiyosiy holda o‘rganiladi. Shu yo‘nalishdagi qonunchilikning
ahamiyati va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga oid huquqiy mexanizmlar tahlil
qilinadi.
ijtimoiy tarmoq, foydalanuvchi huquqlar, maxfiylik siyosati,
kiberxavfsizlik, “Facebook”, “Instagram”, “Twitter”, “Tiktok”
Annotation
In this article, issues related to data ownership and user rights, in particular, the
policies of different social networks related to user rights, are studied in a
comparative manner. The importance of the legislation in this direction and the legal
mechanisms related to the protection of personal data are analyzed.
social network, user rights, privacy policy, cyber security,
"Facebook", "Instagram", "Twitter", "TikTok"
Kirish
Bugungi raqamli jamiyatda ma’lumotlar har bir sohada katta aktivga aylandi.
Ma’lumotlarga egalik qiladigan shaxs yoki kompaniyada strategik jihatdan
boshqaruv kuchi paydo bo‘ladi. Turli bazalarda fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari
hajmi ko‘payib borayotgani bilan ma’lumotlarga egalik va foydalanuvchi huquqlari
tushunchalari, fuqarolarning shaxsiy daxlsizligini himoya qilish masalalari raqamli
huquqning eng bosh mavzusiga aylanyapti. Shaxslar yoki kompaniyalar qo‘lida
to‘planayotgan ma’lumotlar shaxsiy daxlsizlik, foydalanuvchilarning huquqlarini
|
| |