Kiberjinoyatchilik, kiberqonunlar va kiberetika




Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/133
Sana20.05.2024
Hajmi3,33 Mb.
#244665
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   133
Bog'liq
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

1.3. Kiberjinoyatchilik, kiberqonunlar va kiberetika 
 
Kiberjinoyatchilik – 
g‘arazli yoki xuliganlik maqsadlarida
himoyalashning kompyuter tizimlarini buzib ochishga, axborotni
o‘g‘irlashga yoki buzishga yo‘naltirilgan alohida shaxslarning yoki 
guruhlarning harakatlari.
Kiberhujumga duch kelgan tashkilot uchun kiberjinoyatlar ichki 
yoki tashqi bo‘lishi mumkin: 
Ichki kiberjinoyatlar: 
tarmoqqa yoki kompyuter tizimiga, ular 
bilan tanish va ulardan qonuniy foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs 
tomonidan, amalga oshiriladi. Mazkur turdagi kiberjinoyatlar odatda 
tashkilotning xafa bo‘lgan va norozi xodimlari tomonidan amalga 
oshiriladi. Ushbu xodimlarning maqsadi esa tashkilot yoki uning 
rahbaridan o‘ch olish yoki ochko‘zlik bo‘lishi mumkin. Xafa bo‘lgan 
xodim, AT infrastrukturasi, xavfsizlik arxitekturasi va tizimi bilan 
yaqindan tanish bo‘lgani bois, mazkur turdagi jinoyatchilik tashkilotga 
jiddiy ziyon yetkazishi mumkin. Bundan tashqari, kiberjinoyatchi 
tashkilot tarmog‘idan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuning 
uchun, ichki kiberjinoyatchilik natijasida maxfiy axborotning sirqib 
chiqish imkoniyati yuqori bo‘ladi.
Tashqi kiberjinoyatlar: 
odatda tashqaridan yoki tashkilot 
ichkarisidan yollangan hujumchi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur 
kiberjinoyatchilik tashkilotning nafaqat moliyaviy yo‘qotishlariga, balki 
obro‘sining yo‘qolishiga ham sababchi bo‘ladi. Hujum tashqaridan 
amalga oshirilgani bois, hujumchi harakatni tashkilot AT 
infrastrukturasini skaner qilish va unga aloqador ma’lumotlarni 
to‘plashdan boshlaydi. Xususan, malakali buzg‘unchi dastlab tashkilotda 
foydalanilgan tarmoqlararo ekran vositasining log faylini tahlil qilishdan 
boshlaydi. Shu bois, tarmoq ma’muri mazkur imkoniyatni buzg‘unchiga 
taqdim etmasligi shart. 


15 
Kiberjinoyat amalga oshirilganida quyidagilar asosiy maqsad 
sifatida qaraladi: 

mablag‘, qimmatli qog‘ozlar, kredit, moddiy boyliklar, tovarlar, 
xizmatlar, imtiyozlar, ko‘chmas mulk, yoqilg‘i xomashyosi, energiya 
manbalari va strategik xomashyolarni noqonuniy o‘zlashtirish; 

soliq va boshqa yig‘imlarni to‘lashdan bosh tortish; 

jinoiy daromadlarni qonunlashtirish; 

qalbaki hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar, shaxsiy yutuq 
chiptalarini qalbakilashtirish

shaxsiy yoki siyosiy maqsadlarda maxfiy ma’lumotlarni olish; 

ma’muriyatning yoki ishdagi hamkasblarning g‘arazli 
munosabatlari uchun qasos olish; 

shaxsiy yoki siyosiy maqsadlar uchun mamlakat pul tizimini 
buzish; 

mamlakatdagi vaziyatni, hududiy ma’muriy tuzilishni 
beqarorlashtirish; 

talonchilik, raqibni yo‘q qilish yoki siyosiy maqsadlar uchun 
muassasa, korxona yoki tizim ish tartibini buzish;

shaxsiy intelektual qobiliyatini yoki ustunligini namoyish qilish. 

Kiberjinoyat turlarini qat’iy tasniflashning imkoni yo‘q. Quyida 
kriminologiya sohasiga nisbatan kiberjinoyatlarning turlari keltirilgan: 

iqtisodiy kompyuter jinoyatchiligi; 

inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va 
erkinliklariga qarshi qaratilgan kompyuter jinoyatchiligi; 

jamoat va davlat xavfsizligiga qarshi kompyuter jinoyatchiligi. 
Iqtisodiy kompyuter jinoyatchiligi amalda ko‘p uchraydi. Ular 
jinoyatchilarga millionlab AQSh dollari miqdoridagi noqonuniy 
daromadlar keltiradi. Ular orasida keng tarqalgani firibgarlik, asosan, 
bank hisob raqamlari va bank kartalari orqali amalga oshiriladi. Xalqaro 
amaliyotda plastik kartalar bilan sodir etilgan jinoyatlar yo‘qolgan yoki 
o‘g‘irlangan kartalar, soxta to‘lov kartalarini yaratish yoki ulardan 
foydalanish, karta taqdim etmasdan bank hisob varag‘i ma’lumotlarini 
olish va noqonuniy foydalanish, shuningdek, karta egasi tomonidan 
sodir etilgan jinoyatlar bilan bog‘liq. 
Kiberjinoyatlarning yana bir turi inson va fuqorolarning 
huquqlariga va erkinliklariga qaratilgan jinoyatlar - “kompyuter 
qaroqchiligi”dir. Ushbu jinoyatlar dasturiy ta’minotni noqonuniy 
nusxalash, ishlatish va tarqatishda namoyon bo‘ladi. Bu dasturiy 


16 
ta’minot va ma’lumotlar bazasini yaratish bilan bog‘liq huquqiy 
munosabatlarga (mualliflik huquqiga) jiddiy zarar yetkazadi. Bundan 
tashqari, dasturiy ta’minot kompaniyalariga katta moliyaviy 
yo‘qotishlarni olib keladi. 
“Maykrosoft Armaniston” kompaniyasining direktori Grigor 
Barsegyanning ta’kidlashicha, “kompyuter qaroqchiligi”ning ishlab 
chiqaruvchilarga yetkazgan zarari yiliga 66 milliard dollarni tashkil 
etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra Armanistonlik iste’molchilar, o‘zlarining 
moliyaviy resurslarini tejash maqsadida, viruslarni yuqtirish xavfi yuqori 
bo‘lgan dasturlardan ongli ravishda foydalanganlar. 
Kompyuter jinoyatchiligining oxirgi turi - jamoat yoki davlat 
xavfsizligiga qarshi kompyuter jinoyatchiligi, ularga davlat yoki jamoat 
xavfsizligiga qaratilgan xavfli xatti - harakatlar taalluqli. Ular ko‘pincha 
ma’lumot uzatish qoidalarining, mamlakat mudofaa tizimining yoki 
uning tarkibiy qismlarining buzilishi bilan bog‘liq.

Download 3,33 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   133




Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kiberjinoyatchilik, kiberqonunlar va kiberetika

Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish