39
axborotdan va axborot tizimidan foydalanmay rivojlanish mumkin emas.
Axborot va axborot tizimlari nafaqat tijoratdagi har qanday
o‘zgarishlarni madadlaydi, balki
ularni oldindan sezadi, ularga oldindan
tayyorlanadi, ba’zi hollarda esa yangi tijorat-imkoniyatlarining paydo
bo‘lishiga yordam beradi. Biroq tijorat doimo istalgancha rivojlanmaydi.
Bunda ma’lumotlarning sirqib chiqishi, axborot texnologiyalari
infrastrukturasi elementlarining ishdan chiqishi va h.k. bilan bog‘liq
axborot operatsion risklar anchagina rol o‘ynaydi. Hozirgi
va kelajak
risklarga tayyor bo‘lish uchun korxonaning boshqa arxitekturalari bilan
uzviy bog‘langan axborot xavfsizligi arxitekturasi zarur.
Kiberxavfsizlik arxitekturasi
jarayonlarni, inson rolini,
texnologiyalarni va turli xil axborotni tavsiflaydi, hamda
zamonaviy
korxonaning murakkabligini va o‘zgaruvchanligini hisobga oladi.
Boshqacha aytganda, kiberxavfsizlikning arxitekturasi tashkilotning va u
bilan bog‘liq boshqa komponentlar va interfeyslarning istalgan axborot
xavfsizligi tizimi holatini tavsiflaydi. Bunda
axborot xavfsiziligi
arxitekturasi tijoratning joriy va eng muhimi, kelgusidagi ehtiyojini
akslantiradi.
Odatda arxitekturaning 3 ta sathi ajratiladi – konseptual, mantiqiy
va amalga oshirish (texnologik). 2.2-rasmda bunday arxitektura
keltirilgan bo‘lib, odatda texnologiyalar jihatidagi
qismi xavfsizlik
xizmati nazoratidan chetda qoladi.
Konseptual
sath
Mantiqiy
sath
Amalga
oshirish
sathi
Insonlar
Axborot
Texnologiyalar
2.2-rasm. Kiberxavfsizlik arxitekturasi
Joriy holatdan qanday qilib yangi, mukammalroq va qoʻyilgan
maqsadlarga mos holatga o‘tish mumkin? Buning uchun strategiya,
ya’ni q
oʻyilgan maqsadlarga erishish uchun harakat yo‘nalishi mavjud.
40
Strategiya
– korxonaning davomli muvaffaqiyat bilan faoliyat
yuritishini ta’minlashga mo‘ljallangan strukturalangan va o‘zaro
bog‘langan harakatlar to‘plami. 2.3-rasmda arxitektura bilan
strategiyaning o‘zaro bog‘liqligi keltirilgan. Strategiya kiberxavfsizlik
arxitekturasi ko‘rinishidagi maqsadga ega bo‘lgan holda unga
erishishning optimal yo‘lini belgilaydi.