K. A. Tashev texnika fanlari nomzodi, dotsent, Muhammad




Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/133
Sana20.05.2024
Hajmi3,33 Mb.
#244665
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   133
Bog'liq
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

14-modda. Jamiyatning axborot borasidagi xavfsizligi 
Jamiyatning axborot borasidagi xavfsizligiga quyidagi yo‘llar bilan 
erishiladi: 

demokratik fuqarolik jamiyati asoslari rivojlantirilishini
ommaviy axborot erkinligini ta’minlash; 

qonunga xilof ravishda ijtimoiy ongga axborot vositasida ruhiy 
ta’sir ko‘rsatishga, uni chalg‘itishga yo‘l qo‘ymaslik; 

jamiyatning ma’naviy, madaniy va tarixiy boyliklarini, 
mamlakatning ilmiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatini asrash hamda 
rivojlantirish; 

milliy o‘zlikni anglashni izdan chiqarishga, jamiyatni tarixiy va 
milliy an’analar hamda urf-odatlardan uzoqlashtirishga, ijtimoiy-siyosiy 
vaziyatni beqarorlashtirishga, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni 
buzishga qaratilgan axborot ekspansiyasiga qarshi harakat tizimini barpo 
etish. 
15-modda. Davlatning axborot borasidagi xavfsizligi 
Davlatning axborot borasidagi xavfsizligi quyidagi yo‘llar bilan 
ta’minlanadi: 
axborot sohasidagi xavfsizlikka tahdidlarga qarshi harakatlar 
yuzasidan iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy va boshqa tusdagi chora-
tadbirlarni amalga oshirish
davlat sirlarini saqlash va davlat axborot resurslarini ulardan 
ruxsatsiz tarzda foydalanilishidan muhofaza qilish; 
O‘zbekiston Respublikasining jahon axborot makoniga va 
zamonaviy telekommunikatsiyalar tizimlariga integratsiyalashuvi; 
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik 
bilan o‘zgartirishga, hududiy yaxlitligini, suverenitetini buzishga, 


21 
hokimiyatni bosib olishga yoki qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoxud 
tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga va davlat 
tuzumiga qarshi boshqacha tajovuz qilishga ochiqdan-ochiq da’vat 
etishni o‘z ichiga olgan axborot tarqatilishidan himoya qilish; 
urushni va zo‘ravonlikni, shafqatsizlikni targ‘ib qilishni, ijtimoiy, 
milliy, irqiy va diniy adovat uyg‘otishga qaratilgan terrorizm va diniy 
ekstremizm g‘oyalarini yoyishni o‘z ichiga olgan axborot tarqatilishiga 
qarshi harakatlar qilish. 
16-modda. Axborot erkinligi tamoyillari va kafolatlari 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik 
Axborot erkinligi tamoyillari va kafolatlari to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar 
bo‘ladilar. 
O‘zbekiston Respublikasida kiberjinoyatlarga qarshi javobgarliklar 
quyida keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeks: 
155-modda. Axborotdan foydalanish qoidalarini buzish 

Axborot tizimidan foydalanish maqsadida unga ruxsatsiz kirib 
olishda ifodalangan axborot va axborot tizimlaridan foydalanish 
qoidalarini buzish

fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir 
qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - bir baravaridan 
uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 

Axborot tizimlarining ishini buzishga olib kelgan xuddi shunday 
huquqbuzarlik, xuddi shuningdek kirish cheklangan axborot tizimlarini 
axborot

hisoblash tarmoqlariga ulash chog‘ida tegishli himoya 
choralarini ko‘rmaganlik fuqarolarga eng kam ish haqining bir 
baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - uch 
baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 

Yuridik va jismoniy shaxslarning axborot tizimlarini xalqaro 
axborot tarmoqlariga qonunga xilof ravishda ulash, bu tarmoqlarga 
tegishli himoya choralarini ko‘rmasdan ulanish, xuddi shuningdek 
ulardan ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda olish 

fuqarolarga eng 
kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor 
shaxslarga esa - besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima 
solishga sabab bo‘ladi. 

O‘zganing elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan 
dasturi yoki ma’lumotlar bazasini o‘z nomidan chiqarish yoxud qonunga 
xilof ravishda undan nusxa olish yoki bunday asarlarni tarqatish 



22 
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, 
mansabdor shaxslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha 
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
218-modda. Ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini qonunga 
xilof ravishda tayyorlash va tarqatish 

Ommaviy axborot vositalarining mahsulotlarini belgilangan 
tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yoki ularni chiqarishni yoxud nashr 
etishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin qonunga xilof 
ravishda tayyorlash va tarqatish 

bosma yoki boshqa mahsulotlarni 
musodara qilib, eng kam ish haqining uch baravaridan besh 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi: 
143-modda. Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf 
xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish 

Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki 
boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini qasddan buzish, shunday 
harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan 
bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda 
jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch 
yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq 
tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Download 3,33 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   133




Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



K. A. Tashev texnika fanlari nomzodi, dotsent, Muhammad

Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish