• Om qonuni haqida qisqacha tushuncha Joul-Lenz qonuni haqida qisqacha tushuncha Elektr toki
  • Joule qonuni, Joulening birinchi qonuni yoki Joule-Lenz qonuni
  • Foydalanilgan Adabiyotlar
  • K-34-22 guruh talabasi Raxmonbekov Mirvoxidning elektrotexnika va sxemotexnika fanidan taqdimoti Mavzu: O`zgarmas tok




    Download 0,78 Mb.
    Sana14.12.2023
    Hajmi0,78 Mb.
    #118666
    Bog'liq
    O`zgarmas tok


    Andijon Mashinasozlik Instituti IB va KT fakulteti AT va T yo'nalishi 
    K-34-22 guruh talabasi Raxmonbekov Mirvoxidning 
    elektrotexnika va sxemotexnika fanidan taqdimoti
    Mavzu: O`zgarmas tok
    Reja:
    O`zgarmas tok qonunlari
    Om qonuni haqida qisqacha tushuncha
    Joul-Lenz qonuni haqida qisqacha tushuncha
    Elektr toki — elektr zaryadlarining tartibli harakati. Elektr toki paydo boʻlishi va doimo paydo boʻlib turishi uchun:
        • moddada erkin elektr zaryadlari;
        • ularni tartibli harakatga keltiruvchi elektr maydon;
        • zanjir berk boʻlishi kerak.

        • Zaryadli zarralar tok tashuvchilar deb ataladi. Metallar va yarimoʻtkazgichlarda tok tashuvchilar elektronlardan, elektrolitlarda musbat va manfiy ionlardan, ionlashgan gazlarda musbat va manfiy ionlar hamda elektronlardan iborat.
          Zaryadli zarralarning elektr maydon taʼsirida jismga nisbatan koʻchishi natijasida vujudga keladigan Elektr toki oʻtkazuvchanlik toki deb, zaryadlangan makroskopik jism (masalan, suyuqlik yoki gaz)larning koʻchishidan yuzaga keladigan elektr toki konveksion tok deb ataladi. Siljish toki deb ataladigan tok ham mavjud. Bu tok zaryadlar harakatiga bogʻliq boʻlmay, balki elektr maydon kuchlanganligining vaqt boʻyicha oʻzgarishiga mutanosib (proporsional) boʻladi. Siljish toki magnit maydon hosil qilish xususiyati jihatidangina oʻtkazuvchanlik va konveksion tokka ekvivalentdir.

    Oʻzgarmas tok — tok kuchi va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmaydigan elektr toki. Oʻzgarmas tok oʻzgarmas elektr yurituvchi kuch taʼsirida oʻtkazgichdan yasalgan berk zanjirda vujudga kelishi mumkin. Agar elektr zanjiri tarmoqlanmagan boʻlsa, uning hamma qismlaridan oʻtayotgan tok kuchi bir xil boʻladi. Oʻzgarmas tokning asosiy qonunlari Om qonuni va Joul — Lens qonunipan iborat. Ishtirok etayotgan qarshiliklar va elektr yurituvchi kuchlardan foydalanib, zanjir tarmoqlarining har biridan oqayotgan tok kuchi va yoʻnalishi Kirxgof qoidalari asosida hisoblanadi. Oʻzgarmas tokdan turli sanoat tarmoqlarida, mas, elektrometallurgiya, transport, aloqa, avtomatika va boshqalarlarda foydalaniladi.
    Om qonuni haqida qisqacha tushuncha Om qonuni o`tkazgichda o`tayotgan o`zgarmas tok kuchi bilan uchlaridagi potensiallar farqi V ning o`zaro bog`liqligini ifodalovchi qonun. Formulasi quyidagicha: V=IR Om qonunining tarmoqlangan elektr zanjiri uchun umumlashgan ko`rinishi Krixgof qoidalari bilan tushuntiriladi. Om qonuni 1826-yilda Olmon fizigi va matematigi Georg Om tomonidan o`rganilgan bo`lib, 1827-yili nashr etilgan va uning nomiga atalgan.
    Joule qonuni, Joulening birinchi qonuni yoki Joule-Lenz qonuni — oʻtkazgichdan elektr toki oʻtganda unda ajraladigan issiqlik miqdorini ifodalovchi qonun. Oʻtkazgich bir jinsli boʻlsa, elektr tokining ishi faqat issiqlik hosil qilish uchun sarf boʻlib, ajralgan issiqlik miqdori Q displaystyle Q} tok kuchi kvadrati, oʻtkazgich qarshiligi R displaystyle R} va tokning oʻtish vaqti / ga toʻgʻri mutanosib boʻladi. U QPRt displaystyle Q^{k}PRt}, bunda k — mutanosiblik koeffitsiyenti boʻlib, u oʻlchash birliklarining tanlanishiga bogʻliq boʻladi. Tok amperlarda, qarshilik Om da, vaqt s da olinsa, koeffitsiyent k − 0 , 239 = 0 , 24 boʻlganda Q kaloriyalarda, k—h boʻlganda Q joullarda ifodalanadi. Joule qonunini James Prescott Joule 1841-yilda yaratgan, undan mustaqil ravishda Emil Lenz 1842-yilda tajribada tasdiqlagan. Joule qonunining amaliy ahamiyati katta; elektr choʻgʻlanma lampalari, elektr isitkichlar va elektr isitish qurilmalari shu qonunga asoslanib loyihalanadi. Joul-Lens qonuni elektr tokining oqishi paytida o'tkazgichda chiqarilgan issiqlik miqdorini topishga imkon beradi: issiqlik miqdori oqim kuchining kvadratiga, o'tkazgichning qarshiligiga va oqim vaqtiga to'g'ridan-to'g'ri proportsionaldir.
    Foydalanilgan Adabiyotlar
    https://uz.wikipedia.org
    https://uz.khanacademy.org/science/physics/circuits-topic/circuits-resistance/a/ee-voltage-and-current
    http://kompy.info/ozgarmas-tok-qonunlari-ozgarmas-tok.html
    E`TIBORINGIZ UCHUN
    RAXMAT
    Download 0,78 Mb.




    Download 0,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K-34-22 guruh talabasi Raxmonbekov Mirvoxidning elektrotexnika va sxemotexnika fanidan taqdimoti Mavzu: O`zgarmas tok

    Download 0,78 Mb.