|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH INBog'liq 325-332
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 1, 2024. JANUARY
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
328
sezdirmagan holatda axborotlarni tinglash, o‘zgartirish hamda to‘sib qo‘yish
mumkin. Bir qancha tarmoqni tahlillovchi protokollar orqali bu hujumni amalga
oshirish mumkin. Hujumni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minotlar orqali CODEC
(video yoki ovozli analog signalni raqamli signalga aylantirib berish va aksincha)
standartidagi raqamli tovushni osonlik bilan yuqori sifatli, ammo katta hajmni
egallaydigan ovozli fayllar (WAV)ga aylantirib beradi. Odatda bu hujumning
amalga oshirilish jarayoni foydalanuvchiga umuman sezilmaydi. Tizim ortiqcha
zo‘riqishlarsiz va shovqinsiz belgilangan amallarni bajaraveradi. Axborotning
o‘g‘irlanishi haqida mutlaqo shubha tug‘ilmaydi. Faqatgina oldindan ushbu tahdid
haqida ma’lumotga ega bo‘lgan va yuborilayotgan axborotning o‘z qiymatini saqlab
qolishini xohlovchilar maxsus tarmoq xafvsizlik choralarini qo‘llash natijasida
himoyalangan tarmoq orqali ma’lumot almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tarmoq orqali ma’lumot almashish mobaynida yuborilayotgan axborotni eshitish va
o‘zgartirishga qarshi bir necha samarali natija beruvchi texnologiyalar mavjud:
1.
IPSec (Internet protocol security) protokoli;
2.
VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq;
3.
IDS (Intrusion Detection System) ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimi.
Ipsec (Internet protocol security) bu xavfsizlik protokollari hamda shifrlash
algoritmlaridan foydalangan holda tarmoq orqali xavfsiz ma’lumot almashish
imkonini beradi. Bu maxsus standart orqali tarmoqdagi kompyuterlarning o‘zaro
aloqasida dastur va ma’lumotlar hamda qurilmaviy vositalar bir-biriga mos kelishini
ta’minlaydi. Ipsec protokoli tarmoq orqali uzatilayotgan axborotning sirliligini,
ya’ni faqatgina yubo-ruvchi va qabul qiluvchiga tushunarli bo‘lishini, axborotning
sofligini hamda paketlarni autentifikatsiyalashni amalga oshiradi. Zamonaviy
axborot texnologiyalarni qo‘llash har bir tashkilotning rivojlanishi uchun zaruriy
vosita bo‘lib qoldi, Ipsec protokoli esa aynan quyidagilar uchun samarali himoyani
ta’minlaydi:
bosh ofis va filiallarni global tarmoq bilan bog‘laganda;
uzoq masofadan turib, korxonani internet orqali boshqarishda;
homiylar bilan bog‘langan tarmoqni himoyalashda;
elektron tijoratning xavfsizlik darajasini yuksaltirishda.
|
| |